“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 04:44
ЎЗO‘Z

Surxondaryoda xususiy firma xodimlari va DXX chegara qo‘shinlari harbiylari o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik yuzasidan DXX rasmiy ma’lumot berdi (video)

11 iyul, 14:55 2 648 Jamiyat
Surxondaryoda xususiy firma xodimlari va DXX chegara qo‘shinlari harbiylari o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik yuzasidan DXX rasmiy ma’lumot berdi (video)
Joriy yilning 5 iyul kuni soat 16:00da Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani chegara hududida xizmat faoliyatini olib borayotgan chegara naryadlari tomonidan noqonuniy ravishda Davlat chegarasi belgilangan hududga katta tezlikda, ichida bir qancha fuqarolar bilan harakatlanayotgan 4 dona transport vositalariga to‘xtash ishorasini berganida, ular harbiy xizmatchilarning “To‘xta” buyrug‘iga bo‘ysunmasdan yo‘lini davom ettirgach, ushbu sohada xizmat faoliyatini olib borayotgan boshqa chegara naryadlari tomonidan mazkur transport vositalari majburiy to‘xtatilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi DXX chegara qo‘shinlari xabar berdi.

Mazkur transport vositalari tekshirilganda, unda harakatlanib kelayotgan fuqarolar, Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan, Sh. Komilov rahbarligidagi «Only Tea» xususiy firmasining ishchilari ekanligi, shuningdek, ular Davlat chegarasida kovrak o‘simligini terish uchun chegara hududiga harakatlanayotganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, transport vositalarida bo‘lgan xususiy firma xodimlari va DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Chegarachilar tomonidan firma ishchilarini belgilangan hududga kiritish bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma berilmaganligini bildirib, ularni ortga qaytishi va tegishli ruxsatnoma bilan kelishlari tushuntirilgan.

Ammo, firmaning mas’ul xodimlari hokimlik va tumani IIB tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ro‘kach etib, DXX chegara qo‘shinlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mensimagan holda harakatlanish qismida harbiy xizmatchilar bo‘lishiga qaramasdan transport vositasida chegara hududi tomon harakatlanmoqchi bo‘lgan. Buyruqqa bo‘ysunmagan fuqarolarni to‘xtatish va harbiy xizmatchilarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida, chegara naryadi tarkibi tomonidan osmonga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzilgan.

Bo‘lib o‘tgan voqeaga aniqlik kiritish maqsadida ushbu holat DXX Chegara qo‘shinlari mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida, Qumqo‘rg‘on tuman hokimining qaroriga asosan, mazkur «Only Tea» xususiy firmasiga kovrak o‘simligini yig‘ish uchun Bobotog‘ tog‘ tizmalarining chegara hududidan joy ajratilgan. «Only Tea» xususiy firmasi rahbari Sh. Komilov 2019 yil 1 iyul kuni Qumqo‘rg‘on tumani IIBdan chegara hududida bo‘lish uchun murojaat etgan va tegishli ruxsatnoma olgan.

Shu bilan bir qatorda, u 2019 yil 20 iyun va 4 iyul kunlari DXX chegara qo‘shinlariga qarashli 9222-sonli harbiy qism qo‘mondonligiga xat orqali kovrak o‘simligini terish uchun tegishli ruxsatnoma olish maqsadida murojaat etgan. Biroq, murojaat qo‘shimcha o‘rganuv talab etganligi va harbiy qism tomonidan unga javob xati berilmasdan turib, xususiy firma ishchilari hokim qarori va tuman IIB tomonidan berilgan ruxsatnomaga tayangan tarzda chegara rejimini buzishga harakat qilgan.

Ta’kidlanishicha, hokimlik qarori va ichki ishlar bo‘limi ruxsatnomalari Davlat chegarasi hududlarida faoliyat olib borish va bo‘lish uchun yetarli asoslar hisoblanmaydi. Chunki O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonunning 20-moddasida chegara oldi mintaqasiga kirish (chiqish), u yerda bo‘lish va har xil turdagi faoliyatlarni olib borish DXX chegara qo‘shinlarining ruxsati bilan amalga oshirilishi belgilangan.

Bundan tashqari, DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining harakatlari qonuniy bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunining 25 va 28-moddalari talablariga muvofiq harakat qilganlar.

Mamlakatimizda joriy etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning talablari fuqarolar tomonidan o‘z manfaatini ustun qo‘ymagan holda huquqiy madaniyat nuqtai nazaridan o‘z faoliyatlarini olib borsalar, bu kabi tushunmovchiliklar o‘z-o‘zidan bartaraf etilib, yuridik shaxslar faoliyati yanada jadallashishi tabiiydir, deyiladi DXX chegara qo‘shinlari xabarida.

Manba: Kun.uz

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Chegaradan 746 ming dollarni olib o‘tayotganlar ushlandi 26 okt, 09:43
  • Qozog‘iston chegarasida 2 o‘zbek fuqarolari kontrabanda va noqonuniy ravishda pullarni olib o‘tishga uringan 21 okt, 23:03
  • Tojikiston – O‘zbekiston chegarasini har kuni 10 mingdan ortiq fuqarolar kesib o‘tmoqda 02 apr, 17:16
  • Ozarbayjonda Eronga noqonuniy o‘tmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi 20 fev, 18:40
  • “Nazarbek”da ot aravada marixuana olib ketayotganlar qo‘lga tushdi 24 avg, 16:35
  • So'nggi yangiliklar
  • Yoqtirgan mevangizni tanlang va o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotga ega bo‘ling 14 noya, 00:17 249
  • Islom Ahmedovdan terma jamoamizga oid fikr va mulohazalar 13 noya, 23:55 199
  • Madam Bovari sindromi nima? Uning qanday alomatlari bor? 13 noya, 23:30 226
  • 8 yoshli meksikalik qiz quyosh suv isitgichini ixtiro qilgani uchun Yadro ilmi mukofotiga sazovor bo'ldi 13 noya, 23:06 268
  • O‘zbekistondan «yakkashox» chiqadimi? 13 noya, 22:43 635
  • "Talabalar olayotgan stipendiya xattoki kartoshka sotib olishga ham yetmaydi"- O‘zXDP 13 noya, 22:20 408
  • 2019 yilning eng chiroyli​ archalari qayerda yasatilgan edi? 13 noya, 21:56 247
  • «O‘rgimchak-odam» Alen Rober Parijdagi 152 metrlik binoni zabt eta olmadi 13 noya, 21:32 265
  • Kunduzgi uyquning zararli tomonlari ma’lum qilindi 13 noya, 21:04 546
  • «Aytsam – o‘ldirurlar, aytmasam – o‘lam...» yoxud Karim Bahriyev 20 yil avval nima degandi? 13 noya, 20:36 1 172
  • Bo‘limlar