“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 11 2019, 20:10
ЎЗO‘Z

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

08 yanv, 20:47 2 285 Jamiyat
Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Yig‘ilish kun tartibidan 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida hududlarda eksport prognozining ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda 2019 yilning eksport prognozi ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan birinchi navbatdagi vazifalar o‘rin olgan.

Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning sonini ikki barobarga oshirish hamda O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5242 farmoni ijrosi muhokama qilinadi.

Yig‘ilishda shahar, tuman hokimlari va ularning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari, prokurorlar, IIB boshliqlari, DSI boshliqlari, tijorat banklari rahbarlari, sanoat va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning birinchi rahbarlari ishtirok etmoqda.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Prezident raisligida navbatdagi videoselektor bo‘lib o‘tmoqda 20 dek, 17:28
  • Shavkat Mirziyoyev: “Bizga eksportni o‘ylamaydigan rahbar kerak emas!” 28 fev, 00:43
  • Shavkat Mirziyoyev bugun videoselektor o‘tkazadi 27 fev, 14:32
  • Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda 14 fev, 20:27
  • Shavkat Mirziyoyev ertaga tongdan videoselektor o‘tkazadi 22 dek, 12:01
  • So'nggi yangiliklar
  • Dushmanga ham ravo ko‘rmaymiz bunday joylarda jazo muddatini o‘tashni - Artikova 11 dek, 19:43 137
  • Tadqiqot: yoshi katta tadbirkor – muvaffaqiyatli kompaniya degani 11 dek, 19:18 113
  • "El-klasiko" yana qoldirilishi mumkin 11 dek, 18:54 267
  • Xitoylik migrant AQShga kir yuvish mashinasi ichida kirishga urindi 11 dek, 18:32 227
  • «Bunyodkor» futbolchisi Ozarbayjon klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi 11 dek, 18:11 285
  • Chexiyadagi otishma: Ostrava kasalxonasida besh kishi o'ldirildi 11 dek, 17:47 311
  • Qoraqalpog‘istonda saksovul o‘g‘rilari ekologiya va IIB xodimlariga hujum qildi 11 dek, 17:25 562
  • Prezident Farmoni asosida 575 nafar shaxs afv etildi 11 dek, 17:02 399
  • Minskda O‘zbekiston fuqarosining pulini o‘margan 21 yoshli qiz qo‘lga olindi 11 dek, 16:42 512
  • Vazirlar Mahkamasining vakolatlari aniq belgilandi 11 dek, 16:19 280
  • Bo‘limlar