“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 08:52
ЎЗO‘Z

Qidiruvdagi “ta’til” uzoqqa cho‘zilmadi

10 okt, 17:36 1 030 Jamiyat
Qidiruvdagi “ta’til” uzoqqa cho‘zilmadi
Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 20.04.2017 yildagi qaroriga asosan qo‘zg‘atilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdor Burxon Shokirov uch nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun undiruvchi M.Shokirovaga 20 oy davomida 7 mln. 480 ming so‘m aliment pullarini to‘lamasdan kelgan.

Alimentdan qarzdorlikni undirish maqsadida davlat ijrochisi qarzdor ro‘yxatga qo‘yilgan Qo‘qon shahar, Rudakiy ko‘chasi, 17a-uyga bir necha marotaba borib ham topa olmagan va keyinchalik qarzdordan qasddan yashash manzilini o‘zgartirib olganligini aniqlagan.
Bu yoqda, B.Shokirovning uch nafar voyaga yetmagan farzandlari moddiy himoyaga muhtoj.

Davlat ijrochisi tomonidan 20.08.2019 yilda qarzdor B.Shokirovga nisbatan qidiruv elon qilinib, qaror ijrosi Qo‘qon shaxar IIB va Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limi qidiruv bo‘yicha tezkor xodimlariga topshirilgan.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida qarzdor B.Shokirov 2019 yil 9 sentyabr kuni yangi ko‘chib borgan xonadonidan ushlanib, Qo‘qon tuman ma’muriy sudiga keltirildi va sud unga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlashni lozim deb topdi.

Qarzdor ota B.Shokirov qonunga itoatsizlikda ifodalangan harakatlari uchun o‘ziga tayinlangan ma’muriy jazodan to‘g‘ri xulosa chiqarib olmagan taqdirda uni kelgusida jinoiy javobgarlik “quchoq ochib” kutib oladi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Aktrisa Luiza Rasulova tugʻilgan kunini nishonlamoqda (foto) 24 apr, 10:30
  • 10 ming so‘mlik banknotlar 10 martdan boshlab muomalaga chiqariladi 03 mar, 19:10
  • Putin farzandlari haqida gapirdi 06 sen, 12:28
  • Maykl Jeksonning farzandlari o‘zlarining mashhur otasidan boyib ketdi 30 iyun, 09:16
  • Abu-Dabida yuz bergan yong‘in tufayli o‘n kishi halok bo‘ldi 21 fev, 14:06
  • So'nggi yangiliklar
  • Eriksson: "Fergyuson meni o‘ldiraman deb qo‘rqitgan" 14 okt, 08:43 42
  • O‘zbekiston Alibaba Group bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda 14 okt, 08:23 123
  • Mafiya qurboni bo‘lgan bokschi 14 okt, 07:43 570
  • Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi 14 okt, 07:08 793
  • Tramp Turkiyaga qarshi «qudratli sanksiyalar» qo‘llashga tayyorlanmoqda 14 okt, 06:34 317
  • Fotoshopsiz va aqlni shoshiradigan ko‘rinishidagi 10ta surat 14 okt, 06:00 735
  • Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriyada nima qilayotganiga izoh berdi 14 okt, 00:30 439
  • Rasul Kusherbayev: "Artel" monopoliya sari intilishda siyosiy "krыsha"ga ega bo‘ldi 14 okt, 00:02 635
  • Ozoda Saidzoda muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz va san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini iltimos qildi... 13 okt, 23:30 1 490
  • O‘zbekistonni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shish nega kerak? 13 okt, 22:53 723
  • Bo‘limlar