“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2019, 08:44
ЎЗO‘Z

Iqtisodiyot va Moliya institutida rektordan boshqa barcha rahbar xodimlar ishdan olindi

19 sen, 21:42 1 732 Jamiyat
Iqtisodiyot va Moliya institutida rektordan boshqa barcha rahbar xodimlar ishdan olindi
Foto: abt.uz
18 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati va jamoasi, barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, filiallar direktorlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi muhokama qilingan.

Aytishlaricha, 5 soatlik tadbir juda tanqidiy ruhda o‘tgan. Majlisda Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona politexnika instituti rektorlari «korrupsiya, ichki muhitning buzilishi, guruhbozliklarning avj olgani uchun» hayfsan olgan, jiddiy ogohlantirilgan.

Majlisda, shuningdek, Iqtisodiyot universiteti va Moliya institutining rektordan boshqa barcha rahbariyati ishdan olingani ma’lum qilingan.

Darvoqe, kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdurashid Abduqodirovning «Ta’lim tizimidagi poraxo‘rliklarga qachon barham beriladi?» nomli maqolasi e’lon qilindi.

Unda Prezident «bir qator oliy o‘quv yurtlari, jumladan, Toshkent davlat yuridik universitetidagi va yana moliya, iqtisodiyot sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan oliy o‘quv yurtlaridagi ayanchli holatni, poraxo‘rlikni keskin tanqid qilgan»ligini qayd etgan.

Biroq, deputat Yesemurat Kanyazov misolida rektorlar Ulug‘bek Azizov va Bahodir Xodiyev o‘zlari uchun tegishli xulosa chiqarmasdan, hech qanday amaliy choralar ko‘rmasdan kelayotganini tanqid qilgan. «Ular qayerga qarayapti, nimaga korrupsiya ildizini olib tashlashga harakat qilmayapti? Oradan ancha vaqt o‘tdi, vazirlik va oliy ta’lim muassasalari bundan o‘zlari uchun qanday xulosa chiqardi, degan haqli savol tug‘iladi. Javob esa yo‘q», deya fikr bildirgan deputat.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Jizzaxda oliy taʼlim muassasalari filiallari ochilishi mumkin 26 avg, 13:17
  • O‘zbekistonda ilk marta OTMlarning reytingi e’lon qilindi 19 iyul, 14:23
  • OTMlarga hujjatlar qabul qilib bo‘lindi: ko‘rsatkichlar qanday? 18 iyul, 21:15
  • Qaysi oliy ta’lim muassasalarida maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilgan? 19 iyun, 07:58
  • Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalarining binolari qiyofasi yangilanadi 02 mar, 19:58
  • So'nggi yangiliklar
  • IIV Matbuot kotibi: Pardaga taqiq - mantiqsiz qaror 20 okt, 08:14 45
  • Tez-tez takror raqamlarni ko'rib turasizmi? Bu tasodif emas!!! 20 okt, 07:40 239
  • Hindistonlik 526 tishli bola operatsiya qilindi 20 okt, 07:07 200
  • Yomg‘irni sevuvchi insonlarning shaxsiyati sizga qanchalik tanish 20 okt, 06:33 255
  • Jamshid Qo‘chqorov yilning eng yaxshi moliya vaziri deb e’tirof etildi 20 okt, 06:00 247
  • Maestro qaytdi! Nihoyat "Lokomotiv" futbol klubida uzoq kutilgan voqea ro‘y berdi 20 okt, 01:14 515
  • Semak Shomurodovni qanday to‘xtatishganini aytdi: «Uning harakatlarini o‘rganib chiqdik» 20 okt, 01:05 597
  • Britaniyalik oila betakror mebellar o'stirmoqda 20 okt, 00:30 420
  • Shota Arveladze: “Futbolchilar chempion bo‘lishganidan keyin ham oylik maoshlar va mukofot pullarini olishda davom etishadi” 20 okt, 00:04 200
  • "Zenit" o‘z maydonida "Rostov"ni tor-mor keltirdi 19 okt, 23:40 476
  • Bo‘limlar