“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2019, 15:57
ЎЗO‘Z

Firdavs Abduholiqov: "Biz O‘zbekistonga bo‘lgan sof muhabbat haqida film yaratdik"

26 avg, 08:30 1 137 Madaniyat
Firdavs Abduholiqov: "Biz O‘zbekistonga bo‘lgan sof muhabbat haqida film yaratdik"
Foto: O‘zEOAVMA
24 avgust kuni «Rossiya—Kultura» va «Sevimli» telekanallarida «O‘zbekiston. Sevgi haqida afsonalar» filmining taqdimot namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zEOAVMA matbuot xizmatiga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Mazkur filmda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashayotgan O‘zbekiston zaminidagi qadim sivilizatsiyalar, qadriyatlar, tildan tilga ko‘chib kelayotgan afsonalar, bu yurtda hukm surgan diniy bag‘rikenglik, o‘zbek xalqining san’ati va madaniyati, me’morchiligi, milliy pazandachiligi, yuz yillardan beri davom etib kelayotgan an’analar haqida so‘z boradi. Filmda qadimgi davrlardan to bugungi kungacha O‘zbekistonning tarixiy taraqqiyoti bosqichlari haqida hikoya qilingan.

Film g‘oyasi muallifi va prodyuseri Firdavs Abduholiqovning aytishicha, O‘zbekiston hujjatli kinosi tarixida ilk bor mazkur filmda noan’anaviy usul ishlatilgan — izoh va intervyular qo‘llanilmagan. Film qahramonlari — turli davrlarning tarixiy qahramonlari va turli sulolalar vakillaridir.

«Bundan tashqari, ‘Rossiya-Kultura’ telekanali vakillari bilan uzoq davom etgan bahslar natijasida filmda she’riy parchalardan faol foydalandik. Filmda Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Umar Hayyom, Hofiz va boshqa shoirlarning she’rlaridan, shuningdek, turli olim va donishmandlarning hikmatli so‘zlaridan foydalanildi», — deydi Abduholiqov.

Mazkur filmning asosiy g‘oyasi — butun borliqqa muhabbatdir. Yorga muhabbat, onaga, Vatanga, kasbga, bilimga, ustozga bo‘lgan muhabbat unda yaqqol aks etadi. Bu buyuk hissiyot jozibasi, kuch-qudrati film davomida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

«Muhabbat tuyg‘usi bo‘lmaganida, o‘zbek xalqi bunday go‘zal me’morchilik namunalari yaratmagan, O‘zbekiston madaniy merosi degan tushuncha ham yuzaga kelmagan bo‘lardi», — deydi film prodyuseri.

O‘zbekistonlik prodyuserning Rossiyaning ushbu telekanali bilan hamkorligi «O‘zbekiston — qumliklar javohiri» filmidan boshlangan. Keyinchalik «O‘zbekiston — qo‘lga kiritilgan kashfiyotlar», «Qoraqalpog‘iston — vaqt qumlari oralab», «Nukus. Noma’lum kolleksiya» filmlari yaratildi.

Mazkur hujjatli film «Rossiya-Kultura» va «Sevimli» telekanallari, O‘zEOAVMA, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida tayyorlandi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • O‘zbekistonda yangi telekanal tashkil etiladi 11 iyul, 22:37
  • Shohrux repper: "Tug‘ilgan kunimni nishonlamay qo‘yganimga 12 yil bo‘ldi!" (video) 02 fev, 18:23
  • “O‘zbekiston” teleradiokanalida “Muloqot vaqti” ko‘rsatuvi jonli ko‘rsatiladi 03 avg, 20:02
  • Islom Karimovning hayoti va faoliyati — suratlarda 30 yanv, 19:48
  • Yangi «Sotqin» filmi «videoqaroqchilar» o‘ljasiga aylandi 07 apr, 22:46
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli... 22 sen, 15:13 112
  • Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video) 22 sen, 14:47 328
  • Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi 22 sen, 14:20 141
  • Rossiya matbuoti: Ravon yana 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi 22 sen, 13:53 333
  • O‘zbek shifokorining yozuvini nega o‘qib bo‘lmaydi? 22 sen, 13:20 595
  • Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video) 22 sen, 12:50 579
  • Aholiga naqd xorijiy valuta sotila boshlandi: bu yog‘i nima bo‘ladi? 22 sen, 12:17 796
  • Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha 10 yillik shartnoma imzoladi 22 sen, 11:46 196
  • Ikkinchi va uchinchi yo‘nalish uchun ham super-kontraktga ruxsat berildi 22 sen, 11:20 441
  • Iqbol Mirzo: «Dabdabali to‘y qilayotganlarni xalq oldida sharmanda qilish kerak» 22 sen, 10:53 397
  • Bo‘limlar