“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 11 2019, 20:08
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston eng baxtli davlatlar reytingida 44-o‘rinni egalladi

15 mar, 13:26 3 852 O‘zbekiston
O‘zbekiston eng baxtli davlatlar reytingida 44-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston dunyodagi eng baxtli davlatlar reytingida 44-o‘rinni egalladi. Bu haqda BMT buyurtmasi bilan tayyorlangan World Happiness Report 2018 hisobotida aytiladi.

Reytingdan hammasi bo‘lib 156 mamlakat o‘rin oldi. Uni tuzishda iqtisodiyot, psixologiya, statistika va boshqa sohalardan mutaxassislar ishtirok etdi.

Ekspertlar baholash omillari sifatida olti mezonni tanlab olishdi: aholi jon boshiga haqiqiy YaIM, sog‘lom hayot davomiyligi, kimgadir ishonish hissi, hayotiy muhim qarorlarni qabul qilishda sub’ektiv erkinlik darajasi, korrupsiyadan himoyalanganlik va saxiylik.

Hisobot ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston sobiq SSSR davlatlari orasida 6,096 indeksi bilan eng baxtli davlat sifatida tan olindi. O‘tgan yili mamlakat ushbu reytingda 47-o‘rinni egallagan edi.

O‘zbekiston Litva (50-o‘rin), Latviya (53), Rossiya (59), Qozog‘iston (60), Estoniya (63), Moldova (67), Turkmaniston (68), Belarus (73) va Tojikiston (80) kabi davlatlardan yuqori o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng baxtli davlatlar aytilgandi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • O‘zbekiston sobiq SSSR davlatlari orasida narxlar o‘sishi bo‘yicha birinchi uchlikka kirdi 27 fev, 00:59
  • Armiyasi kuchli davlatlar reytingi tuzildi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda? 28 apr, 20:17
  • O‘zbekiston jahonning eng baxtli mamlakatlari ro‘yxatida 47-o‘rinni egalladi. MDHda esa — birinchi 22 mar, 19:41
  • O‘zbekiston ijobiy tuyg‘uli mamlakatlar reytingida to‘rtinchi o‘rinni oldi 14 sen, 16:51
  • O‘zbekiston energetika sistemalaridan samarali foydalanish reytingida ko‘tarildi 26 dek, 16:14
  • So'nggi yangiliklar
  • Dushmanga ham ravo ko‘rmaymiz bunday joylarda jazo muddatini o‘tashni - Artikova 11 dek, 19:43 137
  • Tadqiqot: yoshi katta tadbirkor – muvaffaqiyatli kompaniya degani 11 dek, 19:18 113
  • "El-klasiko" yana qoldirilishi mumkin 11 dek, 18:54 267
  • Xitoylik migrant AQShga kir yuvish mashinasi ichida kirishga urindi 11 dek, 18:32 227
  • «Bunyodkor» futbolchisi Ozarbayjon klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi 11 dek, 18:11 285
  • Chexiyadagi otishma: Ostrava kasalxonasida besh kishi o'ldirildi 11 dek, 17:47 311
  • Qoraqalpog‘istonda saksovul o‘g‘rilari ekologiya va IIB xodimlariga hujum qildi 11 dek, 17:25 562
  • Prezident Farmoni asosida 575 nafar shaxs afv etildi 11 dek, 17:02 399
  • Minskda O‘zbekiston fuqarosining pulini o‘margan 21 yoshli qiz qo‘lga olindi 11 dek, 16:42 512
  • Vazirlar Mahkamasining vakolatlari aniq belgilandi 11 dek, 16:19 280
  • Bo‘limlar