“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2019, 15:54
ЎЗO‘Z

Firibgarning "qilmishi" fosh etildi

08 iyul, 17:38 1 040 Jamiyat
Firibgarning "qilmishi" fosh etildi
Majburiy ijro byurosi Urgut tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Urgut tumani “Jartepa” mahallasida yashovchi fuqaro J.N. ning arizasiga asosan tekshirish o‘tkazildi.

Tekshirish harakatlari davomida ta’minotchi korxonalarning birida ishlovchi montyor Sh.P. firibgarlik yo‘li bilan 2015 yil va 2018 yil kuz oylarida fuqaro J.N.ni aldab, uning ishonchini suiiste’mol qilganligi aniqlandi.

Ya’ni unga elektr hisoblash uskunasini o‘rnatish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish vakolati bo‘lmasa-da, elektr hisoblash uskunasini elektr ta’minoti korxonasining kompyuter bazasiga kiritib berishini va’da qilgan. Evaziga 400 ming so‘m pullarni fuqaro J.N.ning yashash xonadonida firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, Sh.P. o‘zining hamkasbi A.E. orqali 2019 yil may oyida Urgut tumani “Tinchlik” mahallasida yashovchi fuqaro A.B. dan elektr energiyasidan foydalanish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 200 ming so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Majburiy ijro byurosi Urgut tuman bo‘limi tomonidan Sh.P. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman prokuraturasiga yuborilgan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • MIB Xatirchi tuman bo‘limi noqonuniy tilla tegirmon faoliyatiga chek qo‘ydi 14 may, 10:14
  • Samarqandda odam urib voqea joyidan yashiringan haydovchi ushlandi 30 mar, 12:00
  • Alimentni yopdi-yopdi qilmoqchi edi 25 mar, 17:51
  • Qarzdorlikni yoʻq qilib berish qanchaga tushdi? 21 dek, 00:07
  • Sobiq xodim firibgarlikka qoʻl urgani aniqlandi 19 sen, 18:08
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli... 22 sen, 15:13 112
  • Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video) 22 sen, 14:47 328
  • Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi 22 sen, 14:20 141
  • Rossiya matbuoti: Ravon yana 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi 22 sen, 13:53 333
  • O‘zbek shifokorining yozuvini nega o‘qib bo‘lmaydi? 22 sen, 13:20 595
  • Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video) 22 sen, 12:50 579
  • Aholiga naqd xorijiy valuta sotila boshlandi: bu yog‘i nima bo‘ladi? 22 sen, 12:17 796
  • Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha 10 yillik shartnoma imzoladi 22 sen, 11:46 196
  • Ikkinchi va uchinchi yo‘nalish uchun ham super-kontraktga ruxsat berildi 22 sen, 11:20 441
  • Iqbol Mirzo: «Dabdabali to‘y qilayotganlarni xalq oldida sharmanda qilish kerak» 22 sen, 10:53 397
  • Bo‘limlar