“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2019, 03:10
ЎЗO‘Z

Yunusobodda «Business city» quriladi

27 okt, 00:03 1 683 O‘zbekiston
Yunusobodda «Business city» quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 oktyabr «Business city» zamonaviy ishbilarmonlik markazi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarining joriy yil 2 avgustdagi «Respublika hududlarida «Business city» zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq taklif etilayotgan ushbu majmua Yunusobod tumanining 2-Otchopar mahallasidagi 45,5 gektar maydonda qurilishi rejalashtirilgan. Unda savdo markazlari, biznes ofislar, ko‘ngilochar maskanlar, saylgohlar, turar joylar va boshqa ob’ektlar bo‘lishi mo‘ljallangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaning qiymati 500 million dollar bo‘lib, 2019−2023 yillarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Prezident yangi ishbilarmonlik markazi qurilishida relefdan oqilona foydalanish, dunyo shaharlari tajribasini o‘rganish zarurligini qayd etdi. Uni barpo etishga xorijiy investorlar, tajribali loyihachi va quruvchilarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shu yerda Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarni boshqarish bo‘yicha takliflar taqdimoti o‘tkazildi. Bu takliflar Rossiyaning Qozon shahri tajribasi asosida ishlab chiqilgan. U professional servis kompaniyalari tashkil etish orqali ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.

Prezident tumanda ushbu tizimni joriy mavsumdayoq tatbiq etish, har bir ko‘p qavatli uyning egasini topib, ularga imtiyozlar berish zarurligini ta’kidladi.

Innovatsion, ilmiy va tashkiliy ishlarni birlashtirib, baravar olib bormasak, bu soha eskicha holda qolaveradi. Kommunal xizmatlar xususiy korxonalar tomonidan amalga oshirilmasa, sifat bo‘lmaydi. Sifat bo‘lmagandan keyin to‘lov ham barqaror bo‘lmaydi. Bu sohada xizmatni, hisob-kitobni joyiga qo‘ysak, vaziyat o‘zgaradi, odamlar rozi bo‘ladi, dedi davlat rahbari.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumaniga tashrif buyurdi 26 okt, 17:38
  • Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent City haqida: "Bunaqasi hatto Moskvada ham yo‘q" 14 iyun, 18:27
  • Jahongir Ortiqxo‘jayev: "Tashkent City’dagi barcha maydonlar sotib bo‘lingan" 24 may, 11:53
  • Prezident «Toshkent City» inshootlarini foydalanishga topshirish muddatini aytdi 08 apr, 08:56
  • “Hi-Tech City” Toshkentning qayerida qurilishi ma’lum bo‘ldi 10 mar, 14:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Butunjahon "Sayyoralar Kongressi" bo'lib o'tmoqda 19 okt, 01:00 106
  • Qosimov: "Abramovning termaga murabbiy bo‘lgani "Bunyodkor"ning o‘yiniga salbiy ta’sir qildimi?" 19 okt, 00:42 124
  • Vadim Abramov: "Yuta olmayotganimizga maydon aybdor emas" 19 okt, 00:32 147
  • Fastfud ishqibozi bo'lgan kelin to'yida tovuq oyoqchalaridan maxsus guldasta tayyorlatdi 19 okt, 00:30 118
  • Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi «Kamaz»ga borib urildi (video) 19 okt, 00:03 194
  • Toshkentda Lacetti mingan ayol YPX xodimlaridan qochdi (video) 18 okt, 23:53 225
  • Navoiyda Nexia portlab ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi 18 okt, 23:43 265
  • Diqqat!!! E'tibordan chetda qoldirishingiz kerak bo'lmagan saratonning 8 alomati 18 okt, 23:20 388
  • Nazarboyev Londonda jazoga tortildi 18 okt, 22:53 482
  • Yonida fuqarolik pasporti bo‘lmagan shaxs qanday hollarda ichki ishlar bo‘limlariga olib ketiladi? 18 okt, 22:27 506
  • Bo‘limlar