“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 22:34
ЎЗO‘Z

Nasroniy atirguli (5-qism)

15 sen, 16:32 756 Jamiyat
Nasroniy atirguli (5-qism)
Islom dinidan bexabar ota-onamning bu holatimni nega qabul qilolmayotganini tushunolmasdim. Ular besh-o‘n daqiqa turgan joylarida muzlab qolishdi. Keyin onam tilga kirdi:
– Ya’ni nasroniy bo‘ldingmi?
– Siz bilgan ma’noda nasroniy emasman. Nasroniylar Isoni ma’budga aylantirishdi. Biz biroz zamonaviyroqmiz. Biroz haqqoniyroq. Iyegova istagan shaklda, ya’ni haqiqiy nasroniy bizmiz...
– Ya’ni Muhammad sollallohu alayhi vassallamni inkor etasanmi?

Har tomonim go‘yoki nafrat va alam devori bilan o‘ralganday edi. Shunday ruhiyatda tag‘in qanday qilib quruqqina, bemalol javob bergan ekanman:
– Ha. Men uni inkor etaman.

Onam kutilmaganda ustimga bostirib keldi:
– Seni o‘ldiraman!

Onamning bu munosabatidan hayratga tushdim. Ko‘zlariga tik qarab so‘radim:
– Ha, ona, tinchlikmi? Siz ham Muhammadni yaxshi ko‘rasizmi? Nega buni avval bilmasdim?

Ilk bor onam menga e’tibor berayotgandi. U ham asabiylikdan yuzaga kelgan e’tibor edi. Qancha davom etishi mumkin?!
Ular mening o‘zgarganimga, men esa ularning o‘zgarishimga munosabatiga hayron qoldim. Otam mashinaga o‘tirayotib shunday dedi:
– Shunday bo‘lishi aniq edi. Qizning yolg‘iz o‘zini ikki qariyaning yoniga tashlab qo‘ydik, shunday bo‘ldi. Musulmon holatda qo‘yib kelgan qizimiz nasroniy bo‘lib qaytdi.

Hayratimga hayrat qo‘shilayotgandi.
– Tavba, tavba! Ota men qachon musulmon edim? Men musulmonman deganimni ham, sizning aytganingizni ham eslolmayman. Siz Islom uchun nima qildingiz? Menga nima o‘rgatdingiz? O‘zingiz Islomni qanchalik taniysiz? Menga ayta olasizmi?

Hayratdan o‘zini yo‘qotayozgan onam shunday javob berdi:
– O‘rgatmaganmidik? Sen bizni kofir demoqchimisan? Men Allohimga, Qur’onimga, bayrog‘imga jonimni beraman! Men Allohning buyruqlarini bajarib kelganman. Yolg‘onmi? O‘zing ayt, har yili qurbonlik so‘ymaymizmi?

Kulimsirab qo‘yaverdim. Menga berilgan ilm shuni taqozo qilardi. Meni Iyegova shohidi qilgan hamshiram va birodarlarimdan olgan talqinlarimga ko‘ra, ota-onamga yaxshi muomala qilishim kerak edi. Men yaxshi muomala qilsam-u, ular meni baqirib-chaqirib, urishishsa, Isoning mo‘’jizasi ro‘y bergan bo‘lardi. Hatto kaltaklanishimiz, uyimizdan haydalishimiz biz uchun sharaf edi. Isoning buyrug‘ida qancha bosim ko‘rsak, qanchalik azob tortsak, shunchalik yaxshi shohidlar bo‘lishimizga dalillar bor edi. Dinini o‘zgartirgan, keyin shohidlardan bo‘lgan do‘stlarimni eslayman. Oilasi bosim o‘tkazgani sari Injilga yanada kuchliroq bog‘lanishardi. Isoning mo‘’jizasi unga tasalli berishiga ishonishardi.

Filiz degani bor edi. Yaqindan tanirdim. U ham shohidlardan bo‘lgan, endi dalaga ham chiqardi. Lekin akasi “Sen qanday qilib Iyegova shohidi bo‘lding?” deb uni do‘pposlab, kasalxonaga tushirgandi. Shuncha ko‘p kaltak yeganiga qaramay, quvonchdan terisiga sig‘masdi. Bosimga uchragani sari imoni ortardir. Unga havas qilgandim. Koshki men ham shunaqa bosimlarga uchrasam, lekin mening oilam aralashmaydi, derdim. Endi tushundimki, oilam meni o‘z holimga qo‘ymaydi, balki do‘pposlashdan ham tap tortishmasdi. Men ham Iyegova uchun, Iso uchun azob tortib, baxtli bo‘lsam derdim.

Menga bu fikrni qanday singdirishgan edi? Meni bunday o‘y-xayollarga qanday itqitishgandi? Hech tushunolmasdim. Uch yilda igna bilan quduq qazigandek, mendagi butun e’tiqodni tozalab, o‘rniga o‘z e’tiqodlarini va xulqlarini sidqidildan joylashtirishgandi. Shunday chin ko‘ngildan muomala qilishardiki, go‘yoki mehribon onadek, xuddi ular farishta edi. Jahl-g‘azab nimaligini bilishmasdi. Insoniy xususiyatlar ularda mujassam edi. Yoki shunday ko‘rinishardi. Shundaymi-yo‘qmi, nima ahamiyati bor, menga nisbatan shunday edilar, muhimi shu edi. Har biri xatti-harakati bilan mukammal insonni ko‘rsatar edi. Xuddi erkaklari Iso, ayollari Bibi Maryam edi. Sehrlangandim. G‘amxo‘rlikka muhtoj edim, mehrga chanqoq edim. Ular mening chanqog‘imni qondirardi.

Xo‘sh, musulmonlar nima qilardi?

Endi bu savolni bermay qo‘yaveray. Chunki men Iyegova shohidi bo‘lgunimgacha menga g‘amxo‘rlik qilgan biror musulmonga duch kelmadim. Mahallamizda yashaydigan bir dindorni taniyman. Necha marta yonidan o‘tdim, menga salom ham bermadi. Ba’zan o‘qishga borib-kelishda e’tibor beradiganlari ham bor edi, lekin Iyegova shohidlari kabi har doim, donishmandlik bilan, haqiqatni shoshilmay tushuntirolmasdi. To‘g‘risi, men ko‘rgan musulmonlar Iyegova shohidlaridek ongimda inqilob qiladigan darajada iz qoldirmagan. Faqat xatolarimni yuzimga solar, shu bilan o‘z vazifasini bajargan hisoblanardi. Menga yo‘liqmagan ilmli musulmonlar ham bor edi, albatta. Lekin men ularni tanimasdim. Ustiga-ustak, ularning menga foydasi ham tegmagandi.
Amina Shenliko‘g‘lu
Tarjimon: Umida Adizova

Manba: Azon.uz

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Nasroniy atirguli (1-qism) 13 sen, 08:10
  • Nasroniy olim Nabiy alayhissalomni himoya qiladi 04 apr, 19:30
  • «Islomni qabul qilganini ko‘rib hayron qolishdi» 31 okt, 13:43
  • “Men musulmonman, bolalarim – nasroniy” 22 okt, 21:21
  • Ko‘z o‘ngimda muslima bo‘lgan nasroniy 26 mar, 22:39
  • So'nggi yangiliklar
  • Litsenziyavozlik. Nega ijod nazorat qilinishi kerak? 16 okt, 22:00 121
  • Jamg‘armasini dollarda saqlaganlar 3 oyda qariyb 2 marta ko‘paytirib olishdi 16 okt, 21:37 247
  • «Mirror»: Yer sayyorasi yangi bir xavfdan qutulib qoldi 16 okt, 21:12 361
  • Aleksandr Yemelyanenko 6.2 kg sof oltinni qo‘lga kiritishi mumkin 16 okt, 20:50 262
  • Qozog‘istonda hojatxonada qizlarni yashirincha poylagan o‘zbekistonlik ushlandi (foto) 16 okt, 20:25 1 033
  • Misrlik arxeologlar Luksor shahri yaqinidan 20 ta eski sarkofag topishdi (foto) 16 okt, 20:00 425
  • Buyraklarni nima ishdan chiqaradi? 16 okt, 19:36 979
  • Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video sabab Turkmaniston maktablarida o‘quvchi qizlarga odob-axloq darslari o‘tilmoqda 16 okt, 19:11 848
  • Moldova bog‘lari uchun O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qilinmoqda. Oylik 1000 $gacha 16 okt, 18:45 1 163
  • Rossiya OAVda Shomurodov haqidagi xabarlarga qanday izohlar qoldirilmoqda? 16 okt, 18:20 1 292
  • Bo‘limlar