“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2019, 11:32
ЎЗO‘Z

Alisher Sa’dullayev to‘ylar haqida. «Yosh do‘stlarimga yetkazing»

16 sen, 21:35 1 042 Jamiyat
Alisher Sa’dullayev to‘ylar haqida. «Yosh do‘stlarimga yetkazing»
«Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlik» deydilar.
Abdulla Qodiriy

Do‘stlar, qariyb bir asr oldin, 1915 yilda Qodiriy hazratlarining to‘y haqida yozgan bitiklarini o‘qib juda hayratlandim. E’tiborimni tortgani Qodiriy hazratlari to‘y o‘sha davr insonlarini ham ikkiga ajratib, tabaqalantirib qo‘yayotgani va kim o‘zarga to‘yni bir-biridan oshirib, insonlar bor-budini sarflayotganini kuyinib qalam bilan bitgan ekanlar.

Yana bir jihati Qodiriy boy va faqirlarga murojaat ila «To‘yni Qur’on ham shariat ham amr etmagani» (xalqqa nikohni bildirib qo‘yish aslida joiz ekanligi) va har qanday masalada me’yor bo‘lishi, ayniqsa, to‘ydagi isrofdan saqlanishni juda xohlaganliklari bitiklarda o‘z aksini topgan. Rosti, bu bitiklarni bir necha bora o‘qib, nahotki jamiyatimizda 100 yil oldin ham bu illat bo‘lgani va eng alamlisi uning hozir ham saqlanib qolgani, hatto to‘yni dabdaba bilan o‘tkazish undan ham avj olgani bizni tashvishlantiradi.

Menimcha shunchaki bir da’vat bilan bu illatni yo‘qotib bo‘lmaydi, aksincha har bir shaxs, xoh u davlat arbobi bo‘lsin, xoh fuqaro o‘zini isloh qilishi hamda shaxsiy namuna ko‘rsatsagina bu illatni yo‘qota olish imkoni paydo bo‘lsa kerak. Hech bo‘lmaganda Siz yoshlar, «mahalla, qo‘ni-qo‘shni va atrofdagilar nima deydi?» degan o‘ylardan saqlaning.

Katta avlod vakillarining e’tiborlarini dabdaba, baxtli yashashingiz uchun shart bo‘lmagan sarpolar, uzundan-uzun kortejlar va barchadan qoladigan «qo‘l-qo‘yib bo‘lmas» deb maqtaniladigan to‘y dasturxonlaridan qaytarib, siz uchun muhim bo‘lgan ota-onangizning oq fotihasi, mo‘’jazgina makon, yaxshi markab, dunyoqarashingizni boyitishi mumkin bo‘lgan kichik sayohat va eng muhimi tinchlik ne’matlarini taqdim etishlarini so‘rang. Quyidagi bitiklarni e’tiboringizga havola qilaman, xulosa esa o‘zingizdan.

To‘y
Qildi bu vaqt bizda javlon to‘y,
Oqchasi yo‘qni etdi hayron to‘y.

Bir-biridan oshurdilar to‘yni,
Topdi ravnaq, hayrati-la boyon to‘y.

Besh kun to‘yni so‘ngidin
Ketibon mulklar bois fig‘on to‘y.

Boyon to‘yig‘a yerlilar qarab
Etdi sarf toki tandagi jon to‘y.

Ey g‘aniylarimiz, ey faqirlarimiz,
Amr etubdurmi bizg‘a Qur’on to‘y?

Mundayin ishlar shar’imizda yo‘q,
Kori maj’us, kori shayton to‘y.

Ishlamas shunday ahllik kishi,
Yo‘lamas aslo ahli vijdon to‘y.

O‘tsa to‘y birla yozu qishimiz,
Aylagay bizni yerg‘a yakson to‘y.

Kelingiz do‘stlar, din qarindoshlar,
Tashlasun bo‘lsa gar musulmon to‘y.

Abdulla Qodiriy, Sadoyi Turkiston
1915 yil, 64-son, 20 mart, 2-bet


*G‘aniy - boy.
*Kori maj’us - maj’usiyning (otashparastning) ishi
----------------------------
Alisher Sa’dullayev
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Lola Karimova «O‘tkan kunlar» romanini ilk marta bir kechada o‘qib chiqqani haqida so‘zlab berdi 11 yanv, 14:43
  • O‘zbekistonlik adib va olimlar Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi 22 fev, 07:34
  • Abdulla Qodiriy nabirasi bilan intervyu yoxud "ta’qiqlangan videotopilma" 13 fev, 21:30
  • Shavkat Mirziyoyev Qodiriy va Cho‘lpon ijodiga alohida e’tibor qaratdi 09 fev, 17:35
  • Toshkentdagi Abdulla Qodiriy ko‘chasi kengaytiriladi 10 mar, 12:05
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: «O‘zbek tilining latofati va jozibasini his qilmoqchi bo‘lganlar o‘lmas maqomlarimizni eshitsin» (video) 22 okt, 11:09 21
  • Jizzaxda ov qurolidan foydalangan holda odam hayotiga suiqasd qilindi 22 okt, 10:53 91
  • Haydovchi fotoradarga tushganda bayonnoma tuzishni bekor qilish taklif etilmoqda 22 okt, 10:48 115
  • O‘zbekiston harbiylari Angliyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi (foto) 22 okt, 10:30 99
  • Chexiya kontrrazvedkasi Rossiya josuslik tarmog‘ini fosh etganini ma’lum qildi 22 okt, 10:03 181
  • Prezident o‘zbek tili targ‘iboti haqida: «Internet imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish kerak» 22 okt, 09:37 95
  • Ukrainada 218 prokuror ishdan bo‘shatiladigan bo‘ldi 22 okt, 09:13 191
  • Bayrutdagi namoyishchilar hukumat iste’fosini talab qilmoqda 22 okt, 08:50 133
  • 71 yoshli raqqosa yosh yigit bilan raqsga tushib barchani lol qoldirdi (video) 22 okt, 08:16 890
  • O‘zbekistonda 1 noyabrdan boshlab nimalar o‘zgaradi? 22 okt, 07:43 1 107
  • Bo‘limlar