“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 07:41
ЎЗO‘Z

Noyabrda inflyatsiya 2 foizni tashkil etdi

06 dek, 21:15 4 311 O‘zbekiston
Noyabrda inflyatsiya 2 foizni tashkil etdi
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston iste’mol sektoridagi inflyatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Inflyatsiyaning oylik ko‘rsatkichlari mamlakatda ilk bor e’lon qilinmoqda.

Noyabrda tovarlar va xizmatlar uchun iste’mol narxlari o‘rtacha 2 foizga ko‘tarildi. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,5 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 3,4 foizga va xizmatlar 0,5 foizga oshgan. Solishtirish uchun: 2016 yil noyabrida iste’mol mahsulotlari 0,8 foizga ko‘tarilgan.

Meva-sabzavot mahsulotlari narxlari darajasining o‘zgarishiga mavsumiy omillar ta’sir etdi. Birmuncha sezilarli darajada pomidor va bodring mahsulotlari narxlari — 60,6 foiz va 54 foizga, uzum — 19,8 foizga, olma — 14,1 foizga qimmatlashdi. Shu bilan birga, sabzi — 17,2 foizga, piyoz — 13,9 foizga, karam — 12,9 foizga va kartoshka — 1,1 foizga arzonlashdi.

Shuningdek, tuxum — 7,9 foiz, choy va kofe — 2,4 foiz, saryog‘ — 2,3 foiz, bug‘doy uni — 2,2 foiz, sut mahsulotlari — 2,1 foiz, qandolat mahsulotlari — 1,9 foiz, mol go‘shti — 1,6 foiz, qo‘y go‘shti va guruch — 1,2 foiz, o‘simlik moyi — 0,8 foizga qimmatladi. Mosh — 5,7 foiz, loviya — 5,1 foiz, parranda go‘shti — 4,4 foiz, baliq — 3,7 foiz, grechka va boshqa yormalar — 1,4 foiz hamda shakar — 0,4 foizga arzonlashdi.

Bir oy davomida nooziq-ovqat mahsulotlari 3,4 foizga qimmatlashgan. O‘sish o‘tgan yilning noyabriga nisbatan yuqoriroq bo‘ldi (1,8 foiz). O‘sishga asosan benzin narxining ko‘tarilishi (o‘sish o‘rtacha 39,7 foiz) bilan bog‘liq.

Nooziq-ovqat mahsulotlarining boshqa turlarida ham narxlar o‘sishi kuzatildi. jumladan dori vositalari — 4,8 foiz, kiyim-kechak — 2,9 foiz, qurilish materiallari — 2,6 foiz, zargarlik buyumlari — 2,4 foiz, oyoq kiyimi — 2,2 foiz, shaxsiy gigiyena tovarlari — 2,1 foiz, yuvish va tozalash vositalari — 1,8 foizga qimmatlashdi.

Aholiga pulli xizmatlarni ko‘rsatish sohasida noyabr oyida 0,5 foizlik o‘sish qayd etildi. 2016 yil noyabrida tariflar 0,4 foizga oshgan edi.

Mazkur sohada maishiy xizmatlar tariflarining 2 foizga, xorijiy tillar kurslarida o‘qish narxining 2,2 foizga o‘sishi asosiy inflyatsion omil bo‘ldi.

Manba: Gazeta.uz

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • O‘zbekistonda go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha reglament muhokama qilinmoqda 23 fev, 10:37
  • Qozog‘iston O‘zbekistonning uchinchi yirik savdo sherigiga aylandi 24 dek, 13:10
  • O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 7,8 foizga o‘sdi 27 iyul, 13:30
  • O‘zbekiston ish faolligi aprelda 1,3 foizga oshdi 20 may, 15:27
  • «Ochiq eshiklar» hisoboti AQShda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar 6 foizga oshganligini ko‘rsatdi 19 noya, 23:35
  • So'nggi yangiliklar
  • Ben Bird Muhammad Saloh sababli islomni qabul qildi 16 okt, 07:10 141
  • Dollar, yostiq tagida yotgan so‘m va pinhona jamg‘armalar 16 okt, 06:35 336
  • O‘zbekistonda nega aynan 9 yoshli qizlar VPChga qarshi emlanishi rejalashtirilmoqda? 16 okt, 06:00 246
  • Global isishning Alp tog‘lariga ta’siri burgut yordamida suratga olindi 16 okt, 00:30 397
  • 20 nafar bokschimiz Osiyo chempionati yarim finalida 16 okt, 00:07 333
  • Arsen Venger nima uchun "Real"ni rad etgani haqida ommaga ma’lum qildi 15 okt, 23:46 318
  • Yo‘qchilik va to‘qchilik 15 okt, 23:22 504
  • Tojikistonlik erkak 2 yil davomida 15 yoshli o‘zbekistonlik qizni zo‘rlab kelgani aniqlandi 15 okt, 22:57 1 568
  • iPhone 11 Pro Max bozorda tannarxidan ikki barobar qimmatga sotilmoqda 15 okt, 22:33 333
  • Nodir To‘raqulov «panohida»gi yana bir «zapravka» auksionga qo‘yildi 15 okt, 22:06 863
  • Bo‘limlar