“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2019, 02:45
ЎЗO‘Z

Xalqaro Press-klub yana jonli efirda

15 sen, 23:02 4 585 Jamiyat
Xalqaro Press-klub yana jonli efirda
15 sentyabr kuni Xalqaro Press klubning navbatdagi anjumani yana jonli efir orqali namoyish etildi. Sessiya Xalqaro press-klub rahbari Sherzod Qudradxo‘jayev boshchiligida olib borildi. KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, bugungi tadbir "Biznes-ombudsman - tadbirkorlik himoyasi va vazifalar tahlili” mavzusiga bag‘ishlandi.

Anjumanda spiker sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakili Dilmurod Kasimov, savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, adliya vaziri o‘rinbosari Maxmud Istamov ishtirok etdi.

Anjuman davomida O‘zbekistonda faoliyat Biznes-ombudsman vakilining asosiy vazifalari sanab o‘tildi:
- tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlarining huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
- davlat organlari tomonidan ular huquqlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
- faoliyatini tekshirish amalga oshirilayotganda ularni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
- tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilishini o‘rganish;
- qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ta’siri samaradorligini baholash;
- tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga, ularni rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Hozirda Biznes-ombudsman vakili Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida jami 3 150 tadbirkor bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, ushbu viloyatlardagi mahalliy davlat hokimiyati, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi o‘rganildi.

Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining institutlari bilan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishda hamkorlik o‘rnatish yuzasidan 21ta Memorandum loyihalari ishlab chiqilib, kelishish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Sherzod Qudratxo‘jayev va Xalqaro press klub efirga qaytadi? 14 sen, 12:17
  • Davlat telekanallarida jonli efir to‘xtatiladimi? 23 avg, 12:30
  • Korporativ plastik karta universal bo‘ladi 20 avg, 14:07
  • 2017-2018 o‘quv yilida OTMlarga qabul kvotasi 14 foizga oshirildi 07 iyun, 18:21
  • Endi tadbirkorlar hech nimadan qo‘rqmasa ham bo‘ladi 06 may, 12:46
  • Ichki ishlar vaziri: O‘zbekistonda “milisiya” atamasi bo‘lmaydi 02 may, 19:54
  • So'nggi yangiliklar
  • 2019 yilning so‘nggi premeralari (video) 20 noya, 00:16 162
  • Falastin bosh murabbiyi O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lish sababini aytdi 19 noya, 23:59 281
  • Coca-Cola haqida qiziqarli ma’lumotlar 19 noya, 23:50 298
  • Xotira turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ling 19 noya, 23:26 157
  • “Dubai Cup-U23”. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi 19 noya, 23:14 233
  • Gucci brandining tarixi haqida 19 noya, 22:38 235
  • Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi Ukraina prezidenti rolini ijro etadi 19 noya, 22:15 498
  • Amerikadagi qullik tarixi 19 noya, 21:51 374
  • Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda 19 noya, 21:28 1 141
  • Livanda namoyishchilar parlament binosiga olib boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ydi (video) 19 noya, 21:05 164
  • Bo‘limlar