“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2019, 08:24
ЎЗO‘Z

Prezident Xitoyga jo‘nab ketdi

08 iyun, 10:23 2 367 O‘zbekiston
Prezident Xitoyga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida o‘tadigan o‘n sakkizinchi majlisida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga jo‘nab ketdi.

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari ilk bor Hindiston va Pokistonning to‘la huquqli a’zo sifatidagi ishtirokida yig‘iladilar, tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari hamda ko‘p tomonlama kooperatsiyaning boshqa jihatlarini muhokama qiladilar.

Davlat rahbarlarining majlisi yakunida Sindao deklaratsiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga qo‘shma murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Fikr almashuvlardan so‘ng 2018-2019 yillarda tashkilotga raislik qiladigan davlat to‘g‘risida qaror qabul qilish, keyingi uch yillik davrga ShHT bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.

Davlatimiz rahbari ShHT sammiti doirasida ikki tomonlama qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Shavkat Mirziyoyev Xitoyda Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi 08 iyun, 00:50
  • Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi 25 okt, 11:50
  • O‘zbekiston Prezidenti ShHT sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga keldi 08 iyun, 14:57
  • Toshkentda o‘tgan ShHT Sammiti: muhim qarorlar, yangi qadamlar, istiqboldagi rejalar 25 iyun, 18:06
  • Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti boshlandi 24 iyun, 12:49
  • So'nggi yangiliklar
  • Xotirasini yo'qotgandan keyin ham o'z yigitini qaytadan sevib qolgan qiz (foto) 17 noya, 07:37 90
  • Hayvonlar tanasidagi og'riqlarni qanday izhor qilishadi? 17 noya, 07:00 205
  • Yevro-2020 saralash bosqichi. Rossiya o‘z uyida yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi 17 noya, 01:08 389
  • «Soqol» masalasida Farg‘ona viloyati hokimligi Axborot xizmatining bayonoti (video) 17 noya, 00:16 773
  • "Janob Bin" rolini mahoratli ijro etgan 64 yoshli Rovan Atkinson haqida 16 noya, 23:59 604
  • Ulkan itlar haqida... 16 noya, 23:32 504
  • Bizni ayblamang! 16 noya, 23:03 510
  • Kumush tangalar omad keltiradimi? 16 noya, 22:35 405
  • Farg‘ona hokimi yana jamoatchilik e’tibori markazida! Bu safar nima bo‘ldi? 16 noya, 22:09 1 393
  • Boks: 7 nafar yosh bokschimiz Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi 16 noya, 21:43 318
  • Bo‘limlar