“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2019, 16:01
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

09 sen, 09:32 1 403 O‘zbekiston
O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Gidrometeorologiya xizmati markazi 10 - 13 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 sentyabrda 8-13 daraja, 12-13 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 20-25 daraja, 11-13 sentyabrda 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 sentyabrda 8-13 daraja, 12-13 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 22-27 daraja, 11-13 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 20-25 daraja, 11 sentyabrda 23-28 daraja, 12-13 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 10 sentyabrda 23-28 daraja, 11-13 sentyabrda 26-31 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11-13 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 10 sentyabrda 15-20 daraja iliq, 11 sentyabrda 20-25 daraja, 12-13 sentyabrda 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 10 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 11-13 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 sentyabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12 sentyabrda 3-8 daraja, 13 sentyabrda 6-11 daraja, kunduzi 10 sentyabrda 10-15 daraja, 11-13 sentyabrda 15-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti? 06 sen, 10:13
  • O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi? 02 sen, 10:00
  • O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti? 30 avg, 13:00
  • Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti? 24 may, 15:23
  • O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi? 06 may, 14:09
  • So'nggi yangiliklar
  • Tibbiyot sohasidagi uchta muhim strategik muammo ma’lum qilindi 22 sen, 15:43 266
  • UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli... 22 sen, 15:13 173
  • Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video) 22 sen, 14:47 408
  • Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi 22 sen, 14:20 156
  • Rossiya matbuoti: Ravon yana 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi 22 sen, 13:53 379
  • O‘zbek shifokorining yozuvini nega o‘qib bo‘lmaydi? 22 sen, 13:20 687
  • Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video) 22 sen, 12:50 628
  • Aholiga naqd xorijiy valuta sotila boshlandi: bu yog‘i nima bo‘ladi? 22 sen, 12:17 862
  • Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha 10 yillik shartnoma imzoladi 22 sen, 11:46 211
  • Ikkinchi va uchinchi yo‘nalish uchun ham super-kontraktga ruxsat berildi 22 sen, 11:20 454
  • Bo‘limlar