“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2019, 02:40
ЎЗO‘Z

Farzandingizni prezident maktabida o‘qitmoqchimisiz? Buni o‘qing!

09 may, 14:07 3 843 O‘zbekiston
Farzandingizni prezident maktabida o‘qitmoqchimisiz? Buni o‘qing!
Prezident maktablari to‘g‘risidagi nizom loyihasida ushbu maktablarga qabul qilish shartlari ham ma’lum qilindi.

Bola boshqa maktabda kamida 4-sinfni tamomlagan bo‘lishi kerak. Agar farzandingiz boshqa maktabda yuqoriroq sinflarda o‘qisa, ular ham mos ravishda sinflarga qabul qilinadi (bu imkoniyat bu yil beriladi xolos, keyingi yildan faqat 4-sinfni bitirganlar o‘qishga qabul qilinadi).
Talabgorlar maxsus ishchi organ va ixtisoslashgan xorijiy tashkilot bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan kirish imtihonlari asosida qabul qilinadi.

Maktabga hujjat qabul qilinganda o‘quvchining doimiy yashash joyi hisobga olinadi. Ya’ni propiskasi bo‘lmagan o‘quvchi hujjat topshira olmaydi (masalan, toshkentlik bola Sirdaryodagi yoxud namanganlik bola Farg‘onadagi prezident maktabida o‘qiy olmaydi).

Maktabga qabul uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:
ariza, o‘quvchining anketasi, ta’lim olayotgan maktabidan ma’lumotnoma, 2 ta fotosurat (3x4), tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
Hujjat qabul qilish sanasi, qabul kvotalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qabul boshlanishidan kamida 10 kun oldin e’lon qilinadi.

Imtihonlar qanday o‘tkaziladi?

- Yilda bir marta, belgilangan vaqtda o‘tkaziladi.
- Videokuzatuv va boshqa elektron-texnik vositalar bilan jihozlangan maxsus joylarda o‘tkaziladi.
- Takroran o‘tkazilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari umumiy qoidalar asosida qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.
- Imtihonlar davlat va qoraqalpoq (Qoraqalpog‘istonda) tillarida hamda talabgorning tanloviga muvofiq ingliz tilida o‘tkaziladi.
- Imtihonlar jadvali qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va prezident maktabining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Imtihon ikki bosqichda o‘tkaziladi:

Birinchi bosqichda bir kun davomida matematika fanidan 20 ta topshiriqdan iborat test o‘tkaziladi. Belgilangan vazifani bajarish uchun 40 daqiqa vaqt ajratiladi.
Ikkinchi bosqichda
a) axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha 16 ta masala;
b) mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan 20 ta masala;
v) ingliz tilidan 40 ta test savoli.

5-sinfga qabul qilinayotganda o‘quvchining ingliz tilini bilish darajasi uchun test olinadi. Yuqori sinflarga qabul qilinayotganda esa ingliz tilidan testlar baholanib, ball beriladi.

Har ikki bosqichdan eng yuqori ball olganlar suhbatdan o‘tkaziladi. Suhbatda o‘quvchining ota-onasi bo‘lishi shart. Har bir suhbatni video yoki audio shaklda yozib olishga ruxsat beriladi. Imtihon natijalari 30 kun davomida e’lon qilinadi.

Prezident maktablari o‘quvchilari nimaga erishadi?

- O‘quvchining har tomonlama rivojlanishi uchun bepul sharoit.
- Tabiiy va aniq fanlarni chuqur o‘rganish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish imkoniyati. Ayniqsa, STEAM (Science –tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijodkorlik, Art – san’at, Mathematics – matematika) elementlarini chuqur o‘zlashtirish imkoniyati.
- Umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda ishtirok etish.
- Qo‘shimcha o‘quv kurslari, shu jumladan pulli tayyorgarlik kurslarida o‘qish.
- Davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (guvohnoma, shahodatnoma) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish huquqini beruvchi xalqaro darajadagi dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ni olish imkoniyati.

Manba: Minbar.uz

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Kolumbiyada rekord darajadagi vaznga ega chaqaloq dunyoga keldi 06 dek, 22:51
  • “Beeline” O‘zbekistondagi “Eurasia Mobile Challenge” g‘oliblarini e’lon qiladi 18 dek, 15:03
  • O‘zbekistonda yarim million abiturient oliygohlarga hujjat topshirdi 19 iyul, 12:33
  • O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga hozirgacha 300 mingdan ortiq abiturientlar hujjat topshirdi 14 iyul, 21:11
  • Rossiya FMX mehnat muhojirlari uchun patentlar muddatini 1 yillik qilib belgiladi 19 fev, 12:37
  • So'nggi yangiliklar
  • 2019 yilning so‘nggi premeralari (video) 20 noya, 00:16 162
  • Falastin bosh murabbiyi O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lish sababini aytdi 19 noya, 23:59 281
  • Coca-Cola haqida qiziqarli ma’lumotlar 19 noya, 23:50 298
  • Xotira turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ling 19 noya, 23:26 157
  • “Dubai Cup-U23”. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi 19 noya, 23:14 233
  • Gucci brandining tarixi haqida 19 noya, 22:38 235
  • Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi Ukraina prezidenti rolini ijro etadi 19 noya, 22:15 498
  • Amerikadagi qullik tarixi 19 noya, 21:51 374
  • Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda 19 noya, 21:28 1 141
  • Livanda namoyishchilar parlament binosiga olib boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ydi (video) 19 noya, 21:05 164
  • Prezident maktablarining kirish imtihoni qaysi sanada buladi
    Nodir Nodir 19 мая 2019 23:25
    Prizedent maktabiga imtihon qachon ekanligi, sanasi aniq ko'rsatilsa yaxshi bo'lardi. Telegram kanallarda bu haqda ma'lumot olardik.
    Diyora Diyora 21 июня 2019 21:52
    Prizedent maktabiga imtihon qachon ekanligi, sanasi aniq ko'rsatilsa yaxshi bo'lardi. Telegram kanallarda bu haqda ma'lumot olardik.
    Diyora Diyora 21 июня 2019 21:53
    Bo‘limlar