“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 21:56
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda ilk oilaviy mehmon uylari o‘z faoliyatini boshladi

19 okt, 14:04 1 852 Jamiyat
O‘zbekistonda ilk oilaviy mehmon uylari o‘z faoliyatini boshladi
Joriy yilning 25 sentyabr holatiga ko‘ra, respublikada 23 ta oilaviy mehmon uyi ro‘yxatga olindi. Mazkur oilaviy mehmon uylari asosan Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida ochilib, 50 dan ortiq ish o‘rinlari yaratildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlash joizki, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ochilgan oilaviy mehmon uyi 3 nafargacha xodim yollashi mumkin. Bugungi kunda mazkur oilaviy mehmon uylari xorijiy va respublikaning boshqa viloyatlaridan kelayotgan sayyohlar va mehmonlarni joylashtirish uchun xizmat qilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi «Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarorining qabul qilinishi turizm faoliyati sub’ektlarini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, hududlarning turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, aholining bandligi va farovonligini oshirishga qaratilgan.

Mazkur hujjatning mazmun mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek aholi tomonidan o‘z uyida oilaviy mehmon uylari ochishga qiziqish tobora ortib bormoqda va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, uning hududiy bo‘linmalariga oilaviy mehmon uylari ochish masalasiga oid 100 dan ortiq murojaatlar kelib tushib, ular bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi «Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan yo‘riqnomadaoilaviy mehmon uylarini ochish to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Turizm qoʻmitasi sohadagi imtiyoz va preferensiyalar haqida maʼlumot berdi 20 sen, 17:45
  • Oilaviy mehmon uyini qanday ochish mumkin? 11 avg, 11:57
  • O‘zbekistonda oilaviy mehmon uylari tashkil etiladi 09 avg, 13:03
  • Mehmon uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hukumat tomonidan rag‘batlantirilmoqda 07 avg, 09:58
  • Hukumat qarori: “Chorvoq” erkin turistik zonasi tashkil etildi 18 may, 17:56
  • So'nggi yangiliklar
  • Alisher Sa’dullayev to‘ylar haqida. «Yosh do‘stlarimga yetkazing» 16 sen, 21:35 75
  • «Sudlar odamlarni sarson qilish uchun emas, adolat uchun xizmat qilishi kerak» 16 sen, 21:08 102
  • Anqara hokimi Toshkent ko‘chalaridan birini «Anqara» deb nomlashni taklif etdi 16 sen, 20:44 167
  • Rustam Assakalov jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi 16 sen, 20:18 161
  • Pakyao va Meyvezer o‘rtasida ikkinchi jang bo‘ladimi? 16 sen, 19:53 196
  • Hindistonga noqonuniy oltin yetkazib berayotgan o‘zbeklar qo‘lga olindi 16 sen, 19:30 668
  • 2027 yilgi Osiyo Kubogi O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin 16 sen, 19:04 365
  • Snouden WhatsApp va Telegram amaldorlar uchun xavfli ekanligini aytdi 16 sen, 18:40 289
  • Krishtianu Ronaldu marhum otasining videosini ko‘rib, yig‘lab yubordi 16 sen, 18:15 466
  • Paxtachilik ayol MIB xodimlarini tayoq bilan urib, hujjatlarni yoqib yubordi 16 sen, 17:53 528
  • Bo‘limlar