“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2019, 15:59
ЎЗO‘Z

Fargʻonada oʻzini “MIB xodimi” deb tanishtirgan firibgar qoʻlga tushdi

10 okt, 10:11 3 140 Jamiyat
Fargʻonada oʻzini “MIB xodimi” deb tanishtirgan firibgar qoʻlga tushdi
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida soxta Majburiy ijro byurosi xodimi qoʻlga tushdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Fargʻona viloyat boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi inspektori Jamoliddin Odilov maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, Yaypan shahrida yashovchi A.A. Majburiy ijro byurosi davlat inspektori uchun maxsus belgilangan xizmat kiyimini tiktirib oladi. U bu kiyimda shaharning Bodomzor koʻchasida yashovchi S.T. ning xonadoniga keladi. Oʻzini Majburiy ijro byurosi Oʻzbekiston tuman boʻlimi xodimi, deb tanishtiradi. Gap orasida “Elektron onlayn” savdolari orqali unga arzon narxda televizor va kir yuvish mashinasi olib berishini aytadi. Shunday qilib, soxta xodim S.T.ning 831 000 ming soʻm naqd pulini olib, voqea joyini tark etadi.

S.T. ning arizasi asosida toʻplangan hujjatlar yuzasidan Oʻzbekiston tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan A.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Yarashuv toʻgʻrisidagi qaror bilan jinoyat ishi sudga taqdim qilindi.

Tergov jarayonida A.A.dan Majburiy ijro byurosi yozuvlari boʻlgan bir nechta xizmat kiyimi sifatida tikilgan ust-boshlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Andijonlik xonadon egasi majburiy ijro byurosi xodimini pichoqlab tashladi 22 iyul, 17:00
  • Samarqandda soliq qarzi undirilmoqda 10 iyun, 19:25
  • Qo‘shma ko‘rsatma ijrosi 03 iyun, 09:43
  • Farg‘onada MIB inspektorlariga skuterlar topshirildi 28 fev, 11:25
  • Buxoroda hokimiyat vakillarini urgan “mushtumzo‘rlar” qo‘lga olindi 06 dek, 17:00
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli... 22 sen, 15:13 112
  • Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video) 22 sen, 14:47 328
  • Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi 22 sen, 14:20 141
  • Rossiya matbuoti: Ravon yana 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi 22 sen, 13:53 333
  • O‘zbek shifokorining yozuvini nega o‘qib bo‘lmaydi? 22 sen, 13:20 595
  • Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video) 22 sen, 12:50 579
  • Aholiga naqd xorijiy valuta sotila boshlandi: bu yog‘i nima bo‘ladi? 22 sen, 12:17 796
  • Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha 10 yillik shartnoma imzoladi 22 sen, 11:46 196
  • Ikkinchi va uchinchi yo‘nalish uchun ham super-kontraktga ruxsat berildi 22 sen, 11:20 441
  • Iqbol Mirzo: «Dabdabali to‘y qilayotganlarni xalq oldida sharmanda qilish kerak» 22 sen, 10:53 397
  • Bo‘limlar