“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 02:30
ЎЗO‘Z

Xitoy fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejim belgilandi

12 sen, 14:48 586 O‘zbekiston
Xitoy fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejim belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat mamlakatlar o‘rtasida madaniy, ilm-fan, ta’lim almashinuviga, investitsion iqlimni yaxshilashga va mamlakat turistik salohiyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun tashuvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga yo‘lovchilar to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim qilgan holda qaytish aviachiptasi mavjud bo‘lgan shartlarda mamlakatimiz xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish tartibi belgilandi.

Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklandi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Yana 20 ta mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi 13 avg, 16:55
  • Eron, JAR va Gonkong fuqarolariga Oʻzbekistonda yashash huquqi berildi 25 mar, 08:40
  • Prezident farmoni: BAA fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi 19 mar, 08:37
  • Prezident farmoni: Fransiya fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi 20 noya, 18:38
  • Qaysi davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoniga ega? 09 apr, 08:04
  • So'nggi yangiliklar
  • Xiva turk dunyosining madaniy poytaxti bo‘lishi kutilmoqda 18 sen, 00:13 138
  • Bahodir Jalolov ham chorak finalga chiqdi 17 sen, 23:58 161
  • Dilshodbek Ro‘zmetov ham chorak finalga chiqdi 17 sen, 23:42 120
  • Avtomobillarga uch foizlik yig‘imni xaridor emas, ishlab chiqaruvchi to‘laydi 17 sen, 23:26 229
  • Rossiyada o‘zbeklarning politsiyaga hujum qilgani tasdiqlandi 17 sen, 23:00 370
  • Qora tuynuklar orqali zamonlar osha sayohat qilish mumkin deyishmoqda 17 sen, 22:34 491
  • O‘zbekistonning yana ikki vakili jahon chempionatida chorak finalga chiqdi 17 sen, 22:11 246
  • Xayrulla Hamidov she’ri: Badniyatlar 17 sen, 22:00 517
  • iPhone XR va XS’da bir vaqtda bir necha kameradan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi 17 sen, 21:35 177
  • Yunon-rum kurashchilarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi 17 sen, 21:10 246
  • Bo‘limlar