“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2019, 19:16
ЎЗO‘Z

Sobiq madaniyat vaziri Bahodir Ahmedov yangi lavozimga tayinlandi

09 okt, 22:43 605 Jamiyat
Sobiq madaniyat vaziri Bahodir Ahmedov yangi lavozimga tayinlandi
Hukumat qarori bilan Bahodir Ahmedov Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatining rahbari lavozimiga tayinlandi.

U ayni paytda Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyatining Ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlar tahlili va monitoringi bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Ahmedov 1973 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 1996 yilda Toshkent elektrotexnika aloqalar institutini, 2007 yilda esa Prezident qoshidagi Davlat boshqaruv akademiyasini bitirgan.

U turli yillarda Olmazor tumani madaniyat va sport ishlari bo‘limi mudiri, Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Toshkent viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i, Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi o‘rinbosari, Madaniyat va sport ishlari vaziri (2014-2017 yillarda), Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Ahmedov yaqinda O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlangan Abdurashid Jo‘raboyevning o‘rnini egalladi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Baxtiyor Sayfullaev Madaniyat vaziri lavozimiga tayinlandi 09 avg, 22:13
  • Mahmud Murodov Madaniyat vazirligining ilk rahbari bo‘ldi 24 fev, 16:17
  • Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkiga ajratildi 17 fev, 06:00
  • Rustam Azimov Moliya vazirligidan ketdi 15 dek, 12:45
  • Bahodir Hodiyev TDIU rektori bo‘ldi 18 may, 11:48
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi davlat non narxiga umuman aralashmaydimi? 15 okt, 18:43 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Singapurni safarda mag‘lubiyatga uchratdi 15 okt, 18:42 82
  • O‘zga sayyoraliklar borligiga yoxud Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab 15 okt, 18:18 264
  • 5 soniyada nokaut bo‘lgan UFC jangchisi revansh istagida 15 okt, 17:53 151
  • Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibati 15 okt, 17:49 142
  • Xabib Nurmagomedovning menejeri qo‘lga olindi 15 okt, 17:28 447
  • Pullaringiz qayoqqa g‘oyib bo‘lyapti? 15 okt, 16:56 314
  • 16 oktyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti? 15 okt, 16:35 272
  • Tayyor charm - poyabzal mahsulotlari eksporti 2025 yilga kelib 1,5 milliard dollardan oshadi 15 okt, 16:09 179
  • Barcha siyosiy partiyalarga saylovlarda qatnashishga ruxsat berildi 15 okt, 16:00 142
  • Bo‘limlar