“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2019, 15:59
ЎЗO‘Z

Yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi (Jadval)

05 sen, 22:53 2 671 Jamiyat
Yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi (Jadval)
2019/2020-o‘quv yilidan boshlab Respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir nafar talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari belgilangan tartibda tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Jadvalda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya to‘lovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan shaklda keltirilgan.

Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

Misol uchun, Bakalavriatning Pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:

Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida).
Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m - 4 800 000 so‘m)
Eslatib o‘tamiz, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilanadi.

O‘zbekistoni Respublikasi Prezidentning 2019 yil 12 iyuldagi PF-5765 – son Farmoni bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2019 yil 1 avgustdan boshlab - 634 880 so‘m etib belgilangan.

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlari oshirilganda to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari navbatdagi o‘quv semestr boshidan mos ravishda oshiriladi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Endi talabalarga kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi beriladi 17 iyun, 23:11
  • Yangi o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi 17 iyun, 18:37
  • O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bo‘yicha kontrakt summalarini kamaytirish kerakmi? 06 apr, 10:50
  • Oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi 13 dek, 18:26
  • Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarishsiz qoldi 29 iyun, 14:17
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli... 22 sen, 15:13 112
  • Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video) 22 sen, 14:47 328
  • Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi 22 sen, 14:20 141
  • Rossiya matbuoti: Ravon yana 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi 22 sen, 13:53 333
  • O‘zbek shifokorining yozuvini nega o‘qib bo‘lmaydi? 22 sen, 13:20 595
  • Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video) 22 sen, 12:50 579
  • Aholiga naqd xorijiy valuta sotila boshlandi: bu yog‘i nima bo‘ladi? 22 sen, 12:17 796
  • Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha 10 yillik shartnoma imzoladi 22 sen, 11:46 196
  • Ikkinchi va uchinchi yo‘nalish uchun ham super-kontraktga ruxsat berildi 22 sen, 11:20 441
  • Iqbol Mirzo: «Dabdabali to‘y qilayotganlarni xalq oldida sharmanda qilish kerak» 22 sen, 10:53 397
  • Bo‘limlar