“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 11 2019, 20:05
ЎЗO‘Z

"Yalla" ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi ochiladi

14 okt, 22:33 617 Madaniyat
"Yalla" ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi ochiladi
O‘zbekiston madaniyat vazirligi “Yalla” estrada vokal – cholg‘u ansambli ijro uslubini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Unga ko‘ra, “Yalla” ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi va studiyasi tashkil etiladi.

Musiqa maktabining vazifalari
Qaror loyihaqida qayd etilishicha, ushbu maktabni tashkil etishdan maqsad “O‘zbekiston milliy madaniyatining ajralmas qismi bo‘lgan mumtoz va an’anaviy qo‘shiqchilik, shuningdek, milliy estrada ijrochilik san’atini yanada rivojlantirish, bu borada mavjud maktablar ijodiy faoliyatini kuchaytirish va mahoratli ijrochilarni tayyorlashdir”.

Shuningdek,
- iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning iste’dodini rivojlantirish, ularga milliy estrada san’ati bo‘yicha ta’lim berish hamda taalluqli o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish;
- o‘quvchilarning tegishli sohada bilim olishlari va ijodiy salohiyatlarini oshirib borishlari uchun qulay sharoitlar yaratish;
- milliy estrada san’atini o‘zbek an’anaviy ijrochilik uslublari bilan hamohang tarzda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan holda rivojlantirish;
- yoshlarni ona Vatanga muhabbat, milliy an’analarga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy estrada ijrochiligi bo‘yicha iste’dodli yosh ijodkorlarning kasbiy va ma’naviy kamol topishi va o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoit yaratish;
- zamonaviy o‘quv-pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda o‘quv-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda yangi o‘qitish uslublarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.

"Yalla” ansambli ijro uslubidagi ushbu musiqa maktabi va studiyasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim muassasasi hisoblanishi belgilab qo‘yilmoqda.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Vashingtonda "Shoshmaqom" yangradi 15 iyun, 08:02
  • Baxshi va dostonchilar uchun muhim yangilik 01 may, 00:30
  • Madaniyat vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi 15 dek, 16:14
  • Kreml saroyida O‘zbekistonning madaniyat kunlari ochildi 13 sen, 23:45
  • «O‘zbeknavo» o‘rnida «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tashkil qilindi 17 fev, 06:23
  • So'nggi yangiliklar
  • Dushmanga ham ravo ko‘rmaymiz bunday joylarda jazo muddatini o‘tashni - Artikova 11 dek, 19:43 137
  • Tadqiqot: yoshi katta tadbirkor – muvaffaqiyatli kompaniya degani 11 dek, 19:18 113
  • "El-klasiko" yana qoldirilishi mumkin 11 dek, 18:54 267
  • Xitoylik migrant AQShga kir yuvish mashinasi ichida kirishga urindi 11 dek, 18:32 227
  • «Bunyodkor» futbolchisi Ozarbayjon klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi 11 dek, 18:11 285
  • Chexiyadagi otishma: Ostrava kasalxonasida besh kishi o'ldirildi 11 dek, 17:47 311
  • Qoraqalpog‘istonda saksovul o‘g‘rilari ekologiya va IIB xodimlariga hujum qildi 11 dek, 17:25 562
  • Prezident Farmoni asosida 575 nafar shaxs afv etildi 11 dek, 17:02 399
  • Minskda O‘zbekiston fuqarosining pulini o‘margan 21 yoshli qiz qo‘lga olindi 11 dek, 16:42 512
  • Vazirlar Mahkamasining vakolatlari aniq belgilandi 11 dek, 16:19 280
  • Bo‘limlar