“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2019, 13:14
ЎЗO‘Z

Prezident majburiy mehnat bilan bog‘liq har bir holatni «favqulodda holat» deb qaraydi

18 apr, 06:30 2 457 Jamiyat
Prezident majburiy mehnat bilan bog‘liq har bir holatni «favqulodda holat» deb qaraydi
O‘zbekiston hukumati bundan buyon majburiy mehnat bilan bog‘liq har bir holatni «favqulodda hodisa» sifatida ko‘rib chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida 17 aprel kuni o‘tkazilgan «Hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash va ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan barcha darajadagi hokimlar va rahbarlarning shaxsiy mas’uliyat va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash» masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma’lum qildi.

Bosh vazirning hududlardagi rahbarlarning ta’lim va tibbiyot xodimlarini o‘z sohasiga taalluqli bo‘lmagan ishlarga jalb etishi, ko‘zbo‘yamachiliklarga yo‘l qo‘yishi holatlari mamlakatda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan siyosatga ziyon yetkazmoqda.

Bosh vazir prezidentning viloyatlarga tashriflari arafasida ta’lim, tibbiyot xodimlarini obodonlashtirish ishlariga jalb etish barcha hududlarda avj olganini qayd etib o‘tgan.

«Hukumatga alohida topshiriq berildi: har bir shunday holat endi favqulodda hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi», — deya bosh vazirning so‘zlari keltiriladi.

Bosh vazir o‘qituvchi va shifokorlarni jamoat ishlariga majburan jalb etgan rahbarlar va amaldorlarning ishi yuzasidan prokuratura va boshqa organ xodimlari ishtirokida alohida nazorat o‘rnatilishini, prezidentning maxsus topshirig‘iga ko‘ra, endilikda majburiy mehnat masalasi favqulodda holat sifatida yuqoridagi tashkilotlar bilan birgalikda alohida ko‘rib chiqilishini ta’kidlab o‘tgan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Aripov: "Siz hokimlik vakillariga emas, o‘z xodimlaringizga advokatlik qiling" 17 apr, 23:37
  • Samarqand viloyati hokimi: «Diananing farzandini otaliqqa olganman» 17 apr, 23:31
  • Komil Allamjonov: Ko‘zbo‘yamachilikka uringan yoki buning oldini olmagan rahbarlar qattiq jazolanadi (video) 17 apr, 18:16
  • O‘zbekistonda 9 yillik majburiy ta’lim 11 yillikka aylantirildi! 25 yanv, 22:44
  • Xushxabar! Barcha talaba, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari paxta terimidan qaytariladi 22 sen, 11:33
  • So'nggi yangiliklar
  • Otabek Shukurov BAA Superkubogini qo‘lga kiritdi 15 sen, 12:50 0
  • "Norvich" bosh murabbiyining "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin haqidagi ajoyib fikrlari 15 sen, 12:25 114
  • “Manchester Siti” APL debyutantiga yutqazib qo‘ydi (video) 15 sen, 11:59 135
  • Messisiz “Barselona” o‘zida “Valensiya”ga beshta gol urdi (video) 15 sen, 11:35 139
  • Urgutda o‘qituvchi ayol o‘quvchi qizni urdi (video) 15 sen, 11:09 599
  • Sportchi yugurishdan to‘xtab, jarohat olgan raqibini marragacha olib bordi (video) 15 sen, 10:43 291
  • Boks. Jahon chempionatining 7-kunida Miraziz, Dilshod va Sanjar ringga ko‘tariladi 15 sen, 10:16 197
  • Markaziy Osiyo davlatlarining Xitoydan qarzi qancha? 15 sen, 09:50 702
  • Zoirov qirg‘izistonlik, Qahramonov esa braziliyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi 15 sen, 09:18 206
  • Senat: To‘y-hashamlar qisqartiriladi va tartibga solinadi 15 sen, 08:50 478
  • Bo‘limlar