“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2019, 03:07
ЎЗO‘Z

Baxtiyor Sayfullaev Madaniyat vaziri lavozimiga tayinlandi

09 avg, 22:13 10 394 Madaniyat
Baxtiyor Sayfullaev Madaniyat vaziri lavozimiga tayinlandi
Bugun, 9 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev videoselektor o‘tkazdi. Unda vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etgan.

Yig‘ilishda ishtirok etgan “Qalampir.uz” manbasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri lavozimiga 2012 yildan buyon O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Baxtiyor Sayfullaevich Sayfullaev tayinlangan.

Baxtiyor Sayfullaev 1974-2002 yillarda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, fakultet dekani, prorektori, 2002-2005 yillarda sobiq Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti rektori, 2005-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining Madaniyat ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

U professor ilmiy darajasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at arbobi unvonlari bilan mukofotlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15 fevral kuni “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatildi va uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashkil etildi. 24 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri direktori Mahmud Murodov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri etib tayinlangandi. Ayni damda Mahmud Murodovning qaysi lavozimga o‘tkazilgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Madaniyat vaziri bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori lavozimida ham faoliyat yuritadi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Taniqli san’atkorlar musiqa maktablariga direktor etib tayinlanadi 03 avg, 22:39
  • Shahzodaning Dilorom Omonullaevaga nisbatan haqorati bo‘yicha “O‘zbekiston” kanalida ko‘rsatuv tayyorlanyapti 19 iyul, 16:54
  • «Toshkent» fond birjasi binosi konsert zaliga aylantiriladi 07 iyun, 02:03
  • “E’tirof” taqdimot marosimi “My5” telekanali orqali namoyish etiladi 16 fev, 20:21
  • 14 fevral kuni "E’tirof" mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi 30 yanv, 21:36
  • Shahzoda Matchonova hayotidagi xushxabarni ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislari bilan bo‘lishdi 30 avg, 10:51
  • So'nggi yangiliklar
  • Butunjahon "Sayyoralar Kongressi" bo'lib o'tmoqda 19 okt, 01:00 106
  • Qosimov: "Abramovning termaga murabbiy bo‘lgani "Bunyodkor"ning o‘yiniga salbiy ta’sir qildimi?" 19 okt, 00:42 124
  • Vadim Abramov: "Yuta olmayotganimizga maydon aybdor emas" 19 okt, 00:32 147
  • Fastfud ishqibozi bo'lgan kelin to'yida tovuq oyoqchalaridan maxsus guldasta tayyorlatdi 19 okt, 00:30 118
  • Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi «Kamaz»ga borib urildi (video) 19 okt, 00:03 194
  • Toshkentda Lacetti mingan ayol YPX xodimlaridan qochdi (video) 18 okt, 23:53 225
  • Navoiyda Nexia portlab ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi 18 okt, 23:43 265
  • Diqqat!!! E'tibordan chetda qoldirishingiz kerak bo'lmagan saratonning 8 alomati 18 okt, 23:20 388
  • Nazarboyev Londonda jazoga tortildi 18 okt, 22:53 482
  • Yonida fuqarolik pasporti bo‘lmagan shaxs qanday hollarda ichki ishlar bo‘limlariga olib ketiladi? 18 okt, 22:27 506
  • Bo‘limlar