“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 04:43
ЎЗO‘Z

Byudjet hisobidan avtomashina sotib olgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

15 okt, 12:08 1 429 Jamiyat
Byudjet hisobidan avtomashina sotib olgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi
Bosh prokuratura matbuot xizmati Toshkent viloyatida aniqlangan talon-toroj holati yuzasidan xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “D.B.S” MChJ tomonidan Bekobod tumanidagi 29-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida shartnomada ko‘rsatilgan rekonstruksiya ishlari bajarilmagan bo‘lsada, “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi Toshkent viloyati filiali tomonidan ushbu jamiyatga 2,4 mlrd. so‘m o‘tkazib berilib, juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

“D.B.S” MChJ rahbari tomonidan o‘zlashtirilgan byudjet mablag‘lari hisobidan “Chevrolet Laccetti” rusumli avtomashina sotib olinib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan “D.B.S” MChJ rahbari X.R., “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent viloyati filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • «Xalq banki» Bo‘ka filiali boshqaruvchisining birinchi o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 26 sen, 14:35
  • Shayxontohur tumani soliq «korrupsion o‘chog‘i» qanday paydo bo‘lgandi? 16 apr, 23:09
  • Bank mablag‘lari o‘zlashtirilganligi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 31 yanv, 17:39
  • Andijonda bank xodimlari 759 ming AQSH dollarini talon-taroj qilishdi 17 okt, 22:14
  • “Xalq banki” filiali mansabdor shaxslari juda koʻp miqdordagi pulni talon-tаroj qilib yubordi 28 avg, 12:14
  • So'nggi yangiliklar
  • Yoqtirgan mevangizni tanlang va o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotga ega bo‘ling 14 noya, 00:17 249
  • Islom Ahmedovdan terma jamoamizga oid fikr va mulohazalar 13 noya, 23:55 199
  • Madam Bovari sindromi nima? Uning qanday alomatlari bor? 13 noya, 23:30 226
  • 8 yoshli meksikalik qiz quyosh suv isitgichini ixtiro qilgani uchun Yadro ilmi mukofotiga sazovor bo'ldi 13 noya, 23:06 268
  • O‘zbekistondan «yakkashox» chiqadimi? 13 noya, 22:43 635
  • "Talabalar olayotgan stipendiya xattoki kartoshka sotib olishga ham yetmaydi"- O‘zXDP 13 noya, 22:20 408
  • 2019 yilning eng chiroyli​ archalari qayerda yasatilgan edi? 13 noya, 21:56 247
  • «O‘rgimchak-odam» Alen Rober Parijdagi 152 metrlik binoni zabt eta olmadi 13 noya, 21:32 265
  • Kunduzgi uyquning zararli tomonlari ma’lum qilindi 13 noya, 21:04 546
  • «Aytsam – o‘ldirurlar, aytmasam – o‘lam...» yoxud Karim Bahriyev 20 yil avval nima degandi? 13 noya, 20:36 1 172
  • Bo‘limlar