“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 11 2019, 20:04
ЎЗO‘Z

Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi

14 noya, 16:12 562 Jamiyat
Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi
Hukumatning 2019-yil 13-noyabrdagi qarori bilan Asadjon Ozodbekovich Xoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining boshligʻi etib tayinlandi.

Asadjon Xoʻjayev 2011-2012-yillarda Intellektual mulk agentligi, 2012-2017-yillarda - Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga rahbarlik qilgan.

U 2017-yil martidan avgustgacha prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot xizmati rahbari boʻlib ishladi. Keyinchalik Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi rahbarining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

A. Xoʻjayev 2018-yil avgust oyidan beri Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

Eslatib oʻtamiz, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohasida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • MTRKning sobiq raisi “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” direktori etib tayinlandi 31 okt, 13:18
  • MTRKda an’anaviy tarzda rahbar o‘zgarishi: Alisher Xo‘jayev o‘z lavozimiga qaytdi 30 avg, 22:18
  • Alisher Xo‘jayev O‘zMTRK rahbarligiga qaytdi 30 avg, 17:06
  • G‘olibsher Ziyaev aloqa sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi rahbari bo‘ldi 06 iyun, 09:07
  • O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi tayinlandi 16 mar, 10:44
  • So'nggi yangiliklar
  • Dushmanga ham ravo ko‘rmaymiz bunday joylarda jazo muddatini o‘tashni - Artikova 11 dek, 19:43 137
  • Tadqiqot: yoshi katta tadbirkor – muvaffaqiyatli kompaniya degani 11 dek, 19:18 113
  • "El-klasiko" yana qoldirilishi mumkin 11 dek, 18:54 267
  • Xitoylik migrant AQShga kir yuvish mashinasi ichida kirishga urindi 11 dek, 18:32 227
  • «Bunyodkor» futbolchisi Ozarbayjon klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi 11 dek, 18:11 285
  • Chexiyadagi otishma: Ostrava kasalxonasida besh kishi o'ldirildi 11 dek, 17:47 311
  • Qoraqalpog‘istonda saksovul o‘g‘rilari ekologiya va IIB xodimlariga hujum qildi 11 dek, 17:25 562
  • Prezident Farmoni asosida 575 nafar shaxs afv etildi 11 dek, 17:02 399
  • Minskda O‘zbekiston fuqarosining pulini o‘margan 21 yoshli qiz qo‘lga olindi 11 dek, 16:42 512
  • Vazirlar Mahkamasining vakolatlari aniq belgilandi 11 dek, 16:19 280
  • Bo‘limlar