“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2019, 19:40
ЎЗO‘Z

Qurol va uning o‘q-dorilari muomalasini tartibga solish - muhim vazifa

14 avg, 20:24 432 Jamiyat
Qurol va uning o‘q-dorilari muomalasini tartibga solish - muhim vazifa
Jamoat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarni kundalik hayotida turli ko‘rinishdagi tahdidlardan ishonchli himoya qilish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, bu borada mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining «Qurol to‘g‘risida»gi O‘RQ-550 son Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi. Ushbu qonun 6 bob va 46 ta moddadan iborat bo‘lib, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ilgari mamlakatimizda qurol va uning o‘q-dorilari muomalasini tartibga solish o‘ndan ortiq qonun osti normativ-huquqiy hujjatlari va ichki idoraviy hujjatlari bilan amalga oshirilar edi, endlikda yagona tizimlashgan qonun shaklida qabul qilindi.

Mazkur qonunning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, mulkini himoya qilishga hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Qonunga muvofiq, qurol – tuzilishiga ko‘ra jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish, signallar berish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki ashyo hisoblanadi. Tuzilishi jihatidan qurolga o‘xshash bo‘lgan xo‘jalik-maishiy va ishlab chiqarish maqsadidagi buyumlar sifatida sertifikatlangan buyumlar, shuningdek sport aslahalari qurol jumlasiga kirmaydi. O‘q-dorilar esa – qurolning jonli nishonni yoki boshqa nishonni urish uchun mo‘ljallangan hamda tarkibida portlovchi, poroxli, uloqtiruvchi, pirotexnik yoki urib chiqaradigan moddalar yoxud ularning birikmasi mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘ ashyolari va uloqtiriladigan aslahasi hisoblanadi.

Qurol muomalasi – qurolni va uning o‘q-dorilarini, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish, olish, hisobga olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, ulardan foydalanish, ularni olib qo‘yish, yo‘q qilish, O‘zbekiston hududiga olib kirish va O‘zbekistondan olib chiqish, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga aytiladi.
Qonunga muvofiq qurol turlari uchta tasnifga (toifaga) bo‘linadi.
Bular fuqaroviy qurol, xizmat quroli hamda jangovar quroldir.

OV QUROLI
- soyli stvolli o‘qotar qurol;
- silliq stvolli o‘qotar qurol, shu jumladan soyli qismining uzunligi 140 mm dan oshmagan
kombinatsiyalangan (soyli stvolli va silliq stvolli) o‘qotar qurol, shu jumladan almashtiriladigan va
joylashtiriladigan soyli stvolli o‘qotar qurol;
- og‘iz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 mm dan ortiq bo‘lgan pnevmatik qurol;
- tig‘li sovuq qurol: ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlar;
- signal beruvchi qurollar.

1.2. SPORT QUROLI
- soyli stvolli o‘qotar qurol
- silliq stvolli o‘qotar qurol
- tig‘li sovuq qurol (papiralar, shpagalar va qilichlar)
- uloqtirish quroli (kamonlar, arbaletlar va nayzalar)
- og‘iz qismidagi quvvat 3 jouldan yuqori bo‘lgan pnevmatik qurol
- signal beruvchi qurol

1.3. O‘ZINI O‘ZI HIMOYa QILISh QUROLI
- gazli qurol – ko‘zdan yosh oqizadigan yoki achishtiradigan moddalar bilan to‘ldirilgan gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar;
- elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi ta’siri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalar.

2. XIZMAT QUROLI – fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, mol-mulkni himoya qilishga, tabiatni va tabiiy resurslarni, qimmatbaho va xavfli yuklarni, maxsus xat-xabarlarni muhofaza qilishga doir vazifalarni bajarish chog‘ida yuridik shaxslarning (bundan buyon matnda maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslar deb yuritiladi) xodimlari tomonidan, shuningdek davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida foydalanish uchun mo‘ljallangan qurol.

Xizmat quroli qatorasiga o‘q uzishni istisno etishi, o‘qdon (baraban) sig‘imi 10 dona patrondan ortiq bo‘lmasligi, kalibri silliq stvolli qurol uchun 25 millimetrdan va og‘iz qismidagi quvvat 350 joulgacha bo‘lgan soyli kalta stvolli qurol uchun 9 millimetrdan oshmasligi kerak. Maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslarning va xizmat qurolini saqlash, olib yurish, undan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan davlat organlari mansabdor shaxslarining ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

3. JANGOVAR QUROL – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining harbiy tuzilmalari (bundan buyon matnda maxsus organlar va harbiy tuzilmalar deb yuritiladi) qurollantirilgan, jangovar harakatlarni olib borish hamda xizmat vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan qurol jangovar quroldir.
Jangovar qurolning va uning o‘q-dorilarining muomalasi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Jangovar qurolni va uning o‘q-dorilarini olish, saqlash va ulardan foydalanish faqat maxsus organlar va harbiy tuzilmalar tomonidan, shuningdek ushbu Qonun 12-moddasining 7-qismida nazarda tutilgan, maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Qonun 12-moddasining yettinchi qismiga ko‘ra, maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslar qurol, uning o‘q-dorilari ishlab chiqariladigan va saqlanadigan ob’ektlarni, jangovar texnikani, ekologik jihatdan o‘ta xavfli ishlab chiqarishlarni, radioaktiv chiqindilar ko‘miladigan joylarni, pul mablag‘lari hamda qimmatliklar tayyorlanadigan va saqlanadigan, qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar qazib olinadigan, qayta ishlanadigan va saqlanadigan joylarni, shuningdek xavfli yuklarni, pul mablag‘larini va qimmatliklarni, davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlar jumlasiga kiritilgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan xat-xabarlar va yuklarni qo‘riqlash bo‘yicha qonun hujjatlari bilan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun jangovar qurolni hamda uning o‘q-dorilarining ayrim xillari va modellarini olish huquqiga ega.

Maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslarning jangovar quroldan va uning o‘q-dorilaridan boshqa maqsadlarda foydalanishi taqiqlanadi.

1. KIMLARGA QUROL BILAN MUOMALA QILIShGA RUXSAT BERILADI?
Qonunda qurolni va uning o‘q-dorilarini olish huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlar toifasi belgilangan bo‘lib, ularga – maxsus organlar va harbiy tuzilmalar, maxsus xizmat vazifalariga ega bo‘lgan, qurol ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish, ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar, qurolni kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga qo‘yish bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ana shu ro‘yxatga kiradi.

Fuqaroviy qurollarni sotib olish uchun ruxsatnoma Milliy gvardiya tomonidan 3 oy muddatga beriladi. Bunda sport qurollari va o‘zini-o‘zi himoya qilish qurollarini sotib olish huquqiga 18 yoshdan oshgan, fuqaroviy ov qurollari va ularning o‘q-dorilarini sotib olish huquqiga esa 21 yoshdan oshgan fuqarolar ega bo‘ladi.

Fuqaroviy qurolga ega bo‘lish uchun shartlar belgilangan bo‘lib, istagan kishi uni sotib olishi va foydalanishi mumkin emas. Shuningdek, birovning nomiga olingan ruxsatnoma bilan boshqa odam qurol yoki o‘q-dorilarni sotib ololmaydi. Sotib olingan qurollar esa Milliy gvardiya organlarida 10 kun muddat ichida ro‘yxatga olinadi va shundan so‘ng fuqaroga uni saqlash va olib yurishga ijozat beriladi.

Fuqaroviy va xizmat qurolini olishga doir ruxsatnoma qurolni hamda uning o‘q-dorilarini olib yurish va qo‘llash huquqini bermaydi.
Qurolni olishga doir ruxsatnoma qurolni hamda uning o‘q-dorilarini olib yurish va qo‘llash huquqini bermaydi.

Ruxsatnoma olish uchun fuqarolar doimiy yashash joyi bo‘yicha Milliy gvardiya organiga quyidagilarni taqdim etishi shart:
- ariza;
- shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport);
- quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga oid bilimi tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar;
- qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa;
- yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
- ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasi (ov qurolini olish uchun);
- ovchilar jamoat birlashmasining tavsiyanomasi (soyli stvolli ov o‘qotar qurolini, shuningdek og‘iz qismidagi quvvat 65 jouldan yuqori va kalibri 9 millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov qurolini olish uchun);
- otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tomonidan berilgan sportchi guvohnomasi (sport qurolini olish uchun).

2. FUQARO QUROLNI XOHLAGAN VAQTDA QO‘LLAShI MUMKINMI?
Qonnuning 26-moddasida fuqaroviy va xizmat qurolining qo‘llanilishi nazarda tutilgan. Fuqaroviy va xizmat qurolini saqlash hamda olib yurish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida o‘z hayoti va sog‘lig‘ini, boshqa fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini hamda mol-mulkni himoya qilish uchun qurolni qo‘llashi mumkin.

Fuqaroviy va xizmat quroli qo‘llanilishidan avval bu haqda o‘ziga qarshi qurol qo‘llanilayotgan shaxs aniq ifodalangan tarzda ogohlantirilishi kerak, bundan shunday ogohlantirishning imkoni bo‘lmagan yoxud qurolning qo‘llanilishini kechiktirish fuqarolarning va qurol egasining hayotiga bevosita xavf tug‘diradigan yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno. Bunda zaruriy mudofaa holatida qurolning qo‘llanilishi uchinchi shaxslarga zarar yetkazmasligi kerak.

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan fuqaroviy va xizmat qurolini qo‘llash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud qurolni qo‘llayotgan shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib hujum qilganligi hollari mustasno.

Fuqaroviy va xizmat quroli qo‘llanilgan, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilishiga olib kelgan har bir holat to‘g‘risida qurol egasi qurol qo‘llanilgan joydagi ichki ishlar organiga darhol xabar qilishi shart.

Fuqaroviy va xizmat quroli qo‘llanilganligi natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda, mazkur qurol egasi badaniga shikast yetgan fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatishi, shuningdek ularga imkon qadar qisqa muddatda birinchi tibbiy yordam berilishi choralarini ko‘rishi shart.

Fuqaroviy va xizmat quroli qo‘llanilganligi natijasida fuqarolarning hayotiga, sog‘lig‘iga hamda mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat to‘g‘risida ichki ishlar organlari darhol prokurorga xabar qiladi.
Fuqaroviy qurolni ov va sport bilan shug‘ullanish uchun qo‘llash, shuningdek xizmat qurolini qo‘llash qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

3. QUROLNI KO‘ChA-KO‘YDA KO‘TARIB YuRIShGA RUXSAT BERILADIMI?
Qonunda fuqaroviy va xizmat qurolini olib yurish bilan bog‘liq cheklovlar belgilangan. Jumladan:

4. MILLIY GVARDIYa NIMALARNI NAZORAT QILADI?
Qonunning 40-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi ustidan davlat nazorati Milliy gvardiya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Milliy gvardiya organlari o‘z vakolatlari doirasida:

– fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida litsenziyalar va ruxsatnomalar berish;
– litsenziyalar va ruxsatnomalar talablari hamda shartlariga rioya etilishini tekshirish;
– litsenziyalar va ruxsatnomalarning talablari hamda shartlariga rioya etilishini tekshirishlar chog‘ida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha zarur axborotni so‘rab olish;
– qurol va uning o‘q-dorilari ishlab chiqariladigan, ta’mirlanadigan, realizatsiya qilinadigan, saqlanadigan hamda yo‘q qilinadigan joylarda ularni ko‘zdan kechirish;
– tekshirishlar natijalari asosida litsenziyalar va ruxsatnomalar talablari hamda shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar tuzish;
– litsenziyalar va ruxsatnomalar egalari zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
– litsenziyalar va ruxsatnomalarning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki ularni bekor qilish huquqiga ega.

Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi ustidan davlat nazorati boshqa organlar tomonidan ham o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, fuqaroviy hamda xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish – 2020 yil 30 yanvardan litsenziyalanishi talab qilinadigan faoliyat turi sanaladi.

Hozir ro‘yxatda ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, shuningdek sovuq qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish nazarda tutilgan.
Yuqorida bayon etilgan vazifalarni amalga oshirish va qonun ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibida qurol muomalasini nazorat qilishga mo‘ljallangan Nazorat-ruxsat berish faoliyati bo‘limi ish olib bormoqda.

Nazorat-ruxsat berish faoliyati bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Qurol to‘g‘risida»gi O‘RQ-550 son Qonuni ijrosini ta’minlashga oid yo‘l-xaritalari va nazorat-rejalari ishlab chiqilgan. Mazkur qonun 6 oydan so‘ng kuchga kiradi, ungacha bo‘lgan davr ichida esa barcha qonun osti normativ-huquqiy hujjatlar, Vazirlar Mahkamasining 10 dan ortiq qarorlari, qurol muomalasiga ruxsat berishga oid reglamentlar ishlab chiqilmoqda. Milliy gvardiyaning rasmiy veb-sayti orqali jismoniy va yuridik shaxslar uchun qurolga ruxsat berishda elektron navbatga yozilish, interaktiv xizmatlardan foydalanish ham rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Milliy gvardiyaning huquqiy maqomini qonun bilan tartibga solishga qaratilgan ishlar ham davom etmoqda. Ushbu masalada davlat rahbarining topshirig‘i ijrosi yuzasidan «O‘zbekiston Respublikasining Milliy gvardiyasi to‘g‘risida» qonun loyihasi tayyorlanib, jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, Milliy gvardiya – o‘z faoliyatini maxsus vositalar, shakllar va uslublar bilan amalga oshiradigan, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi, huquqni muhofaza qilish funksiyasiga ega bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organidir.

Milliy gvardiyaning asosiy vazifasi jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, aholini turli ichki tahdidlardan, jinoiy va boshqa noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilish, shuningdek vakolatiga kiritilgan davlat ahamiyatidagi maxsus vazifalarni bajarishdan iborat.

Mazkur qonunda ham qurol muomalasini nazorat qilish – Milliy gvardiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Milliy gvardiyaga yuklatilgan ushbu mas’uliyatli vazifa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va manfaatdor bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi.

Yana bir muhim masala, qurol – bu uyinchoq emas, qurolni sotib olish, saqlash, olib yurish va foydalanish paytida uning egasi o‘zini va boshqa shaxslarning xavfsizligini ta’minlashi, qonunda belgilangan qoidalarga rioya etishi kerak, aks holda qonunchilikda javobgarlik belgilangan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining:
246-moddasiga ko‘ra, bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, qurol-yarog‘, o‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni bojxona chegarasidan o‘tkazish - 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

247-moddasiga ko‘ra, o‘qotar qurol, o‘q-dorilarni o‘g‘rilik yoki firibgarlik yo‘li bilan qonunga xilof ravishda egallash - 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

248-moddasiga ko‘ra, tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, shuningdek o‘q-dorilar tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib o‘tish yoki jo‘natish - eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

249-moddasiga ko‘ra, o‘qotar qurol yoki unga mo‘ljallangan o‘q-dorilarni beparvolik bilan saqlash odam o‘lishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa - eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qurol bilan sodir etilgan har qanday jinoyat, jinoiy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanadi.
Noqonuniy muomalada bo‘lgan (ruxsatnomasiz) qurollari mavjud bo‘lgan fuqarolarimizdan bunday qurollarni Milliy gvardiyaning Nazorat-ruxsat berish faoliyati bo‘limlariga topshirishlarini so‘rab qolamiz.

Umuman olganda, Milliy gvardiya tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda qabul qilinayotgan ushbu davlat organining faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qonun hujjatlari mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Yuridik ta’minlash va murojaatlar bilan
ishlash boshqarmasi boshlig‘i, adliya polkovnigi
Ilxom Turg‘unovich Turg‘unov

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • “Qurol to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishdan maqsad nima? 25 iyun, 22:30
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilishga doir qonun loyihasi tayyorlandi 05 apr, 22:10
  • O‘zbekistonda to‘ylarni tartibga solish to‘g‘risida qonun qabul qilish taklif etilmoqda 22 fev, 14:10
  • Markaziy banki raisi: "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahriri tayyor 15 noya, 22:41
  • DXXning asosiy vazifalari qonun asosida belgilandi 06 apr, 10:50
  • So'nggi yangiliklar
  • Shukurovning jamoasi BAA Superkubogini qanday qo‘lga kiritdi? (video) 15 sen, 19:15 1
  • Qrimda Zelenskiyning yarimorolni “qaytarib olish” haqidagi so‘zlariga javob qaytarishdi 15 sen, 18:48 189
  • "Qo‘qon-1912" "Bunyodkor" darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p yo‘lladi 15 sen, 18:16 162
  • Endi Ruis: "Fyuri qo‘lini beliga qo‘yib meni ura olmaydi" 15 sen, 17:53 191
  • Jahon chempionati. Mirzahalilov bokschilarimizning bugungi ishtirokini boshlab berdi 15 sen, 17:32 220
  • Turkiyada Shahram G‘iyosov ishtirokida shou bo‘lib o‘tdi (foto) 15 sen, 17:27 366
  • Tezroq ozishga yordam beradigan odatlar nomi ma’lum bo‘ldi 15 sen, 17:00 390
  • Nasroniy atirguli (5-qism) 15 sen, 16:32 264
  • Rustam Assakalov Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 15 sen, 16:04 225
  • Choy miyaning yaxshiroq ishlashiga yordam beradi 15 sen, 15:36 311
  • Bo‘limlar