“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 07:46
ЎЗO‘Z

Tovarlarni bojsiz olib kirish va olib chiqish bo‘yicha yangi normalar tasdiqlandi

08 fev, 12:40 4 744 Jamiyat
Tovarlarni bojsiz olib kirish va olib chiqish bo‘yicha yangi normalar tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 6 fevral kuni “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda KUN.UZ’ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Qaror jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni tartibga solish, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish sharoitlarini umume’tirof etilgan jahon standartlariga muvofiqligini ta’minlash, bojxona rasmiyatchiligini soddalashtirish, shuningdek bojxona chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilindi.

Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan quyidagi cheklangan me’yorlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 2000 (ikki ming) AQSh dollari miqdorida;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidagi temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 1000 (bir ming) AQSh dollari miqdorida;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidagi avtomobil yo‘li (piyodalar yo‘li) o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda – 300 (uch yuz) AQSh dollari miqdorida;

Хalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali jismoniy shaxslar manziliga kelayotgan tovarlar uchun bir kalendar oy mobaynida – 1000 (bir ming) AQSh dollari miqdori belgilandi.

Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlari doirasida tovarlar olib kirilganda ularni yozma deklaratsiyalash talab etilmaydi.

Shuningdek, jismoniy shaxslar 3 000 AQSh dollarigacha qiymatdagi tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan olib chiqishlari mumkinligi belgilandi.

Ammo, ayrim turdagi tovarlar uchun olib chiqishning quyidagi me’yorlari tasdiqlandi:

guruch – 3 kg.gacha, non mahsulotlari – 5 kg.gacha, go‘sht va go‘sht mahsulotlari – 2 kg.gacha, shakar – 2 kg.gacha, o‘simlik yog‘i – 2 kg.gacha, shuningdek yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalar – 40 kg.gacha.

Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlarning bojxona to‘lovlari undirilmaydigan olib kirish me’yorlari ham belgilandi. Xususan:

Alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo – 2 litrgacha, barcha turdagi tamaki mahsulotlari – 10 qutigacha, atir va atirsimon suyuqliklar – 3 donagacha, qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari – 65 gr.gacha.

Shuni unutmaslik kerakki, mazkur tovarlarni olib kirish chog‘ida uning qiymati fuqarolarning xalqaro aeroportlar, temir yo‘l, daryo o‘tkazish punktlari yoki avtomobil yo‘lida joylashgan o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishiga bog‘liq ravishda mazkur qarorda belgilangan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlar doirasida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yilning 6 dekabridagi “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5276-son Farmoni bilan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini soddalashtirilgan edi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • “Samarqand - aeroporti”da noqonuniy valyuta to‘xtatib qolindi 28 noya, 20:36
  • “Do‘stlik” chegara bojxona kompleksida “tilla yoqali” ayolning siri fosh bo‘ldi 12 sen, 15:02
  • Tugmachami yo tilla? O‘zbekistondan yashirin tilla olib chiqib ketayotganlar qo‘lga tushdi 02 mar, 21:20
  • Nosni olib kirish, qayta ishlash, tayyorlash va saqlash butunlay ta’qiqlangani ma’lum qilindi 30 yanv, 23:01
  • O‘zbekistondan katta miqdorda quyma oltin olib ketayotgan afg‘onistonlik shaxs qo‘lga tushdi 13 sen, 15:59
  • So'nggi yangiliklar
  • Kutib oling yangi innovatsion texnologiya: oynasiz samolyotlar (video) 16 noya, 07:30 39
  • Professional fotograf mukammal Instagram rasmlarining sirini fosh etdi (foto) 16 noya, 07:00 130
  • Bill va Melinda Geyts Jamg‘armasi 16 noya, 06:30 103
  • Farzandsiz kishi 9ta maktab o'quvchilarining bir choraklik tushlik pulini to'ladi 16 noya, 06:00 199
  • Singapur haqida qiziqarli ma'lumotlar 16 noya, 00:30 430
  • Qizil vino ichib turasizmi? Unda uzoq yashashingiz aniq 16 noya, 00:06 632
  • Pavel Bugalo Suyunovning harakatlari va o‘tkazilgan gollar bo‘yicha izoh berdi 15 noya, 23:42 519
  • O‘zbekistonda kamida 20ta yirik davlat korxonasi xususiylashtirilishi kutilmoqda 15 noya, 23:30 388
  • Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi 15 noya, 23:18 125
  • Yuriy Stoyanov: "Men barchadan O‘zbekistonni sevishni talab qilaman" 15 noya, 22:55 424
  • Bo‘limlar