“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2019, 02:46
ЎЗO‘Z

Yuliy Yusupov: "Korrupsiyani keltirib chiqaradigan omillar bilan kurashishni o‘rganing"

19 iyun, 12:42 803 Jamiyat
Yuliy Yusupov: "Korrupsiyani keltirib chiqaradigan omillar bilan kurashishni o‘rganing"
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab bergan edi. Uning fikricha, korrupsionerlarga qarshi o‘lim jazosini joriy etish doim ham samara bermaydi. «O‘lim jazosi — masalaning yechimi emas».

Iqtisodchi Yuliy Yusupov bu boradagi fikrlari bilan o‘zining Facebook’dagi sahifasida bo‘lishdi deb yozadi Daryo nashri.

Bir paytlar kuch tuzilmasining vakili bosim o‘tkazish va qatl etish foyda keltirmasligini aytgan edi. Va u to‘g‘ri so‘zlagan. Korrupsiyaga qarshi kurashishda uning omillarini bartaraf etish kerak (amaldorlar nimagadir ruxsat berishi yoki taqiqlashi mumkin bo‘lgan qoidani). Uni faqatgina shu yo‘sinda yengish mumkin.

Xususan, barcha muammoni yechish yo‘lida doim vaziyatni murakkablashtirishni istaydigan kuch tuzilmalari vakillarining o‘zi ham yorqin misol bo‘la oladi. Valyuta taqsimoti sektori uzoq yillar davomida O‘zbekistonda korrupsiyaga botgan soha bo‘lib kelgan. O‘zlarining tanishlari uchun valyutani rasmiy kursda taqsimlash yoki poraxo‘rlik orqali u yerdan milliardlab o‘g‘irlashardi (so‘mda emas). Hozir qani o‘sha og‘ilxona? U endi yo‘q. Nega? Hamma poraxo‘rlarni otib tashlashgani uchunmi? Yo‘q. Shunchaki amaldorlar tomonidan bo‘linadigan joy o‘rniga oddiy bozor yaratildi. Tamom. O‘g‘irlaydigan narsaning o‘zi qolmadi.

Janob Yo‘ldoshevning mulohazali bayonoti esa ko‘pchilikni taajjubga soldi: ‘Sizda Stalin yo‘q’, ‘barcha poraxo‘rlarni Mustaqillik maydonida otish kerak’, ‘poraxo‘rlar uchun yangi 4 ta qabriston qurish lozim’! Odamni eti junjikib ketadi. Yana biroz kutsang, amaldorlarni qanday qilib qatl etish borasida bahs-munozara boshlanib ketadi.

Odamlar, muammoning sabablari bilan kurashishni o‘rganinglar endi!

Yuliy Yusupov, iqtisodchi

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Bosh prokuror o‘rinbosari: "O‘lim jazosi belgilash bilan korrupsiyaga qarshi kurashib bo‘lmaydi" 18 iyun, 11:02
  • Korrupsiyaga qarshi kurashda «Xitoy usuli» qo‘llansa-chi? 18 iyun, 09:34
  • Ekspert: O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda nima to‘sqinlik qilmoqda? 30 may, 00:08
  • Yuliy Yusupov chegara haqida: shafqatsiz attraksion va “goʻshtqiymalagich” 22 sen, 16:30
  • O‘zbekistonda amaldorlar daromad deklarasiyasini to‘ldirishlari mumkin 26 yanv, 11:26
  • So'nggi yangiliklar
  • 2019 yilning so‘nggi premeralari (video) 20 noya, 00:16 162
  • Falastin bosh murabbiyi O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lish sababini aytdi 19 noya, 23:59 281
  • Coca-Cola haqida qiziqarli ma’lumotlar 19 noya, 23:50 298
  • Xotira turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ling 19 noya, 23:26 157
  • “Dubai Cup-U23”. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi 19 noya, 23:14 233
  • Gucci brandining tarixi haqida 19 noya, 22:38 235
  • Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi Ukraina prezidenti rolini ijro etadi 19 noya, 22:15 498
  • Amerikadagi qullik tarixi 19 noya, 21:51 374
  • Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda 19 noya, 21:28 1 141
  • Livanda namoyishchilar parlament binosiga olib boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ydi (video) 19 noya, 21:05 164
  • Bo‘limlar