“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2019, 02:49
ЎЗO‘Z

“Ahmadboy” domiga tushganlar pulini qaytarib oladimi?

21 fev, 22:39 4 037 Jamiyat
“Ahmadboy” domiga tushganlar pulini qaytarib oladimi?
Bugun, 21 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi.

Sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 188-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish), 25 orqali 211-moddasi (pora berishga suiqasd qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblangan sudlanuvchilarga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot kotibi Aziz Obidovning aytishicha, hukm chiqarishda sudlanuvchilarning sodir etgan jinoyatlari uchun chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi va jinoiy qilmishlarni fosh qilishda yordam berganliklari alohida e’tiborga olingan.

“Ahmadjon Tursunboyev va uning sheriklari faoliyatidan ziyon ko‘rgan jabrlanuvchilar bilan tergov qismi hali davom etmoqda. Tergov jarayonida jinoyat tarkibi aniqlanishi bilan sud ishi qaytadan boshlanadi”, deydi u.

Ma’lum qilinishicha, sud tomonidan yuqorida ko‘zda tutilgan jinoyatlar tufayli yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasi boshqa jinoyat ishlarini ham tergov natijalariga qarab hal qilinishi ko‘rsatib o‘tildi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • O‘zbekistonda analog TV o‘chirilmoqda, raqamli TVga ulanmaganlar nima qilishi kerak? 24 yanv, 22:20
  • Har bir tumandan 70 tagacha oilalarga har yili maishiy texnika yoki bir boshdan qoramol beriladi 23 yanv, 12:23
  • Vaqtincha "propiska"siz yashash muddati uzaytiriladi 23 yanv, 09:31
  • “O‘zbekiston” teleradiokanalida “Muloqot vaqti” ko‘rsatuvi jonli ko‘rsatiladi 03 avg, 20:02
  • Tarixning zarhal sahifasi: O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘z ustozi bilan 27 sen, 17:34
  • So'nggi yangiliklar
  • 2019 yilning so‘nggi premeralari (video) 20 noya, 00:16 162
  • Falastin bosh murabbiyi O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lish sababini aytdi 19 noya, 23:59 281
  • Coca-Cola haqida qiziqarli ma’lumotlar 19 noya, 23:50 298
  • Xotira turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ling 19 noya, 23:26 157
  • “Dubai Cup-U23”. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi 19 noya, 23:14 233
  • Gucci brandining tarixi haqida 19 noya, 22:38 235
  • Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi Ukraina prezidenti rolini ijro etadi 19 noya, 22:15 498
  • Amerikadagi qullik tarixi 19 noya, 21:51 374
  • Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda 19 noya, 21:28 1 141
  • Livanda namoyishchilar parlament binosiga olib boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ydi (video) 19 noya, 21:05 164
  • Bo‘limlar