“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2020, 08:55
ЎЗO‘Z

Bosh prokurorga tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

04 avg, 08:57 3 028 Jamiyat
Bosh prokurorga tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi Farmoniga asosan Mavlonov Akmalxo‘ja Yusupovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

A.Mavlonov 1975 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yilning fevral oyidan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi Farmoniga asosan Rahimov Dilshod Faxriyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

D.Rahimov 1978 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentda boshlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012 yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 2 avgustdagi buyrug‘iga asosan Muxamedov Umidjon Salimovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U.Muxamedov 1976 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1998 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1998 yilda Toshkent harbiy prokuraturasida boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2010 yildan Bosh prokuratura bo‘lim katta prokurori, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Ohangaron tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 2 avgustdagi buyrug‘iga asosan Achilov Jamol Alisherovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J.Achilov 1982 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Ish faoliyatini 2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi iqtisodiy qonunchilik boshqarmasida boshlab, Adliya vazirligida turli lavozimlarda, 2015 yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bojxona va soliq sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Bosh prokuraturada yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi 29 may, 17:16
  • Bosh prokuraturada yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi (foto) 21 may, 17:30
  • Bosh prokuratura tizimida yangi tayinlov 25 fev, 12:14
  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tayinlandi 31 yanv, 15:55
  • Sherzod Obloqulov Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi 13 iyun, 14:20
  • So'nggi yangiliklar
  • Harvard universiteti Qur’on oyatini adolatning eng yaxshi e’tirofi deb topdi 24 yanv, 08:28 130
  • Qo‘lga olingan shaxslar himoyasi uchun yangi loyiha ishlab chiqildi 24 yanv, 08:00 138
  • Ukraina aholisi rekord darajada qisqarib bormoqda 24 yanv, 07:31 544
  • Insonga yuqtirilgan koronavirusning dastlabki belgilari qanday? 24 yanv, 07:01 584
  • Greypfrut ozishga yordam berishi mumkin 24 yanv, 06:30 184
  • O‘zbekistondagi bankomatlardan 2019 yilda qancha pul yechib olingani ma’lum qilindi 24 yanv, 06:00 266
  • Bokira go‘zallik: Qoraqalpog‘iston sahrosidan maftunkor suratlar 24 yanv, 00:23 892
  • "Umid avto lizing" yuzlab fuqarolar umidini puchga chiqardi 24 yanv, 00:02 1 244
  • Xitoydagi yangi koronavirus manbai aniqlandi 23 yanv, 23:40 1 976
  • Rossiya va Belarusda yagona valyuta qachon joriy etilishi ma’lum bo‘ldi 23 yanv, 23:20 965
  • Bo‘limlar