“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2019, 08:44
ЎЗO‘Z

Sababsiz darsga kelmaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanadi

19 sen, 18:20 1 029 Jamiyat
Sababsiz darsga kelmaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanadi
O‘zbekistonda sababsiz darsga qatnamaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Bu haqda 2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida aytilgan.

Qayd etilishicha, Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov):

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov) bilan birgalikda bir oy muddatda ijtimoiy hamda mobil operatorlar tarmoqlari orqali ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy xabarlarni yuborishni joriy qiladi;

2019 yil 1 noyabrga qadar tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilish elektron axborot tizimini joriy etadi va ushbu loyihani moliyalashtirishni xususiy sektor investitsiyalari yoki davlat-xususiy sherikligi asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi;

tajriba-sinov natijasidan kelib chiqib, 2020 yil 1 martga kadar umumta’lim maktablarida davomatni nazorat qilishning yagona elektron tizimini bosqichma-bosqichma joriy etish orqali sababsiz darsga qatnamaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlikni belgilash maqsadida tegishli me’yoriy-huqukiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Adliya vazirligi (Davletov), Xalk ta’limi vazirligi (Shermatov) 2020 yil 1 martga qadar ota-onalarning bola tarbiyasi uchun mas’uliyatini kuchaytirish va javobgarligini oshirish, shuningdek o‘qituvchi sha’ni, qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazuvchi harakatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish va tegishli jazo choralarini qo‘llash mexanizmlarini soddalashtirish maqsadida tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan choralar ko‘radi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Vazirlar Mahkamasi Toshkentdagi maktablar faoliyatini yaxshilashga qaror qildi 19 avg, 08:07
  • O‘zbekiston maktablarida yangi tizim joriy etilishi mumkin 03 iyun, 19:36
  • Umumta’lim maktablarida yangi tizim joriy etiladi 01 iyun, 15:27
  • O‘zbekiston maktablarida elektron jurnallar va kundaliklar joriy etiladi 18 okt, 23:35
  • Yoshlarni onlayn muhitda himoyalashga qaratilgan qo‘llanma ishlab chiqildi 21 apr, 09:50
  • So'nggi yangiliklar
  • IIV Matbuot kotibi: Pardaga taqiq - mantiqsiz qaror 20 okt, 08:14 45
  • Tez-tez takror raqamlarni ko'rib turasizmi? Bu tasodif emas!!! 20 okt, 07:40 239
  • Hindistonlik 526 tishli bola operatsiya qilindi 20 okt, 07:07 200
  • Yomg‘irni sevuvchi insonlarning shaxsiyati sizga qanchalik tanish 20 okt, 06:33 255
  • Jamshid Qo‘chqorov yilning eng yaxshi moliya vaziri deb e’tirof etildi 20 okt, 06:00 247
  • Maestro qaytdi! Nihoyat "Lokomotiv" futbol klubida uzoq kutilgan voqea ro‘y berdi 20 okt, 01:14 515
  • Semak Shomurodovni qanday to‘xtatishganini aytdi: «Uning harakatlarini o‘rganib chiqdik» 20 okt, 01:05 597
  • Britaniyalik oila betakror mebellar o'stirmoqda 20 okt, 00:30 420
  • Shota Arveladze: “Futbolchilar chempion bo‘lishganidan keyin ham oylik maoshlar va mukofot pullarini olishda davom etishadi” 20 okt, 00:04 200
  • "Zenit" o‘z maydonida "Rostov"ni tor-mor keltirdi 19 okt, 23:40 476
  • Bo‘limlar