“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2019, 08:24
ЎЗO‘Z

Davlat tomonidan tartibga solinadigan faoliyat sohalari qisqartiriladi

13 fev, 13:02 2 412 Jamiyat
Davlat tomonidan tartibga solinadigan faoliyat sohalari qisqartiriladi
Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, “Raqobat to‘g‘risida” yangi tahrirdagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun normalarini birlashtirish;
- davlat tomonidan tartibga solinadigan faoliyat sohalarini qisqartirish maqsadida tabiiy monopoliya sohalari ro‘yxatini keskin qayta ko‘rib chiqish;
- monopoliyaga qarshi kurashish mexanizmini takomillashtirish;
- monopolist korxonalar bilan birga bir xilda tabiiy monopoliya sub’ektlariga nisbatan tegishli choralarni ko‘rish;
- intellektual mulk huquqlarini va monopoliyaga qarshi faoliyat huquqlarining muvozanatini ta’minlash;
- axborot tizimlari bozorini tartibga solish xususiyatlari.

Bildirilishicha, qonun loyihasini qabul qilish tabiiy monopoliyalar sohasida tartibga solishni kuchaytirish, qonun buzilish holati uchun tabiiy monopoliya sub’ektlarining javobgarligini oshirish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobatni tartibga solishni ta’minlash imkonini beradi.

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul ijrochilar - Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Moliya vazirligi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil 1 oktyabr, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil 1 noyabr.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Majburiy tibbiy sug‘urta tizimi 2021 yildan boshlab joriy etiladi 13 fev, 12:38
  • O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini tartibga solish soddalashtiriladi 13 fev, 11:50
  • O‘zbekiston fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi 13 fev, 10:35
  • O‘zbekiston fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi 26 dek, 12:48
  • Hukumat 2017 yilda Oliy Majlisga 30 ta qonun loyihasini kiritadi 03 apr, 19:15
  • So'nggi yangiliklar
  • «Grin kard» sanasi e’lon qilindi. Yangi talablar bilan 21 sen, 07:40 125
  • Huawei Google ilovalari bo‘lmagan birinchi smartfonini taqdim qildi 21 sen, 07:07 142
  • "Bampermisan, bamper": internetda shov-shuv bo‘layotgan optik illyuziya 21 sen, 06:33 507
  • Urgutda shifoxona yopildi, chaqaloq yo‘lda tug‘ildi (video) 21 sen, 06:00 331
  • Samvel Babayan: “Negadir, birinchi bo‘lib to‘p bizning darvozamizdan o‘rin olyapti” 21 sen, 02:29 262
  • O‘zbekiston yakka sayyohlar uchun eng xavfsiz davlatlar qatoridan joy oldi 21 sen, 00:15 238
  • Britaniyalik olimlar: «Mashhur Damashq po‘latining vatani — O‘zbekiston» 20 sen, 23:53 318
  • Aleksandr Xomyakov: "Dinamo"da ahvol yaxshi emas" 20 sen, 23:30 285
  • Senator to‘y uchun taklifnoma tarqatmay, ko‘chama-ko‘cha jar solinishini qoraladi 20 sen, 23:04 417
  • Iqbol Mirzo: «O‘tgan yili shu taklifga qarsakbozlik qilganlar dabdabali to‘ylarning boshida turganini ko‘rdik» 20 sen, 22:38 537
  • Bo‘limlar