“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2019, 19:30
ЎЗO‘Z

Ijtimoiy so‘rov: toshkentliklar oyiga qancha pul topsa, o‘zini moliyaviy mustaqil hisoblaydi?

09 okt, 23:10 1 313 Jamiyat
Ijtimoiy so‘rov: toshkentliklar oyiga qancha pul topsa, o‘zini moliyaviy mustaqil hisoblaydi?
O‘zingizni moliyaviy jihatdan mustaqilman, deb hisoblashingiz uchun oyiga qancha pul topishingiz kerak?

Kun.uz nashri Toshkentning beshta tumanida bo‘lib, ayni savol yuzasidan ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi. Unda mehnatga layoqatli yoshdagi, turli kasb egalari bo‘lgan roppa-rosa 100 kishi qatnashdi. Ulardan 46 nafari – ayollar.

Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, Toshkentda yashayotgan har to‘rt fuqarodan biri oyiga 9-10 mln so‘m pul topgan taqdirda o‘zini moliyaviy mustaqilman deb hisoblaydi.

O‘zbekiston poytaxtining 20 foiz aholisi uchun esa moliyaviy mustaqil bo‘lish uchun 5-6 mln so‘m oylik daromad kifoya qiladi.
Umuman, 100 nafar respondentdan 63 nafari oylik daromadi 5-10 mln so‘m bo‘lganda o‘zini iqtisodiy jihatdan erkin his etishini bildirdi.

So‘rov natijalari quyidagicha:
24 kishi – 9-10 mln
21 kishi – 5-6 mln
18 kishi – 7-8 mln
9 kishi – 30-50 mln
8 kishi – 18-20 mln
6 kishi – 12-16 mln
6 kishi – 3-4 mln
6 kishi – 1-2 mln
2 kishi – 100 mln

Ijtimoiy tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, o‘rta arifmetik hisobda toshkentliklar oyiga 13 mln 700 ming so‘m daromad olsa, o‘zlarini moliyaviy mustaqil deb hisoblaydilar.

Ma’lumot uchun, ijtimoiy so‘rov 6 oktyabr kuni Toshkentning Yakkasaroy, Mirobod, Chilonzor, Sergeli va Yashnobod tumanlarida o‘tkazildi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • O‘zbekistonda kimlar o‘rta sinf vakillari hisoblanadi? 11 may, 19:23
  • Yerning 7 mlrd aholisi qanday sohalarda ish bilan band? 02 sen, 19:43
  • Maktabda otishma: 1 kishi qurbon bo‘ldi 14 sen, 11:04
  • Toshkentda ro‘yxatdan o‘tmagani uchun 4200 kishi jarimaga tortildi 07 avg, 11:10
  • Telegram asoschisi undan oyiga 62 mln kishi foydalanayotganini aytdi 13 may, 17:41
  • So'nggi yangiliklar
  • Nima uchun yashil banan sarig‘idan yaxshiroq? 15 okt, 19:06 5
  • Targ‘ibot o‘z samarasini berdi 15 okt, 18:53 115
  • Endi davlat non narxiga umuman aralashmaydimi? 15 okt, 18:43 144
  • O‘zbekiston terma jamoasi Singapurni safarda mag‘lubiyatga uchratdi 15 okt, 18:42 226
  • O‘zga sayyoraliklar borligiga yoxud Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab 15 okt, 18:18 404
  • 5 soniyada nokaut bo‘lgan UFC jangchisi revansh istagida 15 okt, 17:53 209
  • Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibati 15 okt, 17:49 180
  • Xabib Nurmagomedovning menejeri qo‘lga olindi 15 okt, 17:28 543
  • Pullaringiz qayoqqa g‘oyib bo‘lyapti? 15 okt, 16:56 363
  • 16 oktyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti? 15 okt, 16:35 296
  • Bo‘limlar