“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 04:23
ЎЗO‘Z

Fermer va dehqon xo‘jaliklariga yangi majburiyat yuklandi

05 apr, 12:30 1 595 Jamiyat
Fermer va dehqon xo‘jaliklariga yangi majburiyat yuklandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602–I-sonli Qonuniga quyidagi qo‘shimchalar kiritildi:

25-modda (Fermer xo‘jaliklarining birgalikdagi faoliyati) quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi:
“Fermer xo‘jaliklarining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi majburiydir”;

32-moddaning (Fermer xo‘jaligini tugatish asoslari) oltinchi xatboshisi “shuningdek O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari rayosatining qaroriga muvofiq tugatilishi munosabati bilan” degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.

O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 604–I-sonli Qonuniga quyidagi qo‘shimchalar kiritildi:

22-modda (Dehqon xo‘jaliklarining birgalikdagi faoliyati) quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi:
“Dehqon xo‘jaliklarining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi majburiydir”;

25-modda (Dehqon xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash) quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirildi:
“Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, shu jumladan yerlarga ishlov berilishining holati, urug‘lar, ko‘chatlar va daraxtlarning ekilishi, issiqxonalar qurilishi, chorva va parrandaning ko‘paytirilishi yuzasidan uylarni aylanib chiqish orqali muntazam ravishda monitoring o‘tkazishga haqli”.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Oʻzbekistonda dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yerlaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi 20 mar, 19:15
  • O‘zbekistonda “Mehnatkash dehqon” ko‘krak nishoni ta’sis etildi 27 iyun, 22:56
  • Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 7 foizlik kreditlar beriladi 11 iyun, 10:27
  • O‘zbekistonda yangi tashkilot tashkil etiladi 28 apr, 09:34
  • Prezident qarori: fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalariga imtiyozli kreditlar beriladi 27 apr, 10:04
  • So'nggi yangiliklar
  • Rauf Inileyev: Ortiqcha darajada quvonib ketmasligimiz kerak 18 okt, 00:25 194
  • Turkmanistondagi birinchi alabay itlari muassasasiga 7 ta bank sarmoya ajratadi 18 okt, 00:05 162
  • «Nuroniy» jamg‘armasi vakili: «Dabdabali to‘y qilayotgan amaldorlarimizning tanobini ham bir tortib qo‘yish kerak» 17 okt, 23:42 132
  • Aktam Hayitov «ko‘p go‘sht yeyapmiz»ga izoh berdi 17 okt, 23:17 439
  • Sanjar Quvvatov hamkasbi Suyunovni maqtadi, Nesterovni esa Noyerga tenglashtirdi 17 okt, 22:53 175
  • Afsonaviy "Sovet uyqu tajribasi" haqida film yaratildi 17 okt, 22:30 327
  • Karate bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan musobaqada ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video) 17 okt, 22:06 760
  • Yaqin qarindoshlar avtomobilni ishonchnomasiz boshqarishi talablari ma’lum qilindi 17 okt, 21:43 827
  • 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan bokschi Sergey Mixaylov oqlandi 17 okt, 21:30 430
  • "Inter" Rossiya terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi 17 okt, 21:06 330
  • Bo‘limlar