“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2019, 02:40
ЎЗO‘Z

Imomali Rahmon O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuvni tarixiy deb atadi

09 mar, 23:50 3 032 O‘zbekiston
Imomali Rahmon O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuvni tarixiy deb atadi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekiston davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvini o‘zbek-tojik munosabatlaridagi yangi tarixiy davrning boshlanishi deb atadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev juma kuni Tojikistonga ikki kunlik tashrif bilan bordi. Ikki mamlakat o‘rtasida savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan jami 27 ta hujjat imzolandi.

Imomali Rahmonning bayonot berishicha, tomonlar so‘nggi 20 yilda to‘planib qolgan deyarli barcha masalalarni hal qilishgan. “O‘z lavozimiga kirishganining ilk kunlaridanoq mening aziz do‘stim va birodarim Shavkat Miromonovich mintaqalar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash tarafdori sifatida har tomonlama aloqalar rivojiga zamin yaratish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qildi”, - dedi u.

Rahmon Mirziyoyevning Tojikistonga tarixiy tashrifi natijalari “uzoq muddatli asosdagi ikki tomonlama munosabatlar rivojiga sifat jihatidan yangicha nafas bag‘ishlashi”ga ishonch bildirdi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida vizasiz tartib joriy qilindi 09 mar, 22:01
  • Dushanbeda tarixiy ahamiyatga ega hujjatlar imzolandi 09 mar, 19:10
  • Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifiga doir 07 mar, 09:21
  • Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi 05 dek, 22:04
  • Tojikiston prezidenti ShHTda ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurdi 23 iyun, 12:17
  • So'nggi yangiliklar
  • 2019 yilning so‘nggi premeralari (video) 20 noya, 00:16 162
  • Falastin bosh murabbiyi O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lish sababini aytdi 19 noya, 23:59 281
  • Coca-Cola haqida qiziqarli ma’lumotlar 19 noya, 23:50 298
  • Xotira turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ling 19 noya, 23:26 157
  • “Dubai Cup-U23”. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi 19 noya, 23:14 233
  • Gucci brandining tarixi haqida 19 noya, 22:38 235
  • Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi Ukraina prezidenti rolini ijro etadi 19 noya, 22:15 498
  • Amerikadagi qullik tarixi 19 noya, 21:51 374
  • Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda 19 noya, 21:28 1 141
  • Livanda namoyishchilar parlament binosiga olib boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ydi (video) 19 noya, 21:05 164
  • Bo‘limlar