“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2019, 10:36
ЎЗO‘Z

Ozoda Saidzoda muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz va san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini iltimos qildi...

13 okt, 23:30 3 315 Madaniyat
Ozoda Saidzoda muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz va san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini iltimos qildi...
Ma’lumki bugun yurtimizda shaxsan muhtaram Prezidentimiz tomonidan barcha sohalarni rivojlantirishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Shu jumladan, san’at sohasida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqdaki, buning natijasi o‘laroq, o‘zbek san’ati bugun mutlaqo yangicha nigohlar bilan dunyoga o‘zini namoyon qilmoqda.

Shuningdek, yurtimizda inson haq-huquqlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganib, muammolarning yechimini topish va xalqimizni rozi qilish uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ham bu jihatlarga katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan, joriy yilning 10 oktyabr kuni xonanda Ozoda Saidzoda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga o‘z ijodini keng targ‘ib qilish va faoliyatini qonuniy tarzda yuritish maqsadida konsert-tomosha faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya so‘rab murojaat qildi.

Shu munosabat bilan 2019 yil 13 oktyabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida ustoz san’atkorlar ishtirokida ochiq muloqot tarzidagi davra suhbati tashkil etilib, unda xonanda Ozoda Saidzodaning murojaati muhokama etildi.

Davra suhbatida xonandaning bundan bir necha yillar oldin siyosiy xatoga yo‘l qo‘ygani, bilib-bilmay, asoslanmagan ma’lumotlarga ishonib inson shaxsiyatiga teguvchi noo‘rin fikrlar bildirgani, bundan tashqari muxlislarga nisbatan hurmatsizlik qilgani, san’atkor odobi doirasidan chetga chiquvchi harakatlar sodir etgani ustozlar tomonidan qattiq tanqid qilindi.

Shundan keyin xonanda Ozoda Saidzodaning o‘zi ham so‘zga chiqib, xatolarini tan olib, bundan bir necha yillar oldin bilib-bilmay, asoslanmagan ma’lumotlarga ishonib, hissiyotlarga berilib, jamoatchilik orasida o‘zining noo‘rin fikrlarini ommaviy axborot vositalari orqali bayon etganidan astoydil pushaymon ekanligini bildirib, shuncha vaqt ichida o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargani, imkoniyat berilsa, bundan keyingi faoliyatida milliy estradani rivojlantirishga, o‘zining qo‘shiqlari bilan xalqqa xizmat qilishga va’da berdi.

So‘ng, muhtaram Prezidentimiz va xalqimizdan hamda barcha san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini, yana bir bor unga imkoniyat berishlarini iltimos qildi.

Davra suhbati yakunida barcha ustoz san’atkorlarning fikrlari tinglanganidan so‘ng, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahorov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining san’at ahliga bo‘lgan g‘amxo‘rligi va mehribonligi hamda kechirimliligi bois garchi xonanda Ozoda Saidzoda tomonidan o‘z vaqtida noo‘rin fikrlar bildirilganiga qaramasdan, Yurtboshimiz tomonidan bugun uning kechirilgani hamda erkin ijod qilishiga imkoniyat yaratilgani ma’lum qilindi.
Sadoqat Allaberganova

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • «O‘zbekkonsert»: Jahongir Otajonov 3 kun muddat ichida 76,6 mln. so‘m to‘lashi kerak 30 may, 16:46
  • Dilmurod Sultonov Ozoda Saidzoda bilan qanday hamkorlik qildi? 15 may, 10:30
  • Ozoda Nursaidova 10 yillik tanaffusdan so‘ng «Istiqlol»da konsert berishi mumkin 13 mar, 20:37
  • “O‘zbekkonsert” 28 nafar xonandaning konsertiga ruxsat bermadi 10 yanv, 21:21
  • “O‘zbekkonsert” yana bir xonandaning litsenziyasini oldi 01 dek, 19:12
  • So'nggi yangiliklar
  • MIB faoliyatidan: Bolalar sababli ota-onalar yarashishdi 13 noya, 10:17 25
  • Kuniga 40 ta sigaret chekadigan 2 yoshli bola haqida eshitganmisiz? 13 noya, 09:57 160
  • Toshkent viloyatida ro‘y bergan portlashga nima sabab bo‘lgani aniqlandi 13 noya, 09:30 180
  • Qorli Finlandiyadagi mushuklar oilasida nima gaplar (fotogalereya) 13 noya, 09:07 233
  • 73 yoshli hind ayoli egizak farzandli bo‘ldi 13 noya, 08:39 307
  • Ko'chalar uchun yangi texnologiya: endi chiroqlarsiz ham yo'llar yorug' bo'ladi 13 noya, 08:13 502
  • Bir zarba bilan o‘z muxlisini kasalxonaga jo‘natgan Bryus Li 13 noya, 07:47 513
  • Shveysariyaga ketmoqchimisiz? Unda buni o‘qishingiz zarur! 13 noya, 07:20 618
  • Nazarboyev yadrosiz dunyoni targ'ib etuvchi yetakchilar ittifoqini tuzishga chaqirmoqda 13 noya, 06:50 163
  • Kit yutib yuborgan odam tirik qoladimi? 13 noya, 06:30 857
  • Bo‘limlar