“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 04:53
ЎЗO‘Z

Asian Fight jangchi Mahmud Murodovga bir tiyin ham bermadi

15 sen, 18:05 5 561 Jamiyat
Asian Fight jangchi Mahmud Murodovga bir tiyin ham bermadi
Toshkent mezbonlik qilgan Asian Fight turnirida jang qilgan va ozarbayjonlik raqibini nokautga uchratgan o‘zbekistonlik Mahmud Murodov Buxorodagi bolalar uyiga tashrif buyurdi va xayriya qildi. Bu haqda sportchining Instagram sahifasiga tayanib daryo.uz ma’lumot berdi.

Avvalroq Mahmud Murodov Asian Fight turniridan oladigan gonorarini mehribonlik uyiga taqdim etishi haqida aytib o‘tgandi. Biroq musobaqa tashkilotchilari unga bir tiyin ham bermagani ma’lum bo‘ldi. Bungacha tashkilotchilik qoniqarsiz ko‘rinishda bo‘lgani haqida maqolalar chop etilgandi.

Bugun va’damga binoan Buxorodagi bolalar uyiga keldim. Chunki Asian Fight turniridan olgan gonorarimni bolalar uyiga xayriya qilishni va’da qilgandim. Men doimo so‘zimda turaman.

Bolakaylarga yordam berish imkoniyatim borligidan xursandman. Ular chindan ham g‘amxo‘rligimiz va e’tiborimizga muhtojdirlar. Men Asian Fight uchun bir tiyin ham olganim yo‘q. Lekin, va’damni bajardim. Bu kabi ishlarni yana uzoq yillar davomida qilmoqchiman.

Agar kimdir ko‘makka muhtoj bo‘lsa, ularga yordam berish kerak, menga shunday o‘rgatishgan.
Savob ish qilsang, Xudo senga ikki barobar qilib qaytaradi. Menda ham shunday bo‘ldi. Men muhtojlarga yordam berishga harakat qildim, Xudo esa meni yanada ko‘proq mukofotladi.

Bu bilan maqtanmoqchi emasman. Oramizda shunday ishlarni qila oladiganlar yetarlicha. Shunchaki, ishoning, bolalar ko‘zidagi quvonchni ko‘rsam, kuchimga kuch qo‘shiladi. Ularga nisbatan befarq bo‘lmang, savob ish qiling.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Stiven Sigal Uzmobile’ni ham chuv tushirdimi? 13 sen, 16:03
  • Novosibirsklik ayolning uyiga zaharli ilon kirib oldi 04 may, 15:43
  • Sukerberg kutilmaganda ohayolik oddiy oila davrasida mehmon bo‘ldi 01 may, 00:12
  • Mahmud Murodov Madaniyat vazirligining ilk rahbari bo‘ldi 24 fev, 16:17
  • Lola Karimova-Tillyaeva kelajakdagi rejalari haqida aytib o‘tdi 25 noya, 23:10
  • Lola Karimova-Tillaeva Global Gift fondi mukofoti bilan taqdirlandi 15 may, 23:02
  • So'nggi yangiliklar
  • Yoqtirgan mevangizni tanlang va o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotga ega bo‘ling 14 noya, 00:17 267
  • Islom Ahmedovdan terma jamoamizga oid fikr va mulohazalar 13 noya, 23:55 211
  • Madam Bovari sindromi nima? Uning qanday alomatlari bor? 13 noya, 23:30 232
  • 8 yoshli meksikalik qiz quyosh suv isitgichini ixtiro qilgani uchun Yadro ilmi mukofotiga sazovor bo'ldi 13 noya, 23:06 271
  • O‘zbekistondan «yakkashox» chiqadimi? 13 noya, 22:43 650
  • "Talabalar olayotgan stipendiya xattoki kartoshka sotib olishga ham yetmaydi"- O‘zXDP 13 noya, 22:20 414
  • 2019 yilning eng chiroyli​ archalari qayerda yasatilgan edi? 13 noya, 21:56 251
  • «O‘rgimchak-odam» Alen Rober Parijdagi 152 metrlik binoni zabt eta olmadi 13 noya, 21:32 268
  • Kunduzgi uyquning zararli tomonlari ma’lum qilindi 13 noya, 21:04 557
  • «Aytsam – o‘ldirurlar, aytmasam – o‘lam...» yoxud Karim Bahriyev 20 yil avval nima degandi? 13 noya, 20:36 1 183
  • Bo‘limlar