“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2019, 13:13
ЎЗO‘Z

Oliy Majlis Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi

14 dek, 16:27 6 517 O‘zbekiston
Oliy Majlis Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi

O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini taklif qildi.

"Barchaning fikrlarini hisobga olgan holda men Vazirlar Mahkamasi rahbari o‘rinbosari Abdulla Nig‘matovich Aripovni bosh vazir lavozimiga taklif etaman", degan davlat rahbari.

Nomzod Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim qildi.

Deputatlar va senatorlar o‘rtasidagi ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Abdulla Aripov O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yil 21 dekabrda o‘tkazilgan parlament saylovi yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi eng ko‘p − 52ta deputatlik o‘rniga ega bo‘lib, Konstitusiyaning 98-moddasiga binoan bosh vazir nomzodini ilgari surish huquqini qo‘lga kiritgandi. Partiya Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surgan va u ko‘p o‘tmay prezident tomonidan lavozimga qayta tasdiqlangandi. Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kungi Prezident saylovida g‘alaba qozondi.

12 dekabr kuni O‘zbekiston prezidentiga O‘zLiDeP tomonidan bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodi taklif etilgan edi.

13 dekabr kuni Oliy Majlis Shavkat Mirziyoyevni bosh vazirlik lavozimidan ozod etdi.

Abdulla Aripov 1961 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mutaxassisligi bo‘yicha — muhandis. 1983 yilda Toshkent Aloqa elektrotexnika institutini tamomlagan.

U 2002 yil mayidan 2012 yil avgustiga qadar bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2005-2009 yillar davomida O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish bosh direktori hisoblangan.

Abdulla Aripov oilali, besh nafar qizi bor. U, shuningdek, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy unvoniga ham ega. Aripov "Do‘stlik" va "Mehnat shuhrati" ordenlari bilan mukofotlangan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Shavkat Mirziyoyev bosh vazirlik lavozimidan ozod etildi 13 dek, 22:33
  • Bosh vazir lavozimiga A.Aripov nomzodini ko‘rsatishga qaror qabul qilindi 12 dek, 20:01
  • O‘zbekiston Bosh vaziri yordamchisi Abdulla Aripov kim? U Bosh vazir bo‘ladimi? (Biografiya) 12 dek, 19:55
  • O‘zbekiston Bosh vaziri kim bo‘ladi? 06 dek, 12:38
  • "Milliy tiklanish" partiyasi O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Sarvar Otamurodov nomzodini taqdim qildi 16 sen, 12:55
  • Nig‘matilla Yo‘ldoshevning taklifiga binoan Prezidentlik vakolatlari vaqtincha Shavkat Mirziyoyevga yuklatildi 08 sen, 23:34
  • So'nggi yangiliklar
  • Qanday hollarda qarzdorning chet elga chiqishi cheklanmasligi aniq belgilandi 13 noya, 12:41 31
  • Birja savdolarida benzin va oltin narxi yana pasaydi 13 noya, 12:16 84
  • «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritildi 13 noya, 11:52 438
  • “Yashil” yo‘lakda tibbiyot buyumlarini olib o‘tish rejasi pand berdi 13 noya, 11:29 96
  • Mallasoch qora tanlilar haqida eshitganmisiz? 13 noya, 11:28 223
  • Atamboyev: «Qo‘rquv va xiyonat, razolat va yolg‘onga asoslangan hokimiyat hech qachon mustahkam bo‘lmaydi» 13 noya, 11:05 322
  • Safar Ostonov: "Xalqimiz qo‘yayotgan talabdan kelib chiqib baho bersak, birorta partiyaning faoliyatidan qoniqmayman" 13 noya, 10:40 257
  • MIB faoliyatidan: Bolalar sababli ota-onalar yarashishdi 13 noya, 10:17 142
  • Kuniga 40 ta sigaret chekadigan 2 yoshli bola haqida eshitganmisiz? 13 noya, 09:57 709
  • Toshkent viloyatida ro‘y bergan portlashga nima sabab bo‘lgani aniqlandi 13 noya, 09:30 502
  • Bo‘limlar