“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2019, 13:13
ЎЗO‘Z

Qarshi tuman hokimligi tan oldi, o‘quvchilarga haqiqatan asfaltda dars o‘tilgan

14 okt, 09:10 817 Jamiyat
Qarshi tuman hokimligi tan oldi, o‘quvchilarga haqiqatan asfaltda dars o‘tilgan
Foto: Facebook / «Potrebitel.uz»
Qarshi tumanidagi 6-maktabda o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlari asfalt ustida o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi, biroq tuman xalq ta’limi bo‘limi bu xabarlarni rad etayotgan edi. Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va Qarshi tumani hokimligi ushbu holatni o‘rganib chiqdi va dars haqiqatan ham asfalt ustida o‘tkazilganini tasdiqladi.

Aniqlanishicha, maktabning 6-«G» sinfining birinchi guruhiga ingliz tili fanini o‘qituvchi Dilafro‘z Hasanova o‘tsa, ikkinchi guruhga Maftuna Zaripova dars beradi. Sinfda o‘quvchilar soni 32 nafarni tashkil etadi.

Asfalt ustidagi dars mashg‘uloti 10 oktyabr kuni Dilafro‘z Hasanova rahbarligida o‘tkazilgan. O‘qituvchi ushbu harakatini o‘sha kuni o‘tilgan mavzu tabiat bilan bog‘liqligi va o‘quvchilarga tabiatni jonli tarzda ko‘rsatishni maqsad qilgani bilan izohlagan.

Mavzu tabiat manzaralariga oid bo‘lganligi bois, o‘qituvchi dars mashg‘uloti tugashiga 10 daqiqa qolganida o‘quvchilarni maktab hovlisiga olib chiqqan va mavzuga doir ma’lumotlarni o‘quvchilarga shu yerda tushuntirishga harakat qilgan.

Ingliz tili fani metod birlashma rahbari D.Erkayeva esa dars mashg‘ulotini o‘qituvchi Nodira Qo‘ziboyevaning telefoni orqali videoga olgan. D.Erkayevaning aytishicha, u shunchaki tasvirga olgan va videolavha bunday tarqalib ketishini bilmaganligidan afsuslanmoqda.

Bunday holatning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketganligidan o‘qituvchi Dilafro‘z Hasanova ham afsusda ekanligini bildirgan.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Mamatqulovning aytishicha, maktab quvvati 1060 o‘rinli bo‘lib, ayni paytda mazkur ta’lim dargohida 1884 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Unda 141 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Maktab uchun 2018 yil 420 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilib barcha jihozlar, parta va stullar bilan ta’minlangan. Maktabda sinf soni 60 ta. Darslar 2 navbatda o‘qitiladi.

Qarshi tuman hokimligi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, maktabda o‘quvchilarga joy yetishmasligi muammosi yo‘q. Mazkur holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan maktab jamoasi va mas’ullarga tushuntirish berilgan va ta’lim-tarbiya jarayoniga yanada e’tiborli bo‘lishlari ta’kidlangan.

Avvalroq Zarafshondagi 2-maktabda 4-sinf o‘quvchilari, Farg‘onada esa 24-maktabda 1-sinf o‘quvchilari polda o‘tirgani, Sho‘rchida esa Surxondaryo viloyat ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni o‘qitishga ixtisoslashgan maktab-internatida o‘quvchilar polda yotgani aks etgan fotosuratlar tarqalgan edi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Qanday holatlarda o‘qituvchi bir stavkadan ko‘p dars o‘tishi mumkin? 06 okt, 17:09
  • Prezident topshirig‘i kuchga kirdi. Hokimlar maktabda dars o‘tishdi (foto) 04 sen, 14:42
  • Qashqadaryoda deraza va eshiklari yo‘q, ta’mirtalab maktab binosida dars o‘tilgan 26 may, 17:38
  • Xalq ta’limi vazirligi: 20 martdagi dars soatlari bahorgi ta’tildan so‘ng o‘tiladi 18 mar, 09:56
  • O‘zbekistonda 2869 nafar ingliz tili o‘qituvchisi professional malaka tekshiruvidan o‘ta olmadi 19 fev, 08:23
  • So'nggi yangiliklar
  • Qanday hollarda qarzdorning chet elga chiqishi cheklanmasligi aniq belgilandi 13 noya, 12:41 31
  • Birja savdolarida benzin va oltin narxi yana pasaydi 13 noya, 12:16 84
  • «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritildi 13 noya, 11:52 438
  • “Yashil” yo‘lakda tibbiyot buyumlarini olib o‘tish rejasi pand berdi 13 noya, 11:29 96
  • Mallasoch qora tanlilar haqida eshitganmisiz? 13 noya, 11:28 223
  • Atamboyev: «Qo‘rquv va xiyonat, razolat va yolg‘onga asoslangan hokimiyat hech qachon mustahkam bo‘lmaydi» 13 noya, 11:05 322
  • Safar Ostonov: "Xalqimiz qo‘yayotgan talabdan kelib chiqib baho bersak, birorta partiyaning faoliyatidan qoniqmayman" 13 noya, 10:40 257
  • MIB faoliyatidan: Bolalar sababli ota-onalar yarashishdi 13 noya, 10:17 142
  • Kuniga 40 ta sigaret chekadigan 2 yoshli bola haqida eshitganmisiz? 13 noya, 09:57 709
  • Toshkent viloyatida ro‘y bergan portlashga nima sabab bo‘lgani aniqlandi 13 noya, 09:30 502
  • Bo‘limlar