“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 19:58
ЎЗO‘Z

Urgutda shifoxona yopildi, chaqaloq yo‘lda tug‘ildi (video)

21 sen, 06:00 1 072 Jamiyat
Urgutda shifoxona yopildi, chaqaloq yo‘lda tug‘ildi (video)
Foto: Google Images
«Xabar.uz» Urgutda yuzlab homilador ayollar yashaydigan hudud shifoxonasiz qolgani haqida maqola e’lon qildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.
«Bu chaqaloqning ismi Jo‘rabek. U 2019 yilning 3 iyunida Urgut tumanidagi Beshbuloq qishlog‘ida tug‘ilgan», — deb boshlanadi maqola.

Jo‘rabek O‘zbekistondagi minglab tengdoshlaridan farqli o‘laroq yo‘lda, ko‘chada tug‘ildi. Chunki u yashayotgan hududdagi shifoxona besh yil muqaddam yopilib ketdi.
Jo‘rabek Urgutning ovloq ko‘chalarida, tungi soat 02:00 da tug‘ilgan.

Sifatli tibbiyot va doya nazoratisiz tug‘ilgan bolalarda nobud bo‘lish yoki kasalmand bo‘lib qolish holati ko‘p uchraydi. Ayni vaqtda shifoxonasiz qolgan hududda yuzlab homilador ayollar bor.

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi «Ibn Sino» nomli 3-sonli shifoxona 60 ming aholiga xizmat ko‘rsatar edi. Muassasadagi tug‘ruqxona 20 o‘rin, bolalar bo‘limi esa 30 o‘ringa ega bo‘lgan.

Ginekologiya va terapiya bo‘limlarida 40 dan ortiq bemor bir vaqtning o‘zida davolanishi mumkin bo‘lardi. Reanimatsiya bo‘limi esa og‘ir holatdagi bemorlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatish darajasida jihozlangandi.

Shifoxonaga Jo‘robtepa, Qiyonli, Eshonrabot, Beshkapa, Bekrabot, Zambarak, Jozmon, Mirzaqishloq, Vag‘ashti, Sariqtepa, Kamongaron, Nisavot va Ipakli qishloqlari aholisi murojaat qilardi. Endi ular 20 kilometr masofaga qatnashga majbur.

Urgut tuman markazidagi shifoxonaga yetib borgunga qadar bemorlar mana shu yo‘ldan yurishga majbur. 20 kilometr masofadagi yo‘l sog‘ odamni ham kasal qiladigan darajada o‘ydim-chuqurlardan iborat.

Bemorlarni gapirmasa ham bo‘ladi.

Jo‘rabek endi 3 oylik bo‘ldi. U ulg‘ayib, O‘zbekistonga, eliga, yurtiga xizmat qiladigan, barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi uchun sifatli tibbiyot kerak.
Ammo ahvol shu taxlit qolaversa, Jo‘rabek ham, u kabi minglab boshqa bolalar ham turli muammolar girdobida ulg‘ayishga majbur.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Surxondaryoda hojatxonaga tashlab ketilgan chaqaloqning ahvoli haqida Vazirlik ma’lumot berdi 07 iyul, 22:00
  • Urgut tumanidagi qishloqlarga sel keldi (video) 18 may, 22:55
  • O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kuni 1442 nafar chaqaloq tug‘ildi 01 yanv, 20:32
  • Dahshat! Hindistonda ikki boshli bola tug‘ildi...(Video) 03 noya, 09:53
  • O‘zbekistonda 2016 yildagi ilk chaqaloq Farg‘onada tug‘ildi 06 yanv, 15:22
  • So'nggi yangiliklar
  • Buyraklarni nima ishdan chiqaradi? 16 okt, 19:36 9
  • Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video sabab Turkmaniston maktablarida o‘quvchi qizlarga odob-axloq darslari o‘tilmoqda 16 okt, 19:11 231
  • Moldova bog‘lari uchun O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qilinmoqda. Oylik 1000 $gacha 16 okt, 18:45 459
  • Rossiya OAVda Shomurodov haqidagi xabarlarga qanday izohlar qoldirilmoqda? 16 okt, 18:20 575
  • Lionel Messi 6 karra "Oltin butsa" sohibi! 16 okt, 18:11 232
  • Kim Chen In otda Pektusan tog‘iga ko‘tarildi (foto) 16 okt, 17:57 281
  • Endi fuqarolar propiskasidan qat’iy nazar istalgan bankdan kredit olishlari mumkin 16 okt, 17:33 303
  • Jahongir Otajonov videomurojaat qildi: «Bundan juda xursandman» (video) 16 okt, 17:19 757
  • Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov va yana ikki san’atkorning litsenziyasi qaytarib berildi 16 okt, 17:13 616
  • Hayratlanarli faktlarni yoqtiruvchi insonlar uchun 11 ta fakt (foto) 16 okt, 16:52 438
  • Bo‘limlar