“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2020, 12:27
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda erkak bojasi va qaynakasi tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirildi (video)

14 okt, 21:20 2 722 Jamiyat
Qashqadaryoda erkak bojasi va qaynakasi tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirildi (video)
«O‘zbekiston» telekanalining «Bir jinoyat izidan» ko‘rsatuvida bojasi va qaynakasi tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirilgan erkak haqida hikoya qilindi.

2019 yil 15 avgust kuni kech soat 19:00 larda Mirishkor tumani ichki ishlar bo‘limiga xabar kelib tushadi: Tumandagi «Chamanzor» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan oqib o‘tuvchi kanal irmog‘idan osiyo millatiga mansub shaxsi noma’lum erkak kishining murdasi topildi. Zudlik bilan tezkor tergov guruhi tuzilib, voqea joyiga yetib borildi.

Tergov guruhi qotillik qurboni bo‘lgan erkakning shaxsini aniqlash maqsadida bedarak yo‘qolganlar, chet elga ishlagani ketgan odamlar va boshqa toifadagi qidiruvdagi shaxslarni birma-bir so‘rab surishtira boshladi.

Sud-tibbiy ekspertizasi murdaning yoshi o‘rtacha 30—35 yoshlarda ekanligi, uning chap ko‘zining yuqorisi va o‘ng chakka sohasida, o‘ng ensa va quloq sohasida, burnida, jami 10 dan ortiq ezilib-yirtilish ko‘rinishidagi jarohatlar borligini aniqladi.

«Bu holat bo‘yicha biz zudlik bilan fotosuratga olinib, surishtiruv ishlarini olib bordik. Barcha shaxsiy tarkib o‘sha yerga jalb qilinib, tegishli topshiriqlar berildi. Shaxsiy tarkib murdaning shaxsini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bordi. Barcha mahallalar, jamoatchilik vakillari jarayonga jalb qilindi. Fotosuratlar mahallalarga ko‘rsatib chiqildi. Uyidan chiqib ketganlar, tuman hududidan bedarak ketganlar bo‘yicha ham surishtiruv ishlari olib borildi. Mirishkor tumanidan bedarak chiqib ketgan fuqarolar aniqlanmagani uchun qo‘shni tumanlarga xabarnomalar jo‘natdik», — deydi Mirishkor tuman IIB boshlig‘i Nodir Ismoilov.

Shundan so‘ng viloyat ichki ishlar boshqarmasining shaxsga qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari viloyat bo‘yicha tezkor qidiruv-surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.

Surishtiruv ishlari natijasida Koson tumanidagi «Regzor» mahallasida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan Bobur Jumayevni bedarak yo‘qolgani haqida xabar olindi.

Izsiz yo‘qolgan erkak boshqa mahallalarda ro‘yxatlarda turib, «Paxtazor» mahallasida yashab yurganligi ma’lum bo‘ldi. Mahallada yashovchi odamlar bilan birma-bir suhbatlashildi. Lekin ulardan hech qanday ma’lumot olishning iloji bo‘lmadi.

«Jumayev Boburning turmush o‘rtog‘i Dilnoza Shodiyeva bilan suhbat o‘tkazildi. Ayol turmush o‘rtog‘ining anchadan beri Rossiyaga ishlashga ketgan, deb o‘ylab yurganini bildirdi. Shundan so‘ng ushbu holat yuzasidan yana ham ko‘proq surishtiruv ishlari olib borganimizda Jumayev Boburning muttasil ravishda spirtli ichimlik ichishga ruju qo‘yganligi, oilasi bilan notinch ekanligi aniqlandi.

Aniqlanishicha, Dilnoza Shodiyeva, uning akasi O‘ktam Ataqov, pochchasi Qodir Jo‘rayevlar 2019 yil 11 avgust kuni Bobur Jumayevning mast holda uyda uxlayotganidan foydalanib, uni turli to‘qmoqlar bilan boshi va boshqa a’zolariga urib, unga tan jarohati yetkazib, o‘ldirib, murdani uyda bo‘lgan mototsiklga ortib, Mirishkor tumani bosh kanaliga olib kelib, qorniga tosh bog‘lab oqizib yuborgan.

Shundan so‘ng ular haqidagi ma’lumotlar to‘planib, tergov bo‘limiga topshirildi», — deydi Qashqadaryo viloyati IIB shaxsga qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Xo‘janazar Bahriyev.

Ma’lum bo‘lishicha, qotillik qurboni bo‘lgan Bobur Jumayev 11 avgust kuni mahalladagi do‘konlardan biriga kirib, spirtli ichimlik iste’mol qiladi. Shundan so‘ng u o‘zi yashaydigan issiqxona xo‘jaligiga kelib rafiqasi Dilnoza Shodiyevani o‘lasi qilib kaltaklaydi.

«Erim 11 avgust kuni kech soat 19:00 larda uyga keldi. U oyoqda tura olmaydigan ahvolda edi. Hayit kuni edi o‘shanda. Uyda na non, na boshqa mahsulot, hech narsa yo‘q. Bolam bilan men kuni bilan uyda och o‘tirdim. Kechki payt darvoza eshigi taqilladi. Erimning ovozini eshitishim bilan eshikni ochdim, ochishim bilan qo‘limdan bolani olib, issiqxona tomonga qaratib otib yubordi va meni urib ketdi. Keyin uyga kirib ketdi va pichoq olib chiqib, menga tashlanmoqchi bo‘ldi. Men ko‘chaga qochib chiqdim hamda qo‘shnimning telefonidan akamga qo‘ng‘iroq qildim. ‘Aka, tez keling, meni uryapti, shunaqa qilyapti’, dedim. Keyin akam bilan kuyovim yetib keldi. Shunda akamlar kelib uni urdi, u joyida o‘ldi. O‘ldirib qo‘yganidan keyin olib chiqib ketdi, men o‘sha yerda qoldim», — deydi Dilnoza Shodiyeva.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Aktrisa Luiza Rasulova tugʻilgan kunini nishonlamoqda (foto) 24 apr, 10:30
  • Sergelidagi mashina bozorida to‘pponchadan o‘q uzgan erkak kim edi? (video) 22 okt, 16:30
  • Navro‘z arafasida ochilishi rejalashtirilgan yo‘l qurilishidan (fotoreportaj) 09 yanv, 17:03
  • Toshkentda “barcha muammolarni hal qiluvchi erkak” paydo bo‘ldi 08 iyun, 12:35
  • O‘zbekistonning eng yaxshi tergovchilari aniqlandi 21 may, 17:09
  • So'nggi yangiliklar
  • Bobir Abdixoliqov guruh bosqichidagi o‘yinlar, BAA va boshqalar haqida 18 yanv, 12:20 62
  • Abdulla Aripov: O‘zbekistonda yangi aviakompaniya tashkil etiladi 18 yanv, 12:07 116
  • O‘zLiDep bosh vazirlikka Abdulla Aripov nomzodini ko‘rsatdi 18 yanv, 11:55 127
  • BAA murabbiyi: Biz uchun O‘zbekistonga qarshi o‘yin bu top darajadagi bahs 18 yanv, 11:37 281
  • Lyubinko Drulovich BAAga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi? 18 yanv, 11:32 310
  • Davlat xizmatida xodimlar rotatsiyasi korrupsiyaga qarshi kurash usuli sifatida 18 yanv, 11:17 181
  • Shohjahon Ergashev raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi (video) 18 yanv, 10:54 353
  • Oyatulloh Xominaiy 8 yil ichida ilk bor maviza o‘qidi 18 yanv, 10:30 324
  • Gvardiola: “Vaqtlari bo‘lganida ular birga tushlik qilishadi” 18 yanv, 10:11 255
  • O‘zbekistonlik futbolchi Portugaliya klubiga o‘tdi 18 yanv, 09:53 648
  • Bo‘limlar