“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2019, 08:20
ЎЗO‘Z

Xonanda Nilufar Usmonova o‘z ismini nima uchun o‘zgartirdi?

23 apr, 11:08 6 972 Jamiyat
Xonanda Nilufar Usmonova o‘z ismini nima uchun o‘zgartirdi?
Nilufar Usmonova 5 yil avval ismini o‘zgartirganini ma’lum qildi. U bu haqda Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

«Demak tanishamiz! Mening ismim Aisha! Assalomu alaykum, men bu siz bilgan Nilufar Usmonova, ammo 5 yildan buyon men Aishaman.

Avvalambor, Alhamdulillah, muslimaman. Bilasizmi men ismimning ham muslimalarga xos bo‘lishini juda ham xohlardim. Qolaversa, bu ism menga judayam yoqib qolgan. Men ism egasi Aisha onamizga havas qilib, azon ayttirib bu ismni qo‘ydim.

Bu shaxsiy hayotimdan sizlarga va’da qilgan eng asosiy ma’lumotlardan biridir», — deb yozadi Nilufar Usmonova.

Nilufar Usmonovaning yozishicha, Aisha - eng mashhur musulmon ayol ismlaridan biri bo‘lib, arab tilidan tarjima qilganda «Barhayot», «Yashovchi», «Yashash» ma’nolarini beribgina qolmay, payg‘ambar Muhammad S.A.V ning rafiqalaridir.

«Aisha onamiz qo‘li ochiq, juda saxiy edilar. Ular qisqa umr ko‘rgan bo‘lsalar-da Payg‘ambarimiz bilan juda baxtli, osuda va mehr- muhabbatga to‘la hayot kechirganlar», — deb yozadi Nilufar Usmonova.
View this post on Instagram

Demak tanishamiz!!! Mani ismim Aisha! Assalomu aleykum man bu siz bilgan Nilufar Usmonova, ammo 5 yildan buyon MAN AISHAMAN😊🥰 Avvalambor Alhamdulillah muslimaman. Bilasizmi man ismimni ham muslimalarga xos bo'lishini juda ham xohlardim. Qolaversa, bu ism manga judayam yoqib qolgan. Man ism egasi Aisha onamizga havas qilib, azon ayttirib bu ismni qo'ydim. Bu ma'lumot man sizga aytgan o'zimni shaxsiy hayotimdan sizlarga va'da qilgan eng asosiy ma'lumotlardan biridir😊😘 #haqiqatbu Aisha - eng mashhur musulmon ayol ismlaridan biri bo'lib, arab tilidan tarjima qilganda "Barhayot", "Yashovchi", "Yashash" ma'nolarini beribgina qolmay, payg'ambarimiz Muhammad S.A.V ning rafiqalaridir. Aisha onamiz qo'li ochiq, juda saxiy edilar. Ular qisqa umr ko'rgan bo'lsalar-da Payg'ambarimiz bilan juda baxtli, osuda va mehr- muhabbatga to'la hayot kechirganlar. Sizlar uchun bugunchalik qoldirgan va va'da qilgan ma'lumotim shu😊 Navbati bilan albatta shaxsiy hayotimga bog'liq ma'lumotlarni taqdim etib boraman. Azizlarim sizlar bilan yana bog'langunimcha sog'-omon bo'lishga majbursizlar. Ha aytgancha, man ismlarini go'zallashtirganlarni yoki chiroyli ma'noli ismga o'zgartirganlarni juda ham ko'pchiliklarini taniyman. Qadrli poylovchilarim, sizlarning orangizda ham ism o'zgartirganlar bormi?

A post shared by Aisha 🌸Nilufar Usmonova (@nilufarusmonova) on


“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Xonanda Nilufar Usmonova yana ona bo‘ldi 01 avg, 20:46
  • Nilufar Usmonova beshinchi farzandini dunyoga keltirish arafasida (foto) 13 apr, 18:20
  • Nilufar Usmonova ilk bor qizalog‘ining suratini e’lon qildi 23 may, 22:30
  • Nilufar Usmonova farzandli bo‘ldi 07 mar, 18:39
  • Nilufar Usmonova farzand kutyapti 01 okt, 08:30
  • So'nggi yangiliklar
  • «Grin kard» sanasi e’lon qilindi. Yangi talablar bilan 21 sen, 07:40 125
  • Huawei Google ilovalari bo‘lmagan birinchi smartfonini taqdim qildi 21 sen, 07:07 142
  • "Bampermisan, bamper": internetda shov-shuv bo‘layotgan optik illyuziya 21 sen, 06:33 507
  • Urgutda shifoxona yopildi, chaqaloq yo‘lda tug‘ildi (video) 21 sen, 06:00 331
  • Samvel Babayan: “Negadir, birinchi bo‘lib to‘p bizning darvozamizdan o‘rin olyapti” 21 sen, 02:29 262
  • O‘zbekiston yakka sayyohlar uchun eng xavfsiz davlatlar qatoridan joy oldi 21 sen, 00:15 238
  • Britaniyalik olimlar: «Mashhur Damashq po‘latining vatani — O‘zbekiston» 20 sen, 23:53 318
  • Aleksandr Xomyakov: "Dinamo"da ahvol yaxshi emas" 20 sen, 23:30 285
  • Senator to‘y uchun taklifnoma tarqatmay, ko‘chama-ko‘cha jar solinishini qoraladi 20 sen, 23:04 417
  • Iqbol Mirzo: «O‘tgan yili shu taklifga qarsakbozlik qilganlar dabdabali to‘ylarning boshida turganini ko‘rdik» 20 sen, 22:38 537
  • Bo‘limlar