“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2019, 03:10
ЎЗO‘Z

Tanzila Norboyeva: «Ayollarning parlamentdagi ulushini 40 foizga yetkazmoqchimiz»

10 okt, 19:54 280 Jamiyat
Tanzila Norboyeva: «Ayollarning parlamentdagi ulushini 40 foizga yetkazmoqchimiz»
Foto: Oliy Majlis Senati
Bugun, 10 oktyabr kuni Oliy Majlis Senati binosida YeXHT huzuridagi doimiy vakolatxonalar rahbarlari delegatsiyasi va Senat raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuv o‘tkazildi.

22 mamlakatdan tashrif buyurgan vakillar parlament faoliyati bilan tanishishdi. Ularga mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo‘layotgan islohotlar borasida ham ma’lumot berildi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari gender tengligi masalalariga qay darajada e’tibor berilayotgani borasida savollar bilan yuzlanishdi. Senat raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda ayollarning siyosiy faolligini oshirishda amalga oshirilayotgan harakatlar borasida atroflicha to‘xtaldi.

«Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan butun respublika bo‘ylab faol ayollar ro‘yxati tuzilgan bo‘lib, unga 6 mingga yaqin ayollar kiritilgan. Biz ularning nomzodini parlamentga tavsiya qilyapmiz. Shu orqali ayollarning qonunlar qabul qilinishida ishtirokini ta’minlash imkoniyati bo‘ladi. Bu yo‘nalishda yana bir yutug‘imiz – xotin-qizlarning jamiyatda rolini oshirishga qaratilayotgan ishlar ularga nisbatan avvalgi, eskirgan stereotiplarni o‘zgarishiga yordam berayotganligidir. O‘zbekistonda parlamentning 28 foizini ayollar tashkil etadi va buni 40 foiz va undan yuqoriga ko‘tarish niyatidamiz», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

YeXHT vakillari O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish borasida Senat bilan yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha taklif bildirishdi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Tanzila Norboyeva Shuhrat G‘aniyev masalasida Senat yig‘ilishi bo‘lishini ma’lum qildi 30 sen, 13:00
  • Prezident Senatda yangi qo‘mita tashkil etishni taklif etdi 21 iyun, 17:38
  • Tanzila Norboyeva Senat raisi bo‘ldi 21 iyun, 11:46
  • Tanzila Norboyeva Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimini tark etdi. U endi Senat raisi bo‘lishi mumkin 20 iyun, 23:15
  • Sirdaryo viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari o‘zgardi 04 mar, 16:11
  • So'nggi yangiliklar
  • Butunjahon "Sayyoralar Kongressi" bo'lib o'tmoqda 19 okt, 01:00 106
  • Qosimov: "Abramovning termaga murabbiy bo‘lgani "Bunyodkor"ning o‘yiniga salbiy ta’sir qildimi?" 19 okt, 00:42 124
  • Vadim Abramov: "Yuta olmayotganimizga maydon aybdor emas" 19 okt, 00:32 147
  • Fastfud ishqibozi bo'lgan kelin to'yida tovuq oyoqchalaridan maxsus guldasta tayyorlatdi 19 okt, 00:30 118
  • Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi «Kamaz»ga borib urildi (video) 19 okt, 00:03 194
  • Toshkentda Lacetti mingan ayol YPX xodimlaridan qochdi (video) 18 okt, 23:53 225
  • Navoiyda Nexia portlab ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi 18 okt, 23:43 265
  • Diqqat!!! E'tibordan chetda qoldirishingiz kerak bo'lmagan saratonning 8 alomati 18 okt, 23:20 388
  • Nazarboyev Londonda jazoga tortildi 18 okt, 22:53 482
  • Yonida fuqarolik pasporti bo‘lmagan shaxs qanday hollarda ichki ishlar bo‘limlariga olib ketiladi? 18 okt, 22:27 506
  • Bo‘limlar