“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2019, 10:36
ЎЗO‘Z

Afsonaviy "Sovet uyqu tajribasi" haqida film yaratildi

17 okt, 22:30 1 163 Madaniyat
Afsonaviy "Sovet uyqu tajribasi" haqida film yaratildi
Film 1940 yillardagi Rossiya uyqu tajribasiga asoslangan. Ikkinchi Jahon urushidan keyin beshta siyosiy mahbus davlatning dushmani deb topildi va sinov xonasiga qamab qo‘yildi. Mahbuslar agar ushbu tajribada ishtirok etsa, ozodlikka chiqarib yuborilishi va’da qilingan. Chorasiz qolgan mahbuslar ushbu tajriba davomida 30 kun xonaga tarqatilgan insonga uyqu keltirmaydigan zaharli gazdan nafas oladilar.

Ammo tez orada tajriba ob’ektlari hisoblangan siyosiy mahbuslar o‘z ongini yo‘qotishni boshlaydilar va bu ularni o‘z-o‘zini o‘ldirishiga olib keladi. O‘n beshinchi kuni sinov xonasi ochilgan va betartiblik boshlangan. Snopes sayti tomonidan yolg‘on deb topilgan ushbu shahar afsonasi yillar davomida internet jamoatchiligini o‘ziga jalb qilib kelgan. Ammo, Barri Andersson "Sovet uyqu lageri" nomi ostida ushbu voqeani filmda yoritib chiqdi.

Film Krepypastaga asoslangan bo‘lib, press-relizda aytilishicha, "Andersson ushbu mash’um voqeaga ishtirok etgan mahbuslar va Qizil armiya nazorati ostida 30 kunlik ushbu tajribani o‘ylab topgan va boshqargan er-xotin tadqiqotchilarni obrazini ko‘rsatib berish uchun xalqaro aktyorlar ansamblini yig‘di.

Film aktyorlari haqida gapiradigan bo‘lsak, doktor Anna Antonoffning rolini argentinalik aktrisa Eva De Dominici ijro etdi. Ajablanarlisi shundaki, Dominici bir paytlar "Siz uxlamaysiz" nomli filmda ham rol o‘ynagan. Filmda shuningdek, Rafal Zavierucha Antonoffning eri doktor Leo Antonoff rolini ijro etgan. Mashhur aktyor Yevgeniy Krutov esa SSSR kapitani Yegor Sokolov rolida o‘ynagan.

To‘rtta sinov bemorlari rolini(Asl Krepypastada beshta maxbus bo‘lsada) aktyorlar Kris Kattan, Charlz Xubbel, Pol Kram va Maykl Villar o‘ynadi. Anderson filmning ijrochi prodyuseri sifatida Emmi va Peabodi mukofotiga sazovor bo‘lgan grimyor Krist Ballas bilan hamkorlik qildi. U 2009 yilda JJ Abramsning "Yulduzli trek" filmi uchun mukofotga sazovor bo‘lgan jamoasining eng faol a’zosi edi. Ballas, shuningdek, "Sovet uyqu lageri" uchun prodyuserlik vazifasini ham bajardi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Mahbuslar ilk marotaba Haj amalini ado qilishdi 14 avg, 19:35
  • Tojikistondagi koloniyalardan birida mahbuslar isyon ko‘tardi 08 noya, 14:52
  • Braziliyadagi turmadan yuzdan ortiq mahbuslar qochib ketdi 11 sen, 15:50
  • Er osti yo‘li orqali Braziliya qamoqxonasidan 90 nafar mahbus qochdi 27 may, 15:41
  • AQShning Islom dini haqidagi eng yaxshi 6 ta kinosi 06 dek, 11:47
  • So'nggi yangiliklar
  • MIB faoliyatidan: Bolalar sababli ota-onalar yarashishdi 13 noya, 10:17 25
  • Kuniga 40 ta sigaret chekadigan 2 yoshli bola haqida eshitganmisiz? 13 noya, 09:57 160
  • Toshkent viloyatida ro‘y bergan portlashga nima sabab bo‘lgani aniqlandi 13 noya, 09:30 180
  • Qorli Finlandiyadagi mushuklar oilasida nima gaplar (fotogalereya) 13 noya, 09:07 233
  • 73 yoshli hind ayoli egizak farzandli bo‘ldi 13 noya, 08:39 307
  • Ko'chalar uchun yangi texnologiya: endi chiroqlarsiz ham yo'llar yorug' bo'ladi 13 noya, 08:13 502
  • Bir zarba bilan o‘z muxlisini kasalxonaga jo‘natgan Bryus Li 13 noya, 07:47 513
  • Shveysariyaga ketmoqchimisiz? Unda buni o‘qishingiz zarur! 13 noya, 07:20 618
  • Nazarboyev yadrosiz dunyoni targ'ib etuvchi yetakchilar ittifoqini tuzishga chaqirmoqda 13 noya, 06:50 163
  • Kit yutib yuborgan odam tirik qoladimi? 13 noya, 06:30 857
  • Bo‘limlar