“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2019, 13:16
ЎЗO‘Z

Uzauto Motors kompaniyasida qancha odam ishlaydi?

07 iyul, 13:24 1 069 Jamiyat
Uzauto Motors kompaniyasida qancha odam ishlaydi?
Uzauto Motors kompaniyasi tashkil etilgan 1996 yilda 2500 kishi ishlagan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 10 600 kishini tashkil etmoqda. Kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi, butlovchi va ehtiyot yetkazib beruvchi korxonalarni ko‘shib hisoblaganda bu raqam 60 mingdan oshadi. Kompaniya bosh direktori v.b. Rustam Rajabov Asaka avtomobil zavodiga uyushtirilgan press-tur doirasida shunday ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

«1996 yili Asaka avtomobil zavodi ishga tushirilgan 2 ming 500 kishi ishlagan. Bugungi kunda 10 mingdan ortiq inson xizmat qilmoqda. Bizga bog‘langan ishchilar soni esa, 60 mingga yetdi.

Zavod paydo bo‘lganda 4ta korxona butlovchi qismlar yetkazib beruvchi bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 175ta korxona bizning kompaniyamiz ehtiyojlari uchun ishlamoqda. Yana kichiklarini ham hisobga olganda taxminan 200ta korxona Uzauto Motors kompaniyasiga mahsulot yetkazib beradi.

Bu nimadan dalolat. Hukumatning yordami va bizga berilgan va mavjud bo‘lib turgan imtiyozlar tufayli ulkan ishlar bajarildi, bizda noyob texnologiyalar paydo bo‘ldi. Toshkentda motor zavodi qurildi. Rossiya hozirgacha birorta zamonaviy dvigatel zavodini qura olgani yo‘q. To‘g‘ri ularda, GAZ, AvtoVAZ motor zavodlari bor, biroq ulardagi texnologiyalar o‘tgan asrniki», - dedi Uzauto Motors kompaniyasi bosh direktori v.b. Rustam Rajabov.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • UzAuto Motors: «Agar xorij avtomobillari O‘zbekistonga kirib kelsa, biz raqobatga tayyormiz» 07 iyul, 12:25
  • Rustam Rajabov: "Asakadagi avtozavod taxminan 1 mlrd dollar turadi" 06 iyul, 17:27
  • UzAuto Motors rahbari «syurprizlar» tayyorlanayotganini ma’lum qildi 05 iyul, 21:35
  • «UzAuto Motors» Toshkentda arzon ehtiyot qismlar do‘koni ochmoqchi 05 iyul, 17:10
  • UzAuto Motors zavodlarida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil qaysi? 05 iyul, 10:35
  • So'nggi yangiliklar
  • Otabek Shukurov BAA Superkubogini qo‘lga kiritdi 15 sen, 12:50 0
  • "Norvich" bosh murabbiyining "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin haqidagi ajoyib fikrlari 15 sen, 12:25 114
  • “Manchester Siti” APL debyutantiga yutqazib qo‘ydi (video) 15 sen, 11:59 135
  • Messisiz “Barselona” o‘zida “Valensiya”ga beshta gol urdi (video) 15 sen, 11:35 139
  • Urgutda o‘qituvchi ayol o‘quvchi qizni urdi (video) 15 sen, 11:09 599
  • Sportchi yugurishdan to‘xtab, jarohat olgan raqibini marragacha olib bordi (video) 15 sen, 10:43 291
  • Boks. Jahon chempionatining 7-kunida Miraziz, Dilshod va Sanjar ringga ko‘tariladi 15 sen, 10:16 197
  • Markaziy Osiyo davlatlarining Xitoydan qarzi qancha? 15 sen, 09:50 702
  • Zoirov qirg‘izistonlik, Qahramonov esa braziliyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi 15 sen, 09:18 206
  • Senat: To‘y-hashamlar qisqartiriladi va tartibga solinadi 15 sen, 08:50 478
  • Bo‘limlar