“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2019, 14:23
ЎЗO‘Z

Yaqin qarindoshlar avtomobilni ishonchnomasiz boshqarishi talablari ma’lum qilindi

17 okt, 21:43 2 621 Jamiyat
Yaqin qarindoshlar avtomobilni ishonchnomasiz boshqarishi talablari ma’lum qilindi
Bugun, 17 oktyabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ichki ishlar vazirligi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi tashabbusi bilan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbir davomida ko‘plab savollarga sabab bo‘layotgan yaqin qarindoshlar tomonidan ishonchnomasiz avtomobil boshqarish talablari haqida axborot berildi.

«Prezident qarorida 1 oktyabrdan yaqin qarindoshlar tomonidan avtomobilni ishochnomasiz boshqarish huquqi berildi. Lekin hali qonunosti hujjatlari qabul qilinmadi. Bu bo‘yicha huquqiy hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

O‘ylaymanki, yaqinda loyiha tasdiqlanib amalga kiritiladi. Ayni paytda yaqin qarindoshlar ism-familiyasi sug‘urta polisida ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki sug‘urta polisi cheksiz (boshqaruvchilar soni bo‘yicha) bo‘lsa, fuqarolar yaqin qarindoshlarining avtomobilini ishonchnomasiz boshqarishi mumkin», deya IIV yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Akmal Yunusovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma’lumot uchun, prezident tomonidan imzolangan «O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonga ko‘ra, joriy yilning 1 oktyabridan Transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) o‘rtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish to‘g‘risidagi ishonchnomani majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritiladi 27 sen, 14:03
  • Yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi 10 sen, 13:50
  • Endi yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma bekor bo‘ladi 12 iyun, 21:53
  • Tegishli hujjatlarsiz mashinani boshqarganlik uchun jarimalar keskin oshirildi 23 okt, 23:30
  • Avtotransportdan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimi bekor qilinadimi? 22 okt, 09:50
  • So'nggi yangiliklar
  • Milliy gvardiya faoliyati qonun bilan tartibga solinadi 12 noya, 13:40 27
  • Nazarboyevdan tashabbus: Qozogʻiston sobiq prezidenti Putin va Zelenskiyga taklif bilan chiqdi 12 noya, 13:15 94
  • Markaziy bank so‘mning ramz tarzidagi grafik belgisini tasdiqlash huquqiga ega bo‘ldi 12 noya, 12:54 187
  • Ronaldu Messiga ochiqchasiga murojaat qildi: “Meni jamoamga o‘t!” 12 noya, 12:30 548
  • Iqlim o'zgarishi yana "Rossiyani ulug'vor qilishi mumkin" 12 noya, 12:06 607
  • "Liverpul" ning "Manchester Siti" ga qarshi urgan goli Angliya Premer-ligasi doirasidagi eng yaxshi deb tan olindi 12 noya, 11:44 157
  • "Yuventus" stadiondan qochib ketgan Ronaldu vamurabbiyni taqdirini xal qildi 12 noya, 11:30 849
  • Mahalliylashtirilgan sportchi o‘zbek sporti tarixida ilk bor beshkurashda Olimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritdi 12 noya, 11:05 242
  • Ukraina Qrim sababli Rossiya bilan “urush holatida” ekanligi aytildi 12 noya, 10:43 367
  • Fransiya prezidenti Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi taklif bilan chiqdi 12 noya, 10:23 612
  • Bo‘limlar