“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 04:49
ЎЗO‘Z

Munosabat: «Janob Rasul» va «Nasafiy»

21 apr, 23:43 2 627 Jamiyat
Munosabat: «Janob Rasul» va «Nasafiy»
O‘zi rostini aytsam, shu vaqtlara ko‘p narsaga munosabat bildirishni ko‘p suymayman, undan tashqari ayni damda charchab, dam olib o‘tirgan edim, lekin, hozir eshitgan narsam, kompyuterimni yoqib, ushbu satrlarni bitishga majbur qildi.

Bir odam “Janob rasul” nomli qo‘shiqchi haqida aytib qoldi. Aniqrog‘i, “Janob Rasul” deb aytsa, men qandaydir ziyoratgoh yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tegishli biror narsani aytdimikin deb o‘ylabman. Keyin bilsam, unday emas ekan.

Men shaxsan u san’atkorni tanimayman, ammo u tanlab olgan nomi haqida aytmoqchiman. Yaqinda “Nasafiy” nomligi haqida ham eshitgan edim. O‘zim Imom Nasafiyning bir necha kitoblarini o‘qib, u zot rahimahullohning vatandoshi ekanimdan faxrlanib yurgan edim. Lekin bu nasafiy nomli qo‘shiqchini eshitganimda Nasafdan o‘tgan buyuk bobokalonlarimiz nomiga katta dog‘ tushganini o‘ylab, ichim ezilgan edi. Endi esa “janob rasul”. Nima deyishga ham hayronman.

Hech bo‘lmaganda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni hurmatidan unday nom tanlanmasligi kerak edi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘shiqchi emas edilar. Nasafiy ulamolar ham sochlarini sariqqa bo‘yab olib, qo‘shiq aytib yurmagan edilar.

Axir Alloh taoloning huzuriga qaytishimiz bor. Hammamiz, avvalo o‘zim gunohkorman, Allohdan javob berishimiz haqida o‘ylashimiz kerak. Axir hech kim yordam bera olmaydigan qiyomat kunida bizni aynan Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shafoat qiladilar. Iloji yo‘q, gunohlar qilamiz, ammo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga, ulamolarimizga tegishli narsalar bilan gunoh qilmasak yaxshiroq bo‘ladi. Chunki bunday gunohlarni Alloh kechirishi qiyinroq bo‘lsa kerak...
Najmiddinov Baxtiyor

Manba: Azon.uz

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Mahmud Namozov Janob Rasulning ustozimi? 27 fev, 14:30
  • Bergan qo‘l olgan qo‘ldan xayrliroqdir 03 dek, 14:52
  • Oliy Majlis deputati: “...Ular butun boshli xalqni yechintirdilar... Hayf...” 05 iyul, 15:36
  • Ro‘zaning sunnatlari haqida 18 may, 07:30
  • Nikoh to‘yini qilish aslida kimning zimmasida? 18 yanv, 13:09
  • So'nggi yangiliklar
  • Yoqtirgan mevangizni tanlang va o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotga ega bo‘ling 14 noya, 00:17 249
  • Islom Ahmedovdan terma jamoamizga oid fikr va mulohazalar 13 noya, 23:55 199
  • Madam Bovari sindromi nima? Uning qanday alomatlari bor? 13 noya, 23:30 226
  • 8 yoshli meksikalik qiz quyosh suv isitgichini ixtiro qilgani uchun Yadro ilmi mukofotiga sazovor bo'ldi 13 noya, 23:06 268
  • O‘zbekistondan «yakkashox» chiqadimi? 13 noya, 22:43 635
  • "Talabalar olayotgan stipendiya xattoki kartoshka sotib olishga ham yetmaydi"- O‘zXDP 13 noya, 22:20 408
  • 2019 yilning eng chiroyli​ archalari qayerda yasatilgan edi? 13 noya, 21:56 247
  • «O‘rgimchak-odam» Alen Rober Parijdagi 152 metrlik binoni zabt eta olmadi 13 noya, 21:32 265
  • Kunduzgi uyquning zararli tomonlari ma’lum qilindi 13 noya, 21:04 546
  • «Aytsam – o‘ldirurlar, aytmasam – o‘lam...» yoxud Karim Bahriyev 20 yil avval nima degandi? 13 noya, 20:36 1 172
  • Bo‘limlar