“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2019, 16:23
ЎЗO‘Z

«Qizlari bizga to‘g‘ri kelmadi. Sotka ishlatarkan»

19 fev, 08:30 5 952 Jamiyat
«Qizlari bizga to‘g‘ri kelmadi. Sotka ishlatarkan»
Bozorda hamqishloq dugonamni uchratib qoldim. Xushchaqchaq, xushxol yuradigan bu ayol allaqanday mahzungina ko‘rindi.

— Quda qulluq bo‘lsin. To‘y qachon?

Uning birdan rangi o‘chib, ko‘zlarida yosh g‘iltilladi:

— «Qizlari bizga to‘g‘ri kelmadi. Sotka ishlatarkan», deb ayttirvorishibdi. Shunga...

Ana xolos. Hozir pedagoglar zamonaviy telefonlar, noutbuklar ishlatmasa bo‘ladimi. Ishiga, bilim doirasini oshirib borishiga kerak-ku!

— Ibosiyu hayosi bir chiroyiga o‘n chiroy qo‘shadigan qizingiz bor. Aslo kuyinmang. O‘qituvchi qizlarning xaridori ko‘p bo‘ladi. Baxti iqboli bir joyda turgandir. Ochiladi ketadi. Mana, meni aytdi dersiz.

Darhaqiqat, shunday bo‘ldi. Hozir u baxti to‘kis oila bekasi. Jamoasi, ota-onalar, o‘quvchilarining mehri-hurmatini qozongan muallima. Ammo tan olish kerak, qizlari bor oilalar andak cho‘chibroq qolishgani rost. Bir anjumanda nozik didi, fasohati, dilbar she’riyati bilan tanilgan shoira bilan yonma-yon o‘tirib qolgan ekanmiz. Tadbir boshlangunga qadar u yoqdan-bu yoqdan gaplashib o‘tirdik. Suhbatimiz aylanib shu mavzuga to‘xtadi.

— Bilasiz. Mening ham qizlarim bo‘yi yetib qoldi. Dadamiz bilan bamaslahat hammamizning telefonimizdan feysbuklarni ham, telegrammlarni ham olib tashladik, — dedi u xijolatomuz. — Qizlarimga ishonamanu faqat... ehtiyot shartda...

Taajjub... qizlari xuddi o‘zidek vazmin, zukko, xushxulq bo‘lsa, oliygohlarda o‘qishayotgan bo‘lsa... Nimadan hadiksiraydi-ya?

Internet – balo, internet — xavfu xatar maydoni, yovuz g‘oyalar makoni, deya ta’riflashning «chiroyli samarasi»mikin bu? Axborot dunyosidan bexabar, bilim doirasi pastroq odamlar, o‘zlari uchun qorong‘u narsalarni faqat zarar, ofat deb tushunmoqdalar. Matbuotda ham shunday fikrlarga urg‘u beramizu ijobiy tomonlarini til uchida sanab o‘tamiz. Maqolalar boshdan axir axborot tahdidlariga to‘lib-toshadi. Telefon, internet nafaqat qulay aloqa vositasi, balki axborot almashishning, bilim olishning tezkor omili, jamiyatimizda yuz berayotgan ijtimoiy va siyosiy yangilanishlarni kuzatib boribgina qolmay, ularga nisbatan shaxsiy fikr bildirishning ommabop usuli hamdir.

Xullas, fikrimcha, aholining keng qatlamlari internetdan to‘g‘ri axborot olish madaniyatini egallashlari jarayonlarini biroz kechiktirib yuboryapmiz. O‘zimiz internetga osilgancha oqni qoradan ajratishga qodir bo‘lmagan bolalarimizni o‘z holiga tashlab qo‘yaversak, virtual olamdan yog‘ilayotgan axborot oqimlarining qay biri keragu qay biri nokerak-zararligini bilmagan bolani o‘z holiga tashlab qo‘ysak. Bu kechirib bo‘lmas loqaydlik-jinoyatdan boshqa narsa emas-ku!.

Shunday davom etaversa, nima bo‘lardi – g‘oyaviy tahdidlardan qochib qutulolmasligimiz tayin. Zarariga yopishib olib, farzandlarini mobil aloqaga mutlaqo yaqinlashtirmayotgan ota-onalar ko‘pligi ham bor gap, achchiq haqiqat. Ular uchun och qornim — tinch qulog‘im, qabilida yashash ma’qulroq. Natijada ba’zilarning nazarida beminnat dastyor smartfonlar, internet — oila parokandaligiga, tarbiyasizlikka olib keluvchi shafqatsiz qurolligicha qolmoqda.

Vaholanki, saviyasiz kimsa qo‘lida gazeta ham ayovsiz qurolga aylanishi hech gap emas. Binobarin bola parvarishi bilan band yosh onalarga, uy bekalariga atalgan nafi juda katta bo‘lgan saytlar ishlab turibdi. Eh-he, ular juda ko‘p — hikmat izlagan faqat va faqat hikmat topmoqda. O‘zbekiston saytlari hammasi xalq uchun, xalq manfaatlari uchun, jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.

Shu o‘rinda TATU Farg‘ona filiali o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, texnika fanlari nomzodi, dotsent Baxtiyor Tolipovning fikri bilan qiziqdik. U, jumladan, shunday dedi: — Talaba qizlarimiz viloyat oliy o‘quv yurtlari ko‘plab talaba qizlari o‘rtasidagi innovatsion g‘oyalar tanloviga aql-idroklari, ijodiy quvvatlari mahsullari bilan kelishib, birinchi, ikkinchi o‘rinlarni olishga muyassar bo‘ldilar. Bu muvaffaqiyatlarga turgan gapki, internet tarmoqlaridagi fan va ta’limga oid saytlarni muntazam ravishda kuzatib borish, tinimsiz o‘qish, izlanish, bilimlarini boyitish tufayli erishdilar. Bu tadbirli va bilimdon talaba qizlarimiz astoydil urinsalar, ajoyib mutaxassislar, olimalar bo‘lib yetishishga qurblari yetadi. Kelgusida mehridaryo, fozila, munis, mo‘’tabar ona bo‘lishlari shak-shubhasizdir. Zotan, oliy ma’lumotli, ziyoli onalar solih farzandlarni tarbiyalab, vatanimizning yorqin kelajagini yaratadilar. Rahmatli ustozimiz Fazliddin Polvonov «Oilada er noqobil bo‘lsa, bitta noqobil bo‘ladi, ona aqlli, dono bo‘lsa – hamma aqlli, dono bo‘ladi», deguvchi edi. Demoqchimanki, imkoni boricha, qiz farzandlarni, albatta, oliy ma’lumotli qilish, ularga zamonaviy bilimlarni ham, islomiy bilimlarni ham berish zarur.

Haq gap. Qizlarning internetdagi boy manbalardan bebahra qilish, cheklash, bizningcha, ularning haq-huquqlarini poymol etish, mamlakatimiz iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy rivojiga to‘siq bo‘lish bilan baravar. O‘zingiz o‘ylang, ilm yo‘liga tushgan yoki oliy ta’lim olishga bel bog‘lagan qizlar, umuman barcha yoshlarni axloqsizlikni, vayronkorlikni, insoniyat ma’naviyatiga zid bo‘lgan saytlar o‘ziga sira-sira torta olmasligi isbot talab qilmaydigan haqiqat-ku! Xullas, internetni — maqsad-muddaosi ezgulik bo‘lgan saytlar, kanallarni, do‘st deb bilsak, o‘zimizga koni foyda. Ular kamolot va ma’anaviyat cho‘qqilariga da’vat etadi.

Inson sha’ni, or-nomusi har narsadan ham yuksakroq qadrlanadigan davlatimiz ma’naviyat borasida bosh islohotchi sifatida jahon maydoniga chiqmoqda. Insoniyat ma’naviyatini yuksaltirish, takomillashtirish borasida barcha mamlakatlarga o‘rnak bo‘ladigan ezgu ishlarga kirishildiki, bundan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.

Muxtasar aytganda, ma’naviyatimizning o‘sishi, shu Vatanga munosib bo‘lish uchun ham axborot olamidan boxabar yashash, ishlash, yaratish qanchalar muhimligini yodda tutmog‘imiz farzdir.
Hafiza Salyahova

Manba: Xabar.uz

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • … 45-89 abonenti: «Ko‘ngil qo‘ymay yashash qiyin ekan…» 09 fev, 12:50
  • Shokolad evaziga tavsiyanoma yoxud Zulfiyachi bo‘lishni yolg‘onchilikdan boshlayotganlar 05 fev, 07:03
  • Jurnal reytingi bo‘yicha eng chiroyli tojik qizlari 10 may, 00:35
  • Tanasi rangi turli egizak opa-singillar ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi 01 fev, 13:31
  • Putin farzandlari haqida gapirdi 06 sen, 12:28
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni murabbiyi Vadim Abramovga: "Jamoang shunchaki dahshat!" 15 noya, 15:45 110
  • Toshkent chorrahalarida yana bir yangi chizma belgisi. U nimani anglatadi? 15 noya, 15:23 181
  • Ro‘mol haqida «eski va yangi gaplar...» 15 noya, 15:02 197
  • «Tilla topib oldim, kimniki?» 15 noya, 14:39 291
  • Oʻzbekistonliklar uchun Umra mavsumi boshlandi 15 noya, 14:16 169
  • “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritiladi 15 noya, 13:53 275
  • 1 dollar maosh oladigan prezident 15 noya, 13:30 564
  • Botir Qodirov onasi hayotdan ko‘z yumgan payt qayerda bo‘lgani haqidagi haqiqatni so‘zlab berdi (video) 15 noya, 13:06 890
  • O‘zbekistonlik yigitlar shippak yordamida quvur chalib, CAGT tanlovi hakamlarini xayron qoldirdi (video) 15 noya, 12:50 476
  • Qamchiq dovonida yuk mashinasi handaqqa tushib ketdi (foto) 15 noya, 12:38 437
  • Bo‘limlar