“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2019, 08:43
ЎЗO‘Z

Vazirlar va hokimlar bittadan maktabni otaliqqa oladi

19 sen, 19:55 703 Jamiyat
Vazirlar va hokimlar bittadan maktabni otaliqqa oladi
Foto: Kun.uz
Vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘zlari va o‘rinbosarlari tomonidan bittadan maktabni otaliqqa oladilar.

2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida aytilishicha, ushbu mansabdor shaxslar bir oy muddatda maktablarni otaliqqa olish yuzasidan aniq takliflarni Xalq ta’limi vazirligiga kiritadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov):

- ikki oy muddatda hudud, sektor, vazirlik va idoralar rahbarlarining maktablarni otaliqqa olish ro‘yxatini;
- uch oy muddatda 2020 yil davomida ushbu rahbarlarning maktablarga tashrif buyurish reja-grafigini tasdiqlaydi.

Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov, Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Markaziy bank (Nurmurodov), “Nuroniy” jamg‘armasi (Jalilov), Savdo-sanoat palatasi (Ikromov) bir oy muddatda 2020 yil davomida maktablarga tashrif buyurish reja-grafigi doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqadi:

- “vazir soati”, “tadbirkor va bankirlar sabog‘i” kabi dars amaliyotlarini joriy qilish va maktablarda ijro organlari rahbarlari, salohiyatli tadbirkorlar, malakali bank xodimlari dars o‘tishlarini ta’minlash;
- nuroniy va keksalarning o‘zlarining boy hayot yo‘li va ibratli tajribasini yoshlarga yetkazish bo‘yicha uchrashuvlarni tashkil etish;
- diniy ulamolarning maktablarda ma’rifat, bag‘rikenglik, odob va axloq me’yorlari hamda ulug ajdodlarimizning ma’naviy merosini o‘rgatishlarini tashkil etish.

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov) uch oy muddatda biriktirilgan maktablarda hudud, sektor, vazirlik va idoralarning rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni keng ommaga targ‘ib qilish va jamoatchilik bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida maxsus veb-saytni ishga tushiradi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Sababsiz darsga kelmaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanadi 19 sen, 18:20
  • O‘zbekistonda xalq ta’limi xodimlari oylik ish haqi oshiriladi 24 avg, 20:37
  • O‘zbekistonda yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi 12 dek, 10:30
  • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ishdan bo‘shatildi 20 iyun, 23:15
  • Sherzod Shermatov xalq ta’limi vaziri etib tayinlandi 21 iyun, 00:32
  • So'nggi yangiliklar
  • IIV Matbuot kotibi: Pardaga taqiq - mantiqsiz qaror 20 okt, 08:14 45
  • Tez-tez takror raqamlarni ko'rib turasizmi? Bu tasodif emas!!! 20 okt, 07:40 239
  • Hindistonlik 526 tishli bola operatsiya qilindi 20 okt, 07:07 200
  • Yomg‘irni sevuvchi insonlarning shaxsiyati sizga qanchalik tanish 20 okt, 06:33 255
  • Jamshid Qo‘chqorov yilning eng yaxshi moliya vaziri deb e’tirof etildi 20 okt, 06:00 247
  • Maestro qaytdi! Nihoyat "Lokomotiv" futbol klubida uzoq kutilgan voqea ro‘y berdi 20 okt, 01:14 515
  • Semak Shomurodovni qanday to‘xtatishganini aytdi: «Uning harakatlarini o‘rganib chiqdik» 20 okt, 01:05 597
  • Britaniyalik oila betakror mebellar o'stirmoqda 20 okt, 00:30 420
  • Shota Arveladze: “Futbolchilar chempion bo‘lishganidan keyin ham oylik maoshlar va mukofot pullarini olishda davom etishadi” 20 okt, 00:04 200
  • "Zenit" o‘z maydonida "Rostov"ni tor-mor keltirdi 19 okt, 23:40 476
  • Bo‘limlar