“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 08:54
ЎЗO‘Z

Ozodbek Nazarbekov: «Men uchun go‘zal hayot boshqa birovning qo‘liga qaram bo‘lib qolmaslik!»

05 okt, 14:30 1 286 Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov: «Men uchun go‘zal hayot boshqa birovning qo‘liga qaram bo‘lib qolmaslik!»
Foto: Youtube
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov «Daryo» internet-nashri uchun intervyu berdi.
Suhbat davomida Ozodbek Nazarbekov «Madaniyat vazirligining oylik maoshi O‘zbekistondagi eng talabgir, eng qimmat xonandasi bo‘lgan Ozodbek Nazarbekovga yetyaptimi?» mazmunidagi savolga quyidagicha javob bergan:

«Madaniyat vazirligiga maosh uchun bormaganman. Xudoga shukr o‘z davrida yo‘lga qo‘ygan bizneslarim bor. Bugungi kunda oilamni, ro‘zg‘orimni eplab turishga yetadi. Avval kimlargadir moddiy yordam bergan bo‘lsam, bugun o‘zimning kundalik ehtiyojimni qoplayapti. Bundan nolimayman.

Madaniyat vazirligiga moddiy manfaatni ko‘zlab kelmaganman. «Eng talabgir, eng qimmat xonandalardan biri» degan e’tibor bilan qaraydigan bo‘lsak, tabiiyki, men bu oylikka qoniqmayman. Inson iqtisodiy ta’minotiga qarab hayotini shakllantiradi. Hamma ham shunday. Kecha 2 million topayotgan odam ertaga 20 million topa boshlasa, 2 million topayotgan darajada yashamaydi. Shundan kelib chiqib bilish mumkinki, mening ham o‘tgan davrimda moddiy ta’minotimga qarab hayotim shakllangan. Lekin faqat iqtisodiy ta’minlanishning o‘zi go‘zal hayot degani emas.

Men uchun go‘zal hayot boshqa birovning qo‘liga qaram bo‘lib qolmaslik! O‘sha darajaga tushib qolmasam bo‘ldi. Kimgadir qaram bo‘lish yoki kimningdir eshigi tagida sarg‘ayib turish darajasiga bormaslik men uchun go‘zal hayot. Shu narsani har doim o‘zimga eslatib turaman. Iqtisodiy tanglikka kirgan paytlarim o‘zimga o‘zim bir gapni ko‘p takrorlayman: Kecha onadan tug‘ilganimda, egnimda hech nimam yo‘q edi-ku, yana nimasiga nolishim kerak. Ertaga yana shu ahvolda ketsam, nimaga noliyman.

Madaniyat vazirligida ishlayotganim hech qachon iqtisodiy norozichilikka olib kelmaydi. Chunki bu yerda moddiy manfaatdan ko‘ra, ma’naviy manfaat yuqori turadi. Bu yerda menga butun o‘zbek san’ati va madaniyatini ijobiy tomonga o‘zgartirish vakolati berilyapti. Demak, ma’naviy manfaat ko‘rish imkoniyatim bo‘lgandan keyin moddiy manfaat o‘z-o‘zidan orqaga chekinadi», deydi Ozodbek Nazarbekov.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Ozodbek Nazarbekov: «O‘zbekistonda bizneslarim juda ham ko‘p» 26 sen, 19:35
  • Ziyoda, Halimaxonim, Rayhon va «Bojalar» «zapret»dami? Ozodbek Nazarbekov javob berdi (video) 14 avg, 17:23
  • Ozodbek Nazarbekov Filippin elchisi Vilfredo Santozani qabul qildi 20 apr, 23:20
  • Ozodbek Nazarbekov Qirg‘iziston madaniyat, axborot va turizm vaziri bilan uchrashdi (video) 08 okt, 01:05
  • Ozodbek Nazarbekov davlat amaldori sifatida ilk xorijiy safarga bordi 17 avg, 19:22
  • So'nggi yangiliklar
  • Eriksson: "Fergyuson meni o‘ldiraman deb qo‘rqitgan" 14 okt, 08:43 42
  • O‘zbekiston Alibaba Group bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda 14 okt, 08:23 123
  • Mafiya qurboni bo‘lgan bokschi 14 okt, 07:43 570
  • Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi 14 okt, 07:08 793
  • Tramp Turkiyaga qarshi «qudratli sanksiyalar» qo‘llashga tayyorlanmoqda 14 okt, 06:34 317
  • Fotoshopsiz va aqlni shoshiradigan ko‘rinishidagi 10ta surat 14 okt, 06:00 735
  • Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriyada nima qilayotganiga izoh berdi 14 okt, 00:30 439
  • Rasul Kusherbayev: "Artel" monopoliya sari intilishda siyosiy "krыsha"ga ega bo‘ldi 14 okt, 00:02 635
  • Ozoda Saidzoda muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz va san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini iltimos qildi... 13 okt, 23:30 1 490
  • O‘zbekistonni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shish nega kerak? 13 okt, 22:53 723
  • Bo‘limlar